Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482670 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 ... 114 B


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:56:44

NIKOH KITOBI BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Nikohga targ‘ib qilish haqida. Olloh taolo bu xususda: «Bas, nikohlaringizga
olingizlar xotinlardan ta’blaringiz suygan ikki va uch va to‘rttasini»
,—deydi
(«An-Niso» surasi, 3- oyat)

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uch nafar kishi Janob Rasulullohning ayollari yashaydirgan hujralarga kelib, ul zotning toat-ibodatlari xususida   so‘radi.   Ayollar   bu  haqda  xabar   berishgach,   ular   tortishib:   «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qayoqdalar-u, biz qayoqdamiz, ul zotga tenglashishga bizga yo‘l bo‘lsin! Axir, Olloh taolo ul zotning sobiq va kelgusi gunohlarini mag‘firat qilgan-ku!» — deyishdi. Shunda ulardan biri: «Ammo, men bo‘lsam, doimo tunda namoz o‘qiyman»,— dedi. Boshqasi: «Men og‘iz ochmay uzok, ro‘za tutaman (ya’ni, surunkasiga bir necha kun og‘iz ochmay ro‘za tutaman)»,— dedi. Yana biri: «Men ersam, ayollardan nari yuraman, hech qachon uylanmayman»,— dedi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib, ularga: «Shunday va shunday deb aytgan sizlarmi? Ammo, Olloh taolo haqi, men Olloh taolodan sizlardan ko‘ra ko‘proq qo‘rqib taqvo qilurman, lekin men ro‘za ham tutaman, og‘iz ham ochaman, namoz ham o‘qiyman, dam ham olaman (uxlayman ham), ayollarga uylanaman ham. Kimki mening sunnatimdan yuz o‘girsa, u mendan emasdur (ya’ni, mening ummatim emasdur)!»—dedilar».

Zuhriy rivoyat qiladilar: «Urva Oisha onamizdan Olloh taoloning «Va agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar, bas nikohlaringizga olingizlar xotinlardan ta’blaringiz suygan ikki va uch va to‘rttasini, agar barobar (teng) ta’minlay olmasligingizdan qo‘rqsangizlar, ul holda bir xotin kifoya qilur yoki mulklaringiz bo‘lmish cho‘rilarni nikohingizga olsangiz bo‘lur, bunda umid borki, bir tarafga og‘massizlar» («An-Niso» surasi, 3- oyat) degan oyati karimasi haqida so‘radi. Oisha onamiz: «Ey jiyanim, (odatda) yetim qiz o‘z valiysining nazoratida bo‘lib, valiy uning molu jamoliga qiziqadi-da, bir oz mahr berib unga uylanmoqchi bo‘ladi. Shu boisdan ham, valiylar (etim qiz asraganlar), to‘liq mahr bermay adolaqizlik qiladilar deb, yetimcha qizlarga uylanishdan qaytarildilar, ammo yetimcha qizlardan bo‘lak ayollarga uylanishlariga ijozat berildi»,— dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:58:06

1- bob. Janob Rasulullohning «Sizlardan kimda-kim uylanishga qudrati yeqa, uylansin, chunki bu uning ko‘zlarini tuban tushirib, o‘zini zinodan saqlaydi, nikohga hojati bo‘lmagan kimsa uylanarmi-di?!» degan qavllari haqida

Alqama raziyallohu annhu rivoyat qiladilar: «Men Abdulloh birlan birga erdim, Usmon Minoda unga yo‘liqib: «Ey Abu Abdurrahmon, mening senda bir ishim bor»,— dedi, so‘ng ikkalasi chetga chiqdi. Usmon Abdullohga: «Ey Abu Abdurrahmon, biz seni bir bokira qizga uylantirib qo‘yaylikmi?»—dedi. Usmon Abdullohning bunga ehtiyoji yo‘qligini bilgach, menga ishora qilib: «Ey Alqama, men bundan qo‘limni yuvib, qo‘ltig‘imga urdim! Menga u: «Ammo, agar buni birovga ayqang...»,— deyapti. Payg‘ambarimiz ersalar bizga: «Ey yigitlar, sizlardan kimda-kim qudrati yeqa, uylansin, qudrati yetmaganlar ersa, ro‘za tuqin, chunki bundaylarning tuxumi palag‘dadur!» — deb aytganlar»,— dedi».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:58:22

2- bob. Qudrati yetmaganlar ersa, ro‘za tutgin!

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz — kuchimizni qaerga ishlatishni bilmaydirgan bir guruh yigitlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik, shunda ul zot bizga: «Ey yigitlar, sizlardan kimda-kim qudrati yeqa, uylansin, chunki bu uning ko‘zlarini tuban tushirib, o‘zini zinodan saqlaydi, qudrati yetmaganlar ersa, ro‘za tuqin, chunki bundaylarning tuxumi palag‘dadur!»—deb aytdilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:59:41

3- bob. Ko‘pxotinlilik haqida

Ato raziyallohu anohu rivoyat qiladilar: «Biz Ibn Abbos birlan birgalikda Sarafga — Maymunaning janozasiga bordik. Shunda Ibn Abbos: «Bu Janob Rasulullohning jufti halollaridur, agar tobutlarini ko‘tarsangizlar, silkitmay, titratmay asta yuringizlar, chunki Janob Rasulullohning to‘qqizta xotinlari bor erdi, ul zot sakkiztasiga ajratib, bittasiga ajratmas erdilar»,— dedi». (Maymuna onamiz boshqa onalarimizga nisbatan sabrqanoatliroq bo‘lgan bo‘lsalar, Janob Rasululloh ul muhta-ramaga g‘azotda olingan o‘ljalardan ulush ajratmagan bo‘lishlari mumkin, yana Olloh taoloning o‘zi yaxshiroq bilur!)

Anas raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning to‘qqizta xotinlari bo‘lib, bir kechada hammasini aylanib chiqardilar».

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos menga: «Uylandingmi?» — dedi. Men: «Yo‘q»,— dedim. U: «Uylangin, zero bu ummatning eng yaxshisi (ya’ni, Janob Rasulul-loh) — eng xotini ko‘pidur!» — dedi».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:01:51

4- bob. Kim nima niyatda hijrat yoki biror kori xayr qilgan bo‘lsa, albatta o‘shanga erishadi, xotin olmoqni niyat qilgan xotin oladi

Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Ishlar niyatga bog‘liqdur, darhaqiqat kishi niyat qilgan narsasiga muyassar bo‘ladi. Kimki Olloh taolo birlan uning rasuli yo‘lida hijrat qilgan bo‘lsa, hijrati Olloh taolo birlan uning rasuli yo‘lida bo‘lgan bo‘ladi, kimki mol-dunyo uchun hijrat qilgan bo‘lsa, mol-dunyoga erishadi yoki uylanmoq uchun hijrat qilgan bo‘lsa, uylanadi, chunki nimani deb hijrat qilgan bo‘lsa, o‘shanga erishadi».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:02:13

5- bob. Hamrohi Qur’onu islom bo‘lgan muhtoj kishini uylantirmoq lozimligi haqida

Ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azot qilur erdik, xotinlarimiz yo‘q erdi. Shunda, biz: «Yo Rasulalloh, dunyodan toq o‘tmaylikmi?»—dedik. Ul zot bizni bunday qilmog‘imizdan qaytardilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:02:45

6-bob. Kishining o‘z musulmon birodariga: «Qaysi xotinimni istasang, o‘shani tanla, seni deb men undan voz kechaman!» — deb aytmog‘i xususida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Avf kirib keldi, Janob Rasululloh uni Sa’d ibn ar-Rabi’ birlan aka-uka tutintirib qo‘ydilar. Sa’dning ikkita xotini bo‘lib, u Abdurrahmonga: «Ahlu ayolim birlan molu dunyomning teng yarmini o‘zingga olgil!» — deb taklif qildi. Shunda, Abdurrahmon: «Olloh taolo senga, ahlu ayolingga hamda molu dunyongga baraka ato eqin, meni bozorga olib boringizlar!» — dedi. Uni bozorga olib borishgan erdi, u ozgina pishloq, ozgina sariyog xarid qildi. Bir necha kundan keyin, Janob Rasululloh uni uchratib qoldilar, qo‘lida (yoki egnida) bir sarig narsaning dogi bor erdi. Ul zot unga: «Ey Abdurrahmon, ahvoling nechuk?» — dedilar. U: «Bir ansoriya xotinga uylandim»,— dedi. Ul zot «Nima berding?» — dedilar. Abdurrahmon: «Danakdek oltin»,— dedi. Ul zot: «Bitta qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y qilgil!» — dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:03:10

7-bob. Tarki dunyo qilmoq va dunyodan toq  o‘tmoqning makruhligi haqida

Sa’d ibn Abu Vaqqos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Usmon ibn Maz’unga dunyodan toq o‘tmoqni rad qildilar, agar ul kishiga ijozat berganlarida biz ham dunyodan toq o‘tgan bo‘lur erdik!».

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga gazot qilur erdik, hech narsamiz (xotinlarimiz) yo‘q erdi. Shunda, biz. «Yo Rasulalloh, dunyodan toq o‘taylikmi?»—dedik. Ul zot bizni bunday qilmoqqan qaytardilar, so‘ng mahriga bir ko‘ylak berib bo‘lsa ham, uylanmog‘imizga ruxsat berdilar. Keyin, «Ey mo‘minlar, Olloh taolo sizlarga halol qilgan ne’matlarni harom qilmangizlar va tajovuz qilmangizlarki, Olloh taolo tajovuz qilguvchilarni yaxshi ko‘rmaydi» degan oyati karimani bizga qiroat qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, men yosh (yigit)man, biror yomon ish qilib qo‘ymasaydim, deb o‘zimdan xavotirlanaman, uylanay desam, hech vaqom yo‘q!» — dedim. Ul zot gapimga javob bermadilar. Men boyagi gapimni yana takrorladim, ul zot yana indamadilar. Men yana qaytardim, ul zot yana sukut qildilar, men yana aytdim, shunda ul zot menga: «Ey Abu Hurayra, senga munosib ko‘rilgan narsani allaqachonlar (taqdir) qalami bitib qo‘ygandur, bunga tan ber yoki tan berma (baribir taqdiringdagi bo‘ladi)»,— dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:03:28

8- bob Bokira qizlarni nikohlab olish xususida

Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos Oisha onamizga «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sizdan bo‘lak bokiraga uylanmaganlar»,— dedi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, agar bir vodiyga tushsangiz-u, ul yerda mevasidan yeyilgan va mevasidan hali yeyilmagan ikki daraxtni ko‘rsangiz, qaysi birining tagida tuyangizni o‘tlatar erdingiz!» — dedim. Ul zot «Usha hali mevasidan yeyilmagan daraxtning tagida!» — dedilar» Oisha onamiz bu birlan Janob Rasulullohning o‘zlaridan bo‘lak bokiraga uylanmaganlarini nazarda tutyaptilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Sen menga tushimda ikki bor ko‘rsatilgansan, bir kishi seni bir parcha ipak matoga o‘rab ko‘tarib ketayotgan ermish-u, menga «Bu sening xotining!» — der ermish. Keyin, men matoni ochib ko‘rsam, haqiqatan ham bu sen ermishsan. Shunda, men «Agar bu tushim Olloh taolo tarafidan sodir qilingan bo‘lsa, albatta uni ro‘yobga chiqaradi!»—deb qo‘ydim».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:03:43

9- bob Juvon ayollar haqida

Ummu Habiba rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Na qizlaringizni va na singillaringizni menga taklif qilmangizlar!»— dedilar» (ya’ni, Janob Rasululloh o‘z xotinlarining ilgarigi erlaridan bo‘lgan qizlarini va ularning singillarini nazarda tutib «Mening ularga uylanishim mumkin ermas, Olloh taolo buni harom qilgan»,— deyaptilar, chunki ularning qizi Janob Rasulullohga o‘gay qiz, singillari ersa, qaynsingil bo‘ladi)

Jobir ibn Abdulloh; rivoyat qiladilar «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azotdan qaytdik. Men tuyamni tezlatib ildamlab ketdim. Bir otliq ketimdan yetib kelib, qo‘lidagi tayoq birlan tuyamni nuqidi, tuyam sen ko‘rgan eng chopqir tuya kabi lo‘killab yugurib ketdi. Janob Rasululloh buni ko‘rib «Nega shoshyapsan?» — dedilar. Men: «Chillali kuyovman»,— dedim. Ul zot «Bokiraga uylandingmi yoki juvongami?» — dedilar. Men «Juvon»,— dedim. Ul zot «Qiz bola bo‘lganida bir-biringizga ovunchoq bo‘lgan bo‘lur erdingizlar!» — dedilar (hazilla-shib) Yetib borgach, uylarimizga kirmoqchi bo‘lib erdik, ul zot «Kech kirguncha kirmay turingizlar, toki (xotinlaringiz) to‘ziq sochlarini tarab olsin, o‘zlaringiz bo‘lsangizlar, soch-soqollaringizni olib ulguringizlar!»—dedilar».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men uylandim Janob Rasululloh menga «Kimga uylanding?»—dedilar. Men «Juvonga»,— dedim. Ul zot «Nechun bokiraga uylanmading? Bokiraga uylanganingda erdi, (noz-karashma qilib) o‘ynashar erdi!»—dedilar».

Qayd etilgan