Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483171 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 ... 114 B


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:41:36

123-bob. Olloh taoloning «Va ko‘rsatmaydilar ziynatlarini (jamollarini) erlaridan bo‘laklarga...» degan qavli haqida

Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Odamlar Janob Rasulullohning Uhud kunidagi jarohatlari nima birlan davolangani xususida bahslashib qolishdi. Keyin, shu haqqa Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan so‘rashdi. Ul kishi Janob Rasulullohning tirik qolgan eng so‘nggi madinalik sahobalari bo‘lib, bunday dedilar: «Buni mendan ko‘proq biladirgan odam qolmadi. Ushanda Fotima alayhossalom ul zotning yuzlaridan oqayotgan qonni yuvgan, Hazrat Ali ersa qalqonida suv keltirib bergan erdi. So‘ng, bo‘yrani kuydirib, kulini jarohatlariga bosgan erdi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:41:49

124-bob. Olloh taoloning «Sizlardan balog‘atga yetmaganlar...» degan qavli xususida

Abdurrahmon ibn Abbosrivoyat qiladilar: «Mei bir kishining Ibn Abbosdan: «Siz Janob Rasululloh birlan birga qurbon yoki ramazon hayitida bo‘lganmisiz?» — deb so‘raganini eshitdim. Shunda Ibn Abbos bunday deb javob berdilar: «Ha, bo‘lganman. Agar men ul zotga suyukli bo‘lmaganimda, yosh bolaligim sababli birga bo‘lolmagan bo‘lar erdim. Ushanda Janob Rasululloh chiqib namoz o‘qidilar, so‘ng va’z aytdilar, lekin na azon va na takbir haqida eslatmadilar. Keyin, ayollarning qoshiga borib, ularga ham va’z aytdilar va pand-nasihat qilib, sadaqa bermoqni amr qildilar. Shunda men ayollarning quloqlariga va bo‘yinlariga qo‘llarini uzatib, isirg‘a va marjonlarini Hazrat Bilolga olib berishayotganini ko‘rdim. Shundan keyin, Janob Rasululloh birlan Hazrat Bilol uylariga ketishdi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:42:06

125- bob. Kishining o‘z do‘stiga (o‘rtog‘iga); «Bu kecha jimo’ qildingizmi?» — deb aytmog‘i hamda kishining o‘z qizining biqiniga turtib dashnom (jazo) bermog‘i haqida

(Bu yerda yuqoridagi sarlavhaning birinchi qismiga taalluqli hadis berilmagan. 1-jilddagi «Janoza» kitobida keltirilgan. Anas ibn Molikning quyidagi hadisi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari (Ummu Gulsumning) janozasida erdik. Qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabr yonida o‘ltiribdilar-u, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqayotir. Nogahon, ul zot: «Orangizda bu kecha xotiniga yaqinlik qilmagan biror kishi bormi?» — deb so‘radilar. Shunda Talha: «Men»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Unday bo‘lsa, qabrga tushgil!» — dedilar. Talha (mayyitni lahadga qo‘ygani) qabrga tushdilar»).

Oisha raziyalloh u anho rivoyat qiladilar: «Otam Abu Bakr as-Siddiq menga dashnom (jazo) berib, qo‘llari birlan biqinimga turta boshladilar, shunda men Janob Rasululloh boshlarini tizzamga qo‘yib uxlayotganlari uchungina qimirlay olmagan erdim».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:42:25

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
«TALOQ» KITOBI


Olloh taoloning qavli: «Ey payg‘ambari muxtaram! (Ummatlaringizga aytingizki), qachon xotinlaringizga taloq bermoqchi bo‘lsangizlar, taloq qilingizlar ularni iddalarin avvalida va saqlab turingizlar iddani» (ya’ni, agar xotinlaringizga taloq bermoqchi bo‘lsangizlar, xotin hayzdan pok bo‘lib, g‘usl qilgandan keyin hamda u birlan yotmasdan turib taloq qilingizlar va har ikkingiz iddani xotiralaringizda tutingizlar).

«Ahsaynohu» — «uni yodda tutdik va hisobga olib qo‘ydik», «taloqus-sunna» — «xotinni hayzdan poklangan holda, unga yaqinlik qilmay ikki guvoh huzurida taloq qilmoqlik».

Nofi’ raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu xotinini hayz ko‘rgan holida taloq qildi. Bu voqea Janob Rasulullohning hayotlik vaqtlarida bo‘lgan bo‘lib, Hazrat Umar ibn al-Xattob ul zotdan shu haqda so‘radilar. Ul zot: «Borib aytgil, uni qayta nikohlab olsin, keyin hayzdan poklanguniga qadar uyida ushlab tursin, keyin yana hayz ko‘rib, hayzdan poklansin, keyin agar istasa, uyida olib qolib yashayversin, agar ystamasa, unga yaqinlik qilmay turib taloq qilsin! Bu Olloh taolo amr qilgan idda bo‘lib, shunga binoan ayollar taloq qilinadi»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:42:43

1-   bob. Agar ayol hayz ko‘rgan holida taloq qilingan bo‘lsa ham, taloq hisobga o‘tadi!

Anas ibn Sirin rivoyat qiladilar: «Ibn Umar xotinini hayz ko‘rgan holida taloq qildi. Hazrat Umar buni Janob Rasulullohga aytib erdilar, ul zot: «Uni qayta nikohlab olsin!»—dedilar. Hazrat Umar. «Hayz holida taloq qilgan bo‘lsa ham, taloq hisobga o‘tadimi?» — dedilar. Ul zot: «Bo‘lmasachi!» — dedilar».

Yunus ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Umar: «Janob Rasululloh otamga «Borib aytgil, uni qayta nikohlab olsin!» deb aytibdilar»,— dedi. Men: «Hayz holida taloq qilinsa ham, taloq hisobga o‘tadimi?»— dedim. Ibn Umar: «Qarib, miyasi aynib qolgan deb o‘yladingizmi?!» — dedi».

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Umar: «Men xotinimni hayz holida taloq qilib erdim, u menga taloq qilingan hisoblandi»,— dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:43:03

2-   bob. Taloq qilgan kishi haqida. Kishi xotiniga yuzlanib turib uni taloq qilganini aytadimi?

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Al-Ju-unning qizi Janob Rasulullohning huzurlariga kiritilib, ul zot unga yaqin borganlarida: «Olloh taolo sizdan meni o‘z panohida asrasin!» —dedi. Ul zot unga: «Endi, sen buyuk zotning (Olloh taoloning) panohidasan, oilangga (uyingga) ketaver!»—dedilar».

Abu Usayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz (Janob Rasululloh uylanganlarida) yo‘lga chiqib, ash-Shavt nomli bir chorbog‘ tomon yo‘l oldik va nihoyat ikki chorbog‘ oralig‘iga yetib kelib, dam olgani o‘ltirdik. Janob Rasululloh bizga: «Shul yerda o‘ltira turingizlar!»— dedilar-da, chorboqqa kirib ketdilar. Ul zot o‘zlari birlan bir savat tortiq olib kelgan bo‘lib, men uni an-Nu’mon ibn Sharohbil qizi Umayya doyasi birlan o‘ltirgan xurmozor ichidagi uyga olib kirib qo‘ydim. Janob Rasululloh Umayyaning huzuriga qo‘shilmoq bo‘lib kirganlarida, unga: «Kelgil, o‘zingni menga tuhfa qilgil!»—dedilar. Shunda Umayya ul zotga: «Malika ham o‘zini o‘z fuqarosiga tortiq qiladimi?!» — dedi. Janob Rasululloh uni tinchlantirmoq uchun qo‘llarini unga uzatib erdilar, u: «Olloh taolo meni sizdan o‘z panohida asrasin!»—dedi. Ul zot: «Endi, sen (uning) panohidasan!»—dedilar-da, bizning huzurimizga chiqib keldilar. Keyin: «Ey Abu Usayd, unga ikki bosh-oyok, sarpo kiygizgin-da, uyiga jo‘natib yubor!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:43:10

Abbos ibn Sahl va Abu Usayd rivoyat qilishadi. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Sharohbil qizi Umayyaga uylandilar. Umayya Janob Rasulullohning huzurlariga kiritib yuborilganda ul zot unga qo‘l uzatdilar. Shunda u buni yoqtirmagandek bo‘ldi. Janob Rasululloh (darhol) Abu Usaydga qizni yo‘lga tayyorlab, unga ikki bosh-oyoq sarpo kiygizib, so‘ng uyiga jo‘natib yubormoqni amr qildilar».

Abu G’allob Yunus ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umarga; «Bir kishi xotinini hayz ko‘rgan holida taloq qilibdi»,— dedim. U: «Sen Ibn Umarni taniysan («Bu menman» demoqchilar). U xotinini hayz holida taloq qildi. Keyin, Hazrat Umar Janob Rasulullohga shu haqda aytdilar. Ul zot xotinimni qayta nikohlab olmog‘imni, so‘ng hayzdan poklangach, istasam uni taloq qilmog‘imni amr qilibdilar»,— dedi. Men: «Hayz holida qilingan taloqni taloq, deb hisobladilarmi?» — dedim. U: «Qarib, miyasi aynib qolgan, deb o‘ylayapsanmi?!»—dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:43:29

3- bob. Uch taloqqa ijozat bergan kishi haqida. Olloh taolo: «Taloq ikki bor  (qaytarilur), keyin (xotinni) yaxshilik ila nikoqda saqlanur yoki xush qilib qo‘yib yuborilur...»,— deydi

(Islomdan avval arablarda qoida shul erdiki, ular xotinlarini o‘n va hatto yigirma marta taloq qilgandan keyin ham, iddalari tugamay turib yana qaytarib olur erdilar. Yuqoridagi oyat johiliyat davridagi ana shul qoidani bekor qildi, Oyatning mazmuni shuki, bir er o‘z xotinini ikki bor taloq qilib, yana qayta olmog‘i mumkin, lekin bu idda mobaynida bo‘lur. Agar idda muddati tugagan bo‘lsa, ul holda ixtiyor xotindadur. Er ikki bor xotinini taloq qilgandan keyin, yarashib yana uchinchi bor taloq qilsa, xotin boshqa bir kishiga tasodifan tegib chiqib, iddasi tugagandan keyingina avvalgi eriga halol bo‘lgay).

Ibn Zubayr xotinini taloq qilgan bemor er xususida gapirib: «Uning taloq qilingan xotini undan meros oladi, deb hisoblamayman»,— dedilar. Sha’biy ersalar: «Undan meros oladi»,— dedilar. Ibn Shubruma: «Usha xotin, idda muddati tugasa, erga tegadimi?»—dedilar. Ibn Zubayr: «Ha»,— dedilar. Ibn Shubruma: «Agar uning keyingi eri ham o‘lsa, undan meros olmaydi, deb hisoblar erkansizda!» — dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:43:47

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Uvaymir al-Ajaloniy Osim ibn Adiy al-Ansoriyning huzuriga kelib, unga: «Ey Osim! Nima deb o‘ylaysan, agar bir kishi xotinini begona bir kishi birlan tutib olsa, u o‘sha erkakni o‘ldiradimi yoki uni sizlar o‘ldirasizlarmi, unga nisbatan qanday chora ko‘riladi? Iltimos, Janob Rasulullohdan shul haqda so‘rab bilib bergil!» — dedi.Osim shul haqda Janob Rasulullohdan so‘rab erdi, ul zot bu masalani aybli hisoblab, javob bergilari kelmadi, hatto Osimni shunday qattiq urishib berdilarki, u so‘raganiga pushaymonlar yedi. Osim uyiga qaytib kelgach, Uvaymir kelib: «Ey Osim! Janob Rasululloh nima dedilar?»—dedi. Osim: «Menga yaxshi bo‘lmadi, Janob Rasululloh sen so‘ragan masala xususida javob bermoqni istamadilar»,— dedi. Uvaymir: «Olloh taolo haqi! Buni so‘rab bilib olmagunimcha, qo‘ymayman!» — dedi-da, Janob Rasulullohning huzurlariga jo‘nadi. Yetib borganida, ul zot odamlar qurshovida turgan erdilar. «Yo Rasulalloh! Nima deysiz, agar bir kishi xotini birlan boshqa bir kishini tutib olsa, uni o‘zi o‘ldiradimi yoki uni sizlar o‘ldirasizlarmi, unga nisbatan qanday chora ko‘riladi?»—dedi Osim. Janob Rasululloh: «Olloh taolo sen birlan rafiqang xususida hozirgina oyat nozil qildi. Bor, xotiningni olib kel!» — dedilar. Keyin, ular ikkalasi bizning huzurimizda bir-birlarini mulo’ana qilishdi (ya’ni, har biri o‘zining haq erkanligini aytib, bir-birini la’natladi). Mulo’anadan qutilganimizda, Uvaymir: «Yo Rasulalloh! Agar uni xotin qilsam, unga tuhmat qilgan bo‘laman»,— dedi-da, unga Janob Rasululloh amr qilmasla-ridan burun, uni o‘zi uch taloq qildi». Ibn Shihob: «Usha yili mulo’ana qiluvchilar yili bo‘lgan erdi»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rifo’at al-Quraziyning xotini Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh! Rifo’at moni qat’iyan taloq qildi. Keyin,men Abdurrahmon ibn az-Zubayr al-Quraziyga tegdim. Lekin, uning olati mana bu popuk yanglig‘ bo‘sh (yumshoq) erkan»,—dedi. Janob Rasululloh: «Menimcha, sen ilgarigi ering bo‘lmish Rifo’atga qaytib tegmoqchiga o‘xshaysan, ammo ilgarigi ering zavq olgani kabi to u sening va sen uning asaldonidan zavq olmas erkansan, bu mumkin ermas!»— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:44:10

4- bob. Xotinlariga tanlash ixtiyorini bergan kishi xususida. Olloh taolo: «Ey payg‘ambari muhtaram, siz o‘z xotinlaringizga aytingizki, agar sizlar dunyo hayotini va uning ziynatini istasangizlar, kelingizlar, men sizlarga bir oz foyda yetkazay-da, so‘ng sizlarga yaxshilik ila ruxsat beray!»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga tanlash ixtiyorini berdilar, biz (xotinlar) Olloh taolo birlan uning rasulini tanladik va buni bizga taloq, deb hisoblamadilar (ya’ni, Madinani zabt etmoq, musulmonlarni asir qilmoq va islom dinini poymol etmoq umidida kelgan kofirlarni Olloh taoloning o‘zi daf qildi, musulmonlarni dushmanga ro‘baro‘ qilmadi. Janob Rasulullohning xotinlari, dushman daf qilinib, xalq biroz osuda va orom olganini ko‘rishgach, Janob Rasulullohdan o‘zlarining ta’minotlarini ko‘paytirishni talab qilmoqchi bo‘lishdi. Janob Rasululloh ularning bu niyatlaridan xabar topib, xafa bo‘ldilar-da, bir oygacha ularning huzuriga kirmaslikka ont ichdilar va masjidga yaqin bir boloxonada tanho turdilar. Hazrat Abu Bakr as-Siddiq va Hazrat Umar raziyallohu anhumo bu voqeani eshitishib ranjishdi-da, o‘z farzandlari Oisha birlan Hafsa onalarimizga tanbih berishdi. So‘ng, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirishib, ul zotning muborak qalblarini shirin so‘zlar birlan yozishdi. Bir oydan so‘ng, Olloh taoloning yuqoridagi «Taxyir» (Bu dunyo hayoti birlan uning ziynatini yoki Olloh taolo birlan uning rasulini tanlash ixtiyori berilganligi haqidagi) oyati karimasi nozil bo‘ldi. Janob Rasululloh bu oyatni avval Oisha onamizga eshittirdilar, shunda Oisha onamiz Olloh taolo birlan uning rasulini tanladilar, boshqa onalarimiz ham Oisha onamiz yanglig‘ ish tutishdi).

Ismoil raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho Masruqdan Janob Rasulullohning o‘z xotinlariga tanlash ixtiyorini berganliklari xususida so‘rab: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga tanlash ixtiyorini berdilar, bu taloqmikin?» — dedilar. Masruq: «Xotinim (nikoh vaqtida) meni tanlagan bo‘lganidan keyin, mening unga yana bir yoki yuz marta tanlash ixtiyorini bermog‘imning menga qizig‘i yo‘q!» — dedi».

Qayd etilgan