Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483522 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 ... 114 B


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:57:48

45- bob. Azador ayolning surma qo‘ymog‘i mumkinmi?

Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Bir ayolning eri vafot etib, yig‘layverganidan ko‘zlari og‘rib qoldi. Shunda ayolning yaqinlari uning ko‘zidan xavotir olishib, Janob Rasulullohning huzurlariga kelishdi-da, davo uchun ko‘ziga surma qo‘yishga ijozat so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Surma qo‘ymasin! Bir paytlar (johiliyat davrida) birortangizning eringiz o‘lsa, juldur-juldur kiyimingizni kiyib olar erdingiz. Bir yil o‘tgach, oldingizdan it o‘tib qolsa, unga tezak irg‘itar erdingiz. Nechuk endi to‘rt oyu o‘n kunga sabr qilolmaysizlar?!» —dedilar».

Zaynab binti Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo birlan oxirat kuniga iymon keltirgan mo‘mina ayol uch kundan ziyod aza tutmasin, eri o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun motam qilsa, bo‘lur!» — dedilar».

Ummu Atiyya: «Biz ayollar uch kundan ortiq aza tutmoqdan qaytarildik, erlarimiz o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutmog‘imizga ijozat berildi»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:58:00

46- bob. Azador ayolning hayzdan poklanganda qust ishlatmog‘i haqida

Ummu Atiyya rivoyat qiladilar: «Biz ayollar o‘likka uch kundan ortiq aza tutmoqdan qaytarilgan erdik, er o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutmoq mumkin erdi. Bu muhlat mobaynida na surma va na atir-upa surtar va na yamaniy kiyimdan bo‘lak kiyim kiyar erdik. Biz ayollarga birortamiz hayzdan poklanib, gusl qilganimizdagina biror zufor atri va qustdan (maxsus daraxt bo‘lib, uni qaynatib shifobaxsh modda olingan) foydalanmoqqa ijozat berilgan erdi, xolos. Biz ayollar janozaga ergashmoqdan ham qaytarilgan erdik».

Abu Abdulloh: «Qust va kust — kofur va qofur (kamfara daraxti) kabi bir bo‘lak yog‘ochdur»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:58:14

47- bob. Azador ayol yamaniy burda (yo‘l-yo‘l ust kiyimi) kiyadi

Ummu Atiyya rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo birlan oxirat kuniga iymon keltirgan ayolning eridan bo‘lak mayyitga uch kundan ortiq aza tutmog‘i halol bo‘lmay, azadorlik chog‘ida surma qo‘ymaydi, bo‘yalgan (rangli) kiyim kiymaydi, faqat yamaniy burda kiyadi» — dedilar»

Hafsa rivoyat qiladilar «Ummu Atiyya menga bunday dedi «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz ayollarga azadorlik chog‘imizda atir-upaga qo‘l tekkizmaslikni buyurib, hayzdan poklanganimizdagina biroz qust va zufor atri ishlatmog‘imizga ruxsat berdilar»

Abu Abdulloh; «Qust va kust — kofur va qofur kabidur»,—deydilar

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:58:39

48- bob Olloh taoloning qavli: «Va sizlardan ul odamlariki vafot qilurlar va xotinlarin qoldirib keturlar, ul xotinlar to‘rt oyu o‘n kungacha o‘zlarin intizorda saqlarlar va qachonki ularning iddalari tamom bo‘lur, ul holda ular qoidaga muvofiq o‘z haqlarida bir ish qilsalar, bundan sizlarga qech bir gunoh yo‘kdur va Olloh taolo sizlar qilib turgan ishdan xabardordur!»

Mujohid rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning «Va sizlardan ul odamlariki vafot qilurlar va xotinlarin qoldirib keturlar» degan (yuqoridagi) oyati karimasida aytilgan iddani ayol o‘z erining uyida o‘tkazishi vojib bo‘lgan. Keyin, Olloh taolo «Va sizlardan ul odamlariki vafot qilurlar va xotinlarin qoldirib keturlar, ular vasiyat qilib keqinlarki, xotinlari uydan chiqarib yuborilmay bir yillik xarj birlan ta’minlansin va agar ular o‘zlari chiqib keqalar, ularning qoidaga muvofiq o‘zlari haqlarida qilgan ishlari uchun sizlar gunohkor bo‘lmaysizlar» degan oyati karimasini nozil qildi Olloh taolo ayolga marhum erining uyida barcha narsalar birlan ta’minlangan holda to‘la bir yil turmoklik imkonini berdi va bundan to‘rt oyu o‘n kunni uning uchun idda muddati qilib va yetti oyu yigirma kunni erining vasiyati bo‘yicha uning uyida turadirgan muhlat qilib belgiladi. Endi ayol vasiyat muhlatini, istasa, marhum erining uyida qolib o‘tkazadirgan, istamasa, u yerdan chiqib ketadirgan bo‘ldi. Chunki, Olloh taolo «uydan chiqarib yuborilmay» va «agar o‘zlari chiqib keqalar sizlar gunohkor bo‘lmagaysizlar»,— deydi. Ammo, idda saqlamoqlik uning uchun ilgarigidek vojibligicha qoldi»

Ato Ibn Abbosdan naql qiladilar: «Bu oyat ayolning marhum eri uyida idda saqlashi vojibligini bekor qilib, unga boradigan yerida idda saqlamoqlik ixtiyorini berdi. Chunki, Olloh taolo «uydan chiqarib yuborilmay»,— deydi»

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:58:48

Ato bunday deydilar «Ayol, istasa, marhum erining uyida iddada o‘ltiradi va vasiyat muhlati davomida u yerda turadi, agar istamasa, u yerdan chiqib ketaveradi. Chunki Olloh taolo «agar o‘zlari chiqib keqalar, ularning qoidaga muvofiq qilgan ishlari uchun sizlar gunohkor bo‘lmagaysizlar»,— deydi»

Ato yana bunday deydilar: «Keyin, meros haqidagi oyat nozil bo‘lib, u ayolning marhum eri uyida turmog‘ini bekor qildi, ayol o‘zi istagan yerda iddada o‘ltiradirgan bo‘ldi, endi uning uchun marhum erining uyida joy yo‘qdur».

Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Abu Sufyonning qizi Ummu Habiba otalarining vafot etganligi haqidagi xabarni (uch kundan keyin) eshitib, xushbo‘ylik keltirmoqni buyurdilar, keyin uni bilaklariga surtdilar-da «Aslida, mening atir-upaga uncha xushim yo‘qdur, lekin men Janob Rasulullohning «Olloh taolo birlan oxirat kuniga ishongan ayol uchun eridan bo‘lak biror marhumga uch kundan ortiq aza tutmoqligi halol ermas, erigagina to‘rt oyu o‘n kun motam tutadi» deb aytganlarini eshitganim uchungina shunday qildim»,— dedilar»

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:59:13

49- bob Fohisha (zinokor ayol)ning mahri va fosid nikoh haqida

Hasan «Agar kishi mahram ayolga uylansa-yu, uning mahram yoki nomahram erkanligini bilmagan bo‘lsa, (bunday nikoh fosid bo‘lib), ayolning eridan olgan narsasigina (laz-zatigina) o‘ziniki bo‘lgay, u bundan bo‘lak narsa olmagay»,— dedilar So‘ng, yana «Ayol mahrdan mahrum qilingay» — deb qo‘ydilar.

Abu Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam it sotib, kohinlik qilib kun ko‘rishdan va zinokor ayolga mahr berishdan qaytardilar»

Avn ibn Abu Juhfa otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam igna birlan birovlarning badaniga suratlar soluvchi va o‘ziga ana shunday suratlar soldiruvchi ayollarni, poraxo‘r birlan uning vositachisini la’natladilar hamda it sotib, fohishalik qilib kun ko‘rishdan qaytardilar va musavvirlarni l a’natladilar»

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam cho‘rining badanini pullamoqdan qaytardilar»

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:59:32

50- bob Ayoliga qo‘shilib qo‘ygan kishining bergan mahri haqida. Yaqinlik qilmasdan burun ayolga mahr yoki taloq berish yaxshidur!

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umarga «Bir kishi xotinini qazaf qilibdi (zinokorlikda ayblabdi)»,— dedim. Ibn Umar «Janob Rasululloh Banu Ajalon qabilasiga mansub ikki birodarning farzandlarini ajratib yubordilar-da «Olloh taolo ikkingizdan biringizning yolg‘on so‘zlayotganingizni bilib turibdi, qaysi biringiz tavba qilasiz?»— dedilar. Ular ikkalasi ham tavba qilmoqdan bo‘yin tovlashdi. Ul zot yana «Olloh taolo ikkingizdan biringizni yolg‘on so‘zlayotganingizni bilib turibdi, qaysi biringiz tavba qilasiz?»— dedilar. Ular ikkalasi bu gal ham tavba qilmoqdan bo‘yin tovlashdi. Shundan so‘ng, ul zot ularni ajratib yubordilar»

Ayyub rivoyat qiladilar: «Amr ibn Dinor menga «Sen bu hadisdagi bir muhim narsani tuishrib qoldiryapsan. Ushanda ul kishi «Xotinimga bergan mahrim nima bo‘ladi?» — degandi. Ul zot «Bergan mahring senga qaytarib berilmaydi. Agar rost gapirayotgan bo‘lsang ham, unga qo‘shilib quygansan va agar tuhmat qilayotgan bo‘lsang, o‘z-o‘zidan bergan mahringdan mahrumsan!»—deb aytgan erdilar»,— dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:00:09

51- bob Mahri ta’yin qilinmagan ayolga mablag‘ berish haqida

Olloh taoloning qavli: «Agar sizlar xotinlarni ularga yaqin bormay va ularga biror mahr ta’yin qilmay turib taloq qilsangizlar, sizlarga gunoh bo‘lmas va lekin sizlar ularga qoidaga muvofiq bir oz narsa (masalan, kiyim-kechak) beringizlar, badavlat odam davlatiga yarasha va holi tang odam qudratiga yarasha (bersin), bu yaxshi amal qilguvchilar uchun munosib ishdur. Va agar xotinlarni ularga yaqin bormay turib taloq qilsangizlar-u, ularga mahr ta’yin qilib qo‘ygan bo‘lsangizlar, o‘shal ta’yin qilingan mahrning yarmi ularniki bo‘lgaydur, agar xotinlar yoki nikoh tuguni qo‘lida bo‘lgan erlar mahrning o‘zlariga tegishli bo‘lgan yarmidan kechsalar, bu ham joiz bo‘lib, siz erkaklar (mahrning o‘zingizga tegishli yarmidan) kechsangizlar, bu taqvoga yaqin bir amaldur va bir-biringizga ehson qilmoqni yodingizdan chiqarmangizlarki, Olloh taolo qilib turgan amallaringizni albatta ko‘rib turur!»

Olloh taoloning qavli: «Va taloq berilgan xotinlar uchun qoidaga muvofiq xarj berilur, bu Olloh taolodan taqvo qilguvchilar uchun munosib amaldur. Olloh taolo shul tariqa sizlarga o‘z hukmlarini bayon qilur toki sizlar tushuningizlar deb»

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muloana chog‘ida er xotinini taloq qilganda mut’a (ayolga beriladirgan xarj) xususida hech narsa demaganlar (chunki, bu voqeada er xotiniga yaqinlik qilgan bo‘lib, mahr to‘laligicha xotinnikidur).

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir-birini mulo’ana qilayotgan eru xotinga: «Sizlarning hisob-kitobingiz Olloh taoloning o‘ziga havola! Ikkingizdan biringiz yolg‘on so‘zlayotirsiz endi sening uchun xotiningga yo‘l yo‘qdur!»—dedilar. Xotinning eri: « Yo Rasulalloh, unga bergan mahrim nima bo‘ladi?»— dedi. Janob Rasululloh «Mahrni qaytarib ololmaysan agar rost so‘zlagan bo‘lsang ham, bergan mahring uning avratidan foydalanganing badaliga uniki bo‘ladir va agar tuhmat qilgan bo‘lsang, unda o‘z-o‘zidan ma’lumki, mahrdan mahrumsan!»—dedilar»

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:00:59

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
NAFAQALAR KITOBI

(Oilaga qilinadirgan nafaqaning fazilati haqida)


Olloh taoloning qavli: «Va savol berurlar sizgaki, (Olloh taolo yo‘lida) nima xarj qilsinlar (deb), siz aytingki, nimaiki (ehtiyojdan) ziyodadur. Ana shul tariqa Olloh taolo ravshan bayon qilur sizlar uchun o‘z oyatlarini, toki sizlar fikr qilinglar dunyo va oxirat haqida!»

Hasan «Al-Afv» — «ehtiyojidan ortiqchasi» degan ma’nodadur»,— deydilar.

Abu Mas’ud al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Agar biror musulmon o‘z oilasiga xarj qilsa, sadaqa qilganlik savobini oldim, deb hisoblayversin!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:01:11

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taolo «Ey Odam bolasi, xarj (nafaqa) qilgil, o‘zingga xarj qilgil!»—deydi»,— dedilar». (ya’ni, «Ey Odam bolasi, xarj qilgil, bu birlan sadaqa qilganlik savobini olib, o‘z oxirating g‘amini yegan bo‘lasan!»).

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Beva va miskinga g‘amxo‘rlik qiluvchi shaxs — Olloh taolo yo‘lida jihod qiluvchi yoki tuni birlan ibodat qilib, kuni birlan ro‘za tutuvchi shaxs kabidur!» — dedilar».

Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkada xastalanib yotganimda meni ko‘rgani keldilar. Shunda ul zotga: «Men badavlat odamman, molimning hammasini sadaqa qilsinlar, deb vasiyat qilayinmi?»—dedim. Ul zot: «Yo‘q!» — dedilar. Men: «Yarminimi?» — dedim. Ul zot yana: «Yo‘q!» — dedilar. Men: «Uchdan birinimi?»—dedim. Ul zot: «Uchdan bir... uchdan bir ham ko‘plik qiladi. Merosxo‘rlaringni odamlarga qo‘l cho‘zib tilanadirgan qilib qoldirganingdan ko‘ra, boyroq qilib qoldirganing afzaldur. Nimaiki xarj qilsang, hattoki xotiningning og‘ziga bir luqma taom solib qo‘ysang ham, sadaqa qilganlik savobini olgaysan. Shoyad, Olloh taolo seni darddan xalos qilsa-yu, musulmonlar sendan naf ko‘rib, kofirlar zarar topsa!» — dedilar».

Qayd etilgan