Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482571 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 ... 114 B


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:03:54

11-bob. Ayol eriga uning bolalarini parvarish qilishda yordam bermog‘i lozim!

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Otam halok bo‘lib, menga yetti (yoki to‘qqiz) qizni qoldirib ketdilar. Keyin, men bir juvonga uylandim. Janob Rasululloh menga: «Ey Jobir, uylandingmi?» — dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Bokiragami yoki juvongami?» — dedilar. Men: «Io‘q, juvonga»,— dedim. Ul zot: «Bokira qizga uylanganingda erdi, bir-biringiz birlan hazil-huzil qilishar erdingizlar, sen uni va u seni kuldirib yurar erdi!»—dedilar. Men ul zotga: «Otam Abdulloh halok bo‘lib, menga yetti (yoki to‘qqiz) qizni tashlab ketdilar. Men shu qizlar kabi yosh qizga uylanmoqni ep ko‘rmay, ularga onalik qila oladirgan, ularni to‘gri tarbiyalay oladirgan ayolga uylandim»,— dedim. Ul zot: «Borakalloh!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:04:07

12-bob. Kambag‘al kishining o‘z oilasiga qilgan nafaqasi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, men endi halok bo‘ldim!» — dedi. Ul zot: «Nechun?»—dedilar. Kishi: «Ramazon (ro‘za) bo‘la turib xotinimga yaqinlik qilib qo‘ydim!» —dedi. Ul zot: «(Gunohingni yuvish uchun) bir qul ozod qilgil!» — dedilar. Kishi: «Mening qulim yo‘q»,— dedi. Ul zot: «(Bo‘lmasa) ketma-ket ikki oy ro‘za tutgil!»—dedilar. Kishi: «Eplay olmayman»,— dedi. Ul zot: «(Bo‘lmasa) oltmishta miskinni to‘ygazgil!» — dedilar. Kishi: «Oltmishta miskinga yetarli ta’om menda qayoqdan ham bo‘lsin!» — dedi. Shul asnoda Janob Rasulullohga bir savat xurmo olib kelib qolishdi. Ul zot: «Boyagi savol bergan odam qani?» —dedilar. Kishi: «Mana men shu yerdaman!» — dedi. Ul zot: «Buni sadaqa qilgil!»—dedilar. Kishi: «Uzimizdan qashshoqroqqami? Yo Rasulalloh, sizni haq payg’ambar qilib yuborgan zot haqi, shaharda bizdan ko‘ra kambagalroq oila yo‘qdur!» — dedi. Ul zot uning bu gapidan kulib yubordilar, hatto qoziq tishlari ham ko‘rinib ketdi, so‘ng unga: «Demak, eng kambagal o‘zlaringiz erkansizlar (ya’ni, «Unday bo‘lsa, bu xurmolarni bola-chaqangga sadaqa qilgil!»)»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:04:29

13- bob. Olloh taoloning qavli: «Va vorisga ham shunga o‘xshash va ayolga undan biror narsa» hamda «Va bayon qildi Olloh taolo bir misolni, ya’ni ikki kishiniki, ulardan biri gungdurki, hech bir narsaga kuchi yetmas va ul o‘z egasiga ortiqcha bir yukdur, qaysi bir tarafga uni yuborsa, hech bir yaxshi ish qilib kelmas. Ey, barobar bo‘la olurmi ul odam va ul odamiki, xalqni adolatga buyurur ham o‘zi to‘g‘ri yo‘ldadur?!»

Ummu  Salama rivoyat  qiladilar:  «Yo Rasulalloh,  Abu  Salamaning bolalarini boqqanim uchun menga savob tegadirmi? Men ularni biror narsaga zoriqtirganim yo‘q, chunki ular bolalarimdur!»—dedi. Ul zot: «Ha, senga ularni boqqaning uchun savob tekkay!»—dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hind binti Utba: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyon mumsik odam, men uning molidan o‘zim va bolalarimga yetarlicha olsam, gunohkor bo‘lmaymanmi?» —dedi. Ul zot: «Insof birlan olaver!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:04:42

14-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Kimki o‘zidan keyin qarz yoki yetim qoldirgan bo‘lsa, u menikidur!» — deb aytganlari xaqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qarzdorligicha vafot etib ketgan kishini olib kelishganda: «Qarzini uzish uchun ortiqcha mol qoldirganmi?» — deb so‘rar erdilar. Agar: «Ha, qoldirgan»,— deyishsa, unga janoza o‘qir erdilar, aks holda musulmonlarga: «Birodaringizga (o‘rtog‘ingizga) salavot aytingizlar!» — der erdilar. Olloh taolo ul zotning qo‘llarini kofirlar ustidan baland qilganda «Men mo‘minlar uchun ularning o‘zlaridan ko‘ra g‘amxo‘rroqman (ya’ni, mo‘minlar o‘zlari haqlarida menchalik g‘am yemaydi-lar), biror mo‘min vafot qilib, bo‘ynida qarz qolsa, uni men uzaman va biror mo‘min mol-dunyo qoldirsa, u merosxo‘rlarinikidur dedilar»

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:05:00

15- bob Cho‘rilardan bo‘lmish enagalar va boshqalar haqida

Janob Rasulullohning xotinlari Ummu Habiba rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyon qizi bo‘lmish singlimni o‘z nikohingizga olingiz!» — dedim .Ul zot «Sen shuni xohlaysanmi?»— dedilar Men «Xa, men sizga qarshilik qilmayman, singlim ham mening baxtimga sherik bo‘lsa, deyman!»— dedim. Ul zot «Bu menga mumkin ermas!» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, biz sizni Abu Salamaning «durdona» qiziga uylanmoqchisiz, deb o‘zaro gapirib yuribmiz!» — dedim. Ul zot: «Ummu Salamaning qiziga?»—dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Xudo haqi, o‘z bag‘rimda parvarish topayotgan qiz bo‘lmaganida ham Axir, u mening emishgan birodarimning qiziku! Men birlan Abu Salamani (cho‘ri) Suvayba emizgan, menga (boshqa erlaringizdan bo‘lgan) qizlaringizni hamda singillaringizni xotinlikka taklif qilmangizlar!»— dedilar. Urva «Suvaybani Abu Lahab ozod qilgan erdi»,— deydilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nihoyatda sillam quriganidan biror yegulik izlab ko‘chaga chiqib erdim, Umar ibn al-Xattobga yo‘liqdim. Shunda Olloh taoloning Kitobidan ochlarni tuyg‘azish lozimligi haqidagi oyatni o‘qib bermog‘ini undan iltimos qildim (qornim ochligini fahm-lasin, deb erdim) U hovlisiga kirib, Qur’oni Karimni ochdi-da, men aytgan oyatni o‘qib tushintirdi (ammo, ochligimni fahmlamadi) Keyin, men uning hovlisidan chiqib, biroz yurdim, ammo sillam quriganidan yuz tuban yiqildim. Bir mahal qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tepamda turibdilar: «Ey Abu Hurayra!» — dedilar ul zot. Men: «Labbay, yo Rasulalloh, xizmatingizga tayyorman!»—dedim. Janob Rasululloh qo‘limdan tortib meni turg‘azdilar-da, ochlikdan shul ahvolga tushganimni bilib, meni tuyalari tomon yetakladilar. Keyin, kattagina bir idishda sut uzatib, ichmog‘imni amr qildilar, men ichdim So‘ng, menga «Ey Abu Hurayra, yana quyib ich!»—dedilar. Men yana qo‘iib ichdim. So‘ng: «Yana quyib ichyo»—dedilar. Men yana quyib ichdim hatto qornim kamondek tarang tortilib ketdi. Keyin, men Umarni yana uchratib, boya o‘zimga nima bo‘lganini unga aytdim-da «Olloh taolo meni to‘yg‘azmoqni sendan ko‘ra haqlig‘roq kishiga (ya’ni, Janob Rasulullohga) topshirdi. Ey Umar, xudo haqi, men sendan mazkur oyatni o‘zim bilmaganim uchun o‘qib bermog‘ingni iltimos qilmagan erdim, uni sendan ko‘ra o‘zim yaxshiroq qiroat qila olaman!»—dedim. Umar «Xudo haqi, terisi shilingan tuya kabi bo‘lganimdan ko‘ra, seni to‘yg‘azganim mening uchun yaxshiroq erdi!»—dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:05:26

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
TAOMLAR KITOBI


Olloh taolo: «Biz sizlarga rizq qilib bergan pokiza ne’matlardan tanovul qilingizlar!», «Peshona teringiz birlan topgan ne’matlardan sadaqa (ehson) qilingizlar!», «Amali solihlar qilingizlar, men sizlarning qilib turgan ishlaringizni bilib tururman!» — deydi.

Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ochni to‘yg‘azingizlar, kasalni borib ko‘ringizlar, asirni ozod qilingizlar!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning oilalari (loaqal) uch kun to‘yib ovqat yemagandur!»

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:05:38

1- bob Olloh taoloning ismini aytib, o‘ng qo‘l birlan taom yemoq haqida

Umar ibn Abu Salama rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bag‘rlarida parvarish topayotgan bir bola erdim. Ovqat yeyayotganimizda qo‘limni laganning dam uyog‘iga, dam buyog‘iga uzata boshlagan erdim, ul zot menga «Ey bola, Olloh taoloning ismini aytib, o‘ng qo‘ling birlan o‘z oldingdan yegil!» — dedilar (ya’ni, Olloh taoloning ismini aytish birlan kishi o‘z oldidagi taomdan shaytonni quvib yuboradi, taomning dam uyog‘idan, dam buyog‘idan yeyish beadablik va badnafslik alomati bo‘lib, shunday qilgan kishi birga taom yeyayotganlarning dilini ranjitadi, ularning ko‘nglini taomdan qoldiradi, taomni o‘ng qo‘l birlan yeyish chin mo‘min-musulmonning odati bo‘lib, shaytongina chap qo‘li birlan tanovul qiladi). Shu-shu bo‘ldi-yu, men bunday beadabchilikni sira qilmadim».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:05:58

2-bob. O’z oldidan (taom) yemoq haqida

Anas rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taoloning ismini aytingizlar va har bir kishi o‘z oldidan (taom) yesin!»— dedilar».

Ibn Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Bir kuni men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga taom yeyayotib, laganning dam uyog‘iga, dam buyog‘iga qo‘l uzata boshladim. Shunda Janob Rasululloh: «Uz oldingdan (taom) yegil!» — dedilar».

Vahb ibn Kayson Abu Nu’aym rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga taom keltirishdi, shunda Abu Salamaning o‘g‘li (ya’ni, ul zotning o‘gay o‘g‘illari) Umar ham birga o‘ltirgan erdi. Ul zot unga: «Olloh taoloning ismini aytib, o‘z oldingdan (taom) yegil!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:06:18

3- bob. Bir lagandan taom yeyayotib, sherigiga yoqmasligini o‘ylamay, uning tarafiga ham qo‘l uzatgan kishi haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir tikuvchi taom tayyorlab, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni mehmonga taklif qildi, men ham ul zot birlan birga bordim. Qarasam, Janob Rasululloh idishning chetidagi qovoqlardan olib yeyaptilar. Shu bugundan e’tiboran men qovoqni xush ko‘rib qoldim!».

Abu Salamaning o‘gillari Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Ung qo‘ling birlan yegil!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:06:34

4- bob. Taom yeyishni hamda bundan boshqa ishlarni o‘ngdan boshlash lozimligi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tahoratni ham, poyafzal kiyishni ham, soch tarashni ham o‘ngdan boshlashni yaxshi ko‘rar erdilar. Ul zot barcha o‘ngdan boshlash joiz bo‘lgan ishlarni o‘ngdan boshlashni odat qilgan erdilar».

Qayd etilgan