Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483429 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 ... 114 B


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:38:26

53-bob. Xizmatkor birlan birga ovqatlanmoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Agar birortangizni xizmatkoringiz o‘zi tayyorlagan taom birlan siylasa, u birlan o‘ltir-masangiz ham, bir yoki ikki luqma nasiba olib yengiz, chunki u bu birlan sizga o‘z mehr-muhabbatini izhor qilayotir!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:38:45

54-bob. Shukr qilib taom tanovul qilguvchi sabr qilib ro‘za tutguvchi yanglig‘dur!

Abu Hurayra raziyallohu anhu yuqoridagi qavlni Janob Rasululloh aytganliklarini ta’kidlaydilar

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:38:57

55-bob. Taomga taklif qilingan kishining: «Bu ham men birlan birga» — deb aytganligi haqida

Anas raziyallohu anhu: «Agar biror begaraz musulmonning uyiga kirsang, uning oldingga qo‘ygan narsalaridan yebich!» — deydilar.

Abu Mas’ud al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Bir ansoriy kishi bo‘lib, laqabi «Abu Shu’ayb» erdi, uning bir qassob gulomi ham bor erdi. Bir kuni Abu Shu’ayb Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, shunda ul zot sahobalari davrasida o‘ltirgan erdilar. Abu Shu’ayb

Janob Rasulullohning chehralarida ochlik alomatini sezib, qassob gulomining oldiga bordi-da, unga: «Besh kishiga yetadigan taom tayyorlab ber, Janob Rasululloh birlan yana to‘rt kishini mehmonga taklif qilmoqchiman» — dedi. G’ulom unga taom tayyorlab bergach, u borib Janob Rasulullohni mehmonga taklif qildi. Mehmonga taklif qilinganlarga bir kishi ergashib keldi. Shunda Janob Rasululloh: «Ey Abu Shu’ayb, bir kishi bizga ergashib keldi, agar istasang, unga ijozat ber, istamasang, ijozat berma!» — dedilar. Abu Shu’ayb: «Nega endi, kiraversin!»—dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:39:14

56- bob. Agar kechki ovqat keltirilsa, (namozga) shoshilinmasin!

Amr ibn Umayya rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llaridagi qo‘y qo‘lidan kesib yeyayotgan erdilar, namozga azon aytilib qoldi. Shunda ul zot qo‘y qo‘li birlan pichoqni qo‘yib o‘rinlaridan turdilar-da, tahoratlarini yangilamay namoz o‘qidilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar oldingizga kechki ovqat keltirilgan bo‘lsa-yu, namoz boshlanib qolsa, avval ovqatni yeb olingiz!»—dedilar».

Ibn Umar ham yuqoridagi hadisga o‘xshash hadisni rivoyat qilganlar.

Nofi rivoyat qiladilar: «Bir kuni Ibn Umar imomning qiroatini eshitib turib ham kechki ovqatni yeyishda davom etavergan erdilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar namoz vaqti bo‘lib qolib, kechki ovqat keltirilsa, avval ovqatni yeb olingiz!» — dedilar».

Hishom: «Agar kechki ovqat keltirilgan bo‘lsa»,— deb yuqoridagi hadisga qo‘shimcha qiladilar.

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:39:25

57- bob Olloh taoloning «Agar taom yeb bo‘lsangizlar, tarqalingizlar!» degan qavli haqida

Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Anas bundai deydilar: «Men «Hijob» oyati tarixini barchadan ko‘ra yaxshiroq bilurman, Ubay ibn Ka’b mendan bu haqda so‘ragan erdi: Janob Rasululloh va Zaynab binti Jahsh ikkalalari kuyov-kelin bo‘lishdi, ul zot Madinada unga uylandilar. Kechqurun ul zot odamlarni to‘y ziyofatiga chaqirib, o‘zlari ham ular birlan birga o‘ltirdilar. Keyin, odamlar o‘rinlaridan turishgach, ul zot ham turdilar. Keyin tashqariga chiqib Oisha onamizning hujralari eshigigacha yurib bordilar, men ham birga bordim. So‘ng, odamlar chiqib ketib bo‘lgandur, deb o‘ylab ortlariga qaytdilar, men ham birga qaytdim. Ammo, odamlar hanuz joylarida o‘ltirishar erdi. Buni ko‘rib izlariga qaytdilar-da, Oisha onamizning hujralari eshigigacha ikkinchi bor yurib bordilar, men ham birga bordim. Keyin, yana ortlariga qaytdilar, men ham birga qaytdim. Bu gal qaytganimizda odamlar chiqib ketishgan erdi. Janob Rasululloh ichkariga kirib o‘zlari birlan mening o‘rtamga hijob (parda) tashlab qo‘ydilar. Shunda Olloh taolo «Hijob» oyatini nozil qildi».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:12:35

 BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
AQIQA KITOBI


(«Aqiqa» — har bir chaqaloqning ona qornidalik vaqtida chiqqan sochi bo‘lib, u chaqaloq tug‘ilganiga bir hafta bo‘lgan kuni olib tashlanadi. Shu munosabat birlan qurbonlik qilinadirgan jonlig‘ ham «aqiqa» deb ataladi).

1- bob. Agar yangi tug‘ilgan chaqaloqqa aqiqa qilinmasa, unga ism qo‘yilib, tanglayi xurmo birlan ko‘tarib qo‘yiladi.

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men o‘gil ko‘rdim, so‘ng uni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib bordim. Janob Rasululloh unga «Ibrohim» deb ism qo‘yib, tanglayini xurmo birlan ko‘tarib qo‘ydilar, keyin Olloh taolodan xayru barakot talab qildilar-da, menga qaytarib berdilar». Bu Abu Musoning to‘ngich farzandi erdi.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir chaqaloqni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga xurmo birlan tanglayini ko‘tarib qo‘ysinlar, deb olib kelishdi. Shunda chaqaloq Janob Rasulullohning kiyimlariga siyib qo‘yib erdi, siydik ustidan suv quyib yubordilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:13:28

Asmo binti Abu Bakr raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men (Abdulloh ibn Zubayrga homiladorlik vaqtimda) oy-kunim yaqinlashib qolganligiga qaramay, (Makkadan) yo‘lga chiqib Madinaga yetib bordim, so‘ng Quboda tushib, o‘sha yerda ko‘zim yoridi. Keyin, bolamni olib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bordim-da, uni tizzalariga qo‘ydim. Janob Rasululloh xurmo keltirmoqni amr qildilar, so‘ng uni chaynab bolamning og‘ziga tupurib qo‘ydilar. Bolamning og‘ziga birinchi bo‘lib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muborak tupuklari kirdi Keyin, ul zot bolamning tanglayini chaynalgan xurmo birlan ko‘tarib, unga xayru barakot tilab duo qildilar. Mening farzandim islomda tug‘ilgan dastlabki bola bo‘lib, uning dunyoga kelganidan barcha musulmonlar behad xursand bo‘lishdi, chunki g‘animlar ularga «Yahudiylar sizlarni sihrlab qo‘ygan, sizlar endi farzand ko‘rmaysizlar!» — deb aytishgan erdi».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Talhaning o‘g‘ilchalari betob yotgan erdi. Abu Talha uylaridan ko‘chaga chiqishlari birlanoq u vafot etib qoldi. Abu Talha uylariga qaytib kelib, xotinlariga «Ug‘limning ahvoli nechuk?»—dedilar. Xotinlari Ummu Sulaym «Ilgarigidek orom olib yotibdi»,— dedilar-da, Abu Talhaga kechki ovqatni keltirdilar. Abu Talha ovqatlanib bo‘lib, xotinlarini jimo’ qildilar. G’usuldan so‘ng, xotinlari «Bolani dafn qilingiz!» —dedilar. Tong otgach, Abu Talha Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani aytib berdilar. Shunda ul zot: «Kechasi jimo’ qilishdingizmi!»—dedilar. Abu Talha «Ha»,— dedilar. Ul zot: «Yo parvardigoro, bu ikkalasining tunini barakotli qilib, ularga o‘g‘il ato etgaysan!»—deb duo qildilar. Abu Talha (o‘g‘il ko‘rganlarida) menga: «Ug‘limni Janob Rasulullohning huzurlariga borguningcha ehtiyotlab ko‘tarib ol!» — dedilar. Keyin, Abu Talha o‘zlari ham men birlan birgalashib Janob Rasulullohning huzurlariga bordilar. Abu Talhaning xotinlari go‘dakning yo‘rgagiga biroz xurmo solib qo‘ygan erdilar. Janob Rasululloh go‘dakni qo‘llariga olib: «Buning yo‘rgagi ichida biror narsa bormi?» — dedilar. Biz «Ha, biroz xurmo bor»,— dedik. So‘ng, Janob Rasululloh bir dona xurmoni chaynab, uni og‘izlaridan oldilar-da, go‘dakning og‘ziga solib tanglayini ko‘tardilar, keyin unga «Abdulloh» deb ism qo‘ydilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:14:16

2- bob Aqiqa vaqtida (o‘g‘il) bola sochining (yoki jinsiy a’zosidagi xatna qilinadirgan terining) olib tashlanmogi haqida

Salmon ibn Omir rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ug‘il bolaning aqiqasi uning o‘zi birlan birga bo‘lib, keyin uni qon oqizib olib tashlangiz.lar!»—deb aytganlarini eshitdim» (Ya’ni, «Ug‘il bola olatidagi xatna qilinadirgan teri tug‘ilish vaqtida unga hamroh bo‘lib, keyin uni xatna qilib olib tashlangizlar!»)

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:14:32

3- bob Tuyaning dastlabki tuqqan bolasini butga qurbonlik qilmoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Tuyaning dastlabki bolasini butga atab so‘ymoq hamda rajab oyining birinchi o‘n kunligida jonlig‘ qurbonlik qilmoq ta’qiqlanadi!»— dedilar (ya’ni, johiliyat davrida, islomdan avval shunday qilishgan)

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:15:30

4- bob Rajab oyining birinchi o‘n kunligida jonlig‘ qurbonlik qilmoq haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan

Qayd etilgan