Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 321587 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 ... 114 B


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:20:16

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
QURBONLIK, OV VA OVGA TASMIYA AYTMOQ HAQIDA KITOB


Olloh taoloyaing qavli: «Harom qilindi sizlarga o‘zi o‘lgan jonivor va qon va to‘ng‘iz go‘shti va ul jonivoriki, unga Ollohdan boshqaning nomi aytilsa va bo‘g‘ilib o‘lgan jonivor va urilib o‘lgan jonivor va balandlikdan yiqilib o‘lgan jonivor va suzib o‘ldirilgan jonivor va darranda yeb (tishlab) o‘ldirgan jonivor, magar halol qilib olganlaringiz (ochliqdan nochor qolsangiz, shari’at yo‘li birlan so‘yilmagan jonivor go‘shtidan o‘lmay qoladirgan miqdorda iste’mol qilsangiz bo‘lur) va jonivoriki, so‘yilur Ka’badan boshqa ibodatxonalar uchun va taqsim qilmoqlaringiz qimor o‘qlari ila (johiliyat davridagi odamlar o‘z qismatlarini sinashda qo‘llagan ikki tomoni uchlik va o‘rta qismi yo‘g‘on tayoq bo‘lib, undan ovda ham foydalanganlar), bu hammasi gunoxdur, bugun noumid bo‘ldilar kofirlar sizlarning dinlaringizdan, endi sizlar ulardan qo‘rqmanglar va mendan qo‘rqinglar!».

Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, albatta Olloh taolo sizlarni qo‘llaringiz va nayzalaringiz kasb etib turgan bir kichik ov jonivori ila (ham) imtihon qilurki, toki bilsin Olloh taolo kim ko‘rmay turib undan qo‘rqur va kimiki bundan keyin haddan oshsa, bordur unga dardli azob!».

Olloh taoloning qavli: «Halol qilindi sizlar uchun o‘txo‘r hayvonlar» («endi sizlar ulardan qo‘rqmanglar va mendan qo‘rqinglar!» degan qavligacha, «Al-Moida» surasi).

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mi’roz birlan ov qilmoq haqida so‘radim («Mi’roz» — ko‘pincha bir tarafiga temir uchlik o‘rnatiladirgan ogir yogoch yoki kaltak bo‘lib, ba’zilar uni «Ikki uchi o‘tkir va o‘rta qismi yo‘gon paqiz nayza bo‘lgan»,— deyishadi. Johiliyat ahli uning ila o‘z qismatlarini sinaganlar. Ov vaqtida ersa uning uchlik tomoni qolib, yon tomoni birlan hayvonni urib o‘ldirganlar) Janob Rasululloh «Uning uchi birlan jarohat yetkazilgan jonivorni yeyaver, uning yon tomoni birlan jarohat yetkazilgan jonivor ersa urib o‘ldi-rilgandur (harom o‘lgandur)»,— dedilar. Keyin, ul zotdan tozi birlan ov qilmoq haqida so‘radim. Ul zot «Agar iting o‘ljani tutib olgan bo‘lsa-yu, itingning yonida yana boshqa bir itning turganini ko‘rib, «Itimning o‘ljasini u tortib olmasaydi!» —   deb qo‘rqsang va o‘sha begona it sen o‘ylagandek o‘ljani tortib olib, o‘ldirib quysa, uni yemagil, chunki sen o‘z itingga tasmiya («Bismilloh») aytgansan, begona itga aytmagansan»
—   dedilar»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:20:49

1- bob Mi’roz birlai ov qilmoq xaqida

Ibn Umar bunduqa (kesak, loydan yasab quritilgan soqqa) birlan o‘ldirilgan jonivor haqida: «U urib o‘ldirilgandur» — deb, bunduqa birlan ov qilmoqni rad qiladilar. Bunduqa birlan ov qilmoqni Solim, Qosim, Mujohid, Ibrohim, Ato va Hasan ham rad qiladilar. Hasan qishloq va shaharlarda bunduqa otmoqni rad qilib, bundan bo‘lak joylarda bunduqa oqa, zarari yo‘q, deb hisoblaydilar.

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mi’roz birlan ov qilmoq haqida so‘radim: Janob Rasululloh «Agar jonivorni uning o‘tkir tomoni birlan (sanchib) jarohatlagan bo‘lsang, yeyaver, agar jonivor uning yo‘gon (yon) tomoni birlan urib o‘ldirilgan bo‘lsa, ul holda u urib o‘ldirilgan bo‘lib, yemagil!» — dedilar. Men «Agar itimni o‘zim ovga qo‘yib borsam-chi'»— dedim. Janob Rasululloh «Agar itingni o‘zing ovga qo‘yib yuborsang va tasmiya (Bismilloh) ayqang, u tutgan jonivorni yeyaver!»—dedilar. Men: «Agar jonivorni (biroz) yegan (tishlagan) bo‘lsa-chi»—dedim. Janob Rasululloh «Ul holda yemagil, chunki iting uni sening uchun ermas, o‘zi uchun tutgandur!» — dedilar. Men «Men itimni ovga quyib yuborsam-u, uning birlan bir begona itning ham turganini ko‘rsamchi?» — dedim. Janob Rasululloh «Ul holda tutilgan jonivorni yemagil, chunki sen o‘zingning itingga tasmiya aytgansan, begona itga ermas!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:21:00

2- bob Mi’rozning yo‘g‘on (yon) tomoni birlan jarohatlangan jonivor haqida

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, biz (ovga) o‘rgatilgan itni ovga qo‘yib boramiz, (bu haqda ne deysiz)?»—dedim. Janob Rasululloh «Senga tutib kelgan jonivorni yeyaver!» — dedilar Men. «It uni o‘ldirib qo‘ygan bo‘lsa hammi?» — dedim. Janob Rasululloh «Uldirib qo‘ygan bo‘lsa ham!» — dedilar. Men «Biz mi’roz birlan ov qilsakchi?» — dedim. Janob Rasululloh «Utkir tomoni birlan sanchib jarohatlangan jonivorni yeyaver agar yo‘gon (yon) tomoni birlan urilgan bulsa, yema!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:21:51

3- bob Kamon birlan ov qilmoq xususida

.Hasan va Ibrohim: «Agar jonivorni otganida uning qo‘li yoki oyogi tanasidan ajralib keqa, o‘sha ajralib ketgan qismi yeyilmaydi, qolgan qismi yeyilaveradi»,— deyishadi.

Ibrohim «Agar jonivorning bo‘yni yoki beliga otgan bo‘lsang uni yeyaver!»— deydilar.

A’mash Zayddan naql qilib bunday deydilar: «Abdullohning xonadoniga mansub bir kishining quloni (egasiga) qaysarlik qilib bo‘isinmay qo‘idi. Shunda o‘sha kishi odamlarga «Qulonning duch kelgan yeriga uringizlar, uning tanasidan nimaiki uzilib tushsa, yemangizlar, qolganini yeyaveringizlar!» — deb amr qildi».

Abu Sa’laba rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, biz (hozir) ahli kitoblardan bo‘lmish bir qavmning yerida turibmiz, ularning idishlarida ovqat yesak bo‘lurmu? Shuningdek, ularning ov qiladirgan yerida kamonim hamda ovga o‘rgatilmagan va o‘rgatilgan itim birlan ov qilsam, mening uchun durust bo‘lurmu?» — dedim. Janob Rasululloh: «Ammo, ahli kitoblar xususida eslatib juda yaxshi qilding! Agar ularning idishlaridan bo‘lak idish topsangizlar, ularning idishlarida ovqat yemangizlar, agar topmasangizlar, ul holda ularning idishlarini yuvib, so‘ng unda ovqat yengizlar! «Bismilloh!» deb kamoning birlan ovlagan jonivorni yeyaver! «Bismilloh!» deb ovga o‘rgatilgan iting birlan ovlagan jonivorni ham yeyaver! Ovga o‘rgatilmagan iting birlan ovlagan jonivorni ham, itingdan tortib ololsang, yeyaver!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:22:08

4-bob. Tosh va kesak (guvalak) otmoq haqida

Abdulloh ibn Burayda rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Mugaffal (tosh yoki kesak) otayotgan bir kishini ko‘rib, unga: «Otma, chunki Janob Rasululloh (tosh yoki kesak) otmoqdan qaytarib, «(Tosh yoki kesak) otib ov ham qilib bo‘lmaydi, dushmanni yengib ham bo‘lmaydi. Lekin, (tosh yoki kesak) tishni sindirib, ko‘zni chiqaradi!» deb aytgandurlar»,— dedi. So‘ng, Abdulloh boyagi kishining shuncha gapdan keyin ham (tosh yoki kesak) otayotganini ko‘rib, unga. «Men senga Janob Rasulullohning (tosh yoki kesak) otmoqdan qaytarganlarini aytib turibman-u, sen bo‘lsang o‘z bilganingdan qolmay, hanuz otayotirsan. Endi, senyo birlan sira ham gaplashmaganim bo‘lsin!» — dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:23:03

5-bob. Kimki tozi bo‘lmagan (yoki ovga o‘rgatilmagan) itni boqsa, (har kungi qilgan amali solihlariga tegadirgan savoblarning ikki qiyrotini yo‘qotadi!)»

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki tozi bo‘lmagan (yoki ovga o‘rgatilmagan) itni boqsa, har kungi qilgan amali solihlariga tegadirgan savoblarning ikki qiyrotini yo‘qotadi!» — dedilar»

Solim Abdulloh ibn Umardan naql qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Kimki ovga o‘rgatilmagan (yoki tozi bo‘lmagan) itni boqsa, har kungi oladirgan savobining ikki qiyrotini yo‘qotadi!» — deb aytganlarini eshitdim».

Nofi’ Abdulloh ibn Umardan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki tozi bo‘lmagan (yoki ovga o‘rgatilmagan) itni boqsa, har kungi amali solihlari uchun tegadirgan savoblarning ikki qiyrotini yo‘qotadi!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:23:34

6- bob. Agar it (o‘ljani) yegan bo‘lsa...

Olloh taoloning qavli: «(Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam!) Sizdan so‘rarlarki, qaysi jonivor ular uchun haloldur? Siz aytingizki, sizlarga har bir halol jonivor haloldur va ovchi jonivorlar ovlari hamki, sizlar ularni (ovga) o‘rgatdingizlar, qo‘yib yuborursizlar ovga, ta’lim berursizlar ularga Olloh sizlarga ta’lim bergan tariqada. Bas, yenglar ular sizlar uchun tutgan ovdan va Olloh taolo nomin tilga olinglar ularni (ovga) qo‘yib yuborishda va qo‘rqinglar Olloh taolodan, batahqiq Olloh taolo tez hisob-kitob qilguvchi zotdur!».

Ibn Abbos: «Agar it (o‘ljani) yegan (tishlagan) bo‘lsa, uni harom qilgan bo‘lur, zero u uni o‘zi uchun tutgan bo‘lib, Olloh taolo: «... ta’lim berursizlar ularga Olloh sizlarga ta’lim bergan tariqada» —deb aytadi. Shunga ko‘ra, sizlar itni urib, toki aytganingizni qiladirgan bo‘lgunicha, unga ta’lim berasizlar»,— deydilar. Ibn Umar ham it tishlagan (egan) ovni harom, deb hisoblaydilar. Ato ersalar: «Agar it o‘ljaning qonini ichib, o‘zini tishlamagan bo‘lsa, uni yeyaver!» — deydilar.

Adiy ibn Hotim rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga savol berib: «Biz it birlan ov qilguvchi bir qavmdurmiz, (shul xususida ne dersiz?)» — dedim. Ul zot: «Agar ovga o‘rgatilgan itingni qo‘yib yuborsang-u, Olloh taoloning ismini tilga olgan bo‘lsang, o‘zingga tutib bergan jonivorni yeyaver! Basharti, it jonivorni o‘ldirib qo‘ygan bo‘lsa, ul holda uni itning o‘zi yeydi, chunki u uni o‘zi uchun tutgandur. Agar ovga qo‘yib yuborgan iting birlan begona itning turganini ko‘rsang, tutgan o‘ljasini yemagil!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:24:21

7- bob. Otilgan jonivorni yo‘qotib qo‘yib, ikki-uch kundan keyin topsa...

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Agar itingni ovga qo‘yib yuborayotib tasmiya aytgan bo‘lsang-u, u o‘ljani tutib o‘ldirib qo‘ysa, yeyaver! Agar o‘ljani yegan bo‘lsa, yema, chunki u uni o‘zi uchun tutgandur. Basharti, iting tasmiya aytilmagan bir begona it birlan birgalikda o‘ljani ushlab o‘ldirib qo‘ygan bo‘lsa, yema, chunki sen ulardan qaysi biri uni o‘ldirganligini bilmaysan. Agar sen bir o‘ljani otgach, uni (yo‘qotib qo‘yib) bir-ikki kundan so‘ng topsang-u, uning badanida sen otgan o‘q izidan bo‘lak iz bo‘lmasa, yeyaver! Agar u suvga tushgan bo‘lsa, yema!».

Omir Adiy ibn Hotimdan naql qiladilar: «Adiy ibn Hotim Janob Rasulullohga: «Bir kishi o‘ljani otgach, uni ikki-uch kun izlab, so‘ng o‘lik holda topsa-yu o‘zi otgan o‘qning uning badaniga sanchilib turganini ko‘rsa, ne qilgay?» — dedi. Janob Rasululloh: «Inshoolloh, yegay!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:24:44

8-bob. Agar kishi ov (o‘lja) yonida begona itning turganini ko‘rsa...

Adiy ibn Hotim rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, men itimni tasmiya aytib ovga qo‘yib yuboraman, shul xususda ne deysiz?»—dedim. Janob Rasululloh: «Agar itingni tas-miya aytib ovga qo‘yib yuborsang-u, u o‘ljani tutib o‘ldirib yesa, yemagil, chunki u uni o‘zi uchun tutgandur!» — dedilar. «Agar men itimni ovga qo‘yib yuborsam-u, keyin uning yonida begona itning turganini ko‘rsam va ulardan qaysi birining o‘ljani tutganini bilmasam-chi?» —dedim. Janob Rasululloh: «Uni yemagil, chunki sen o‘z itingga tasmiya aytgansan, begona itga aytmagansan!»—dedilar. So‘ng, men mi’roz birlan ov qilmoq haqida so‘radim. Janob Rasululloh: «Agar uning o‘tkir (uchli) tomoni birlan jarohatlagan bo‘lsang, yeyaver va agar uning yug‘on (yon) tomoni birlan (urib) o‘ldirgan bo‘lsang, u urib o‘ldirilgan bo‘lib, uni yemagil!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:25:50

9-bob. Ovchilik qilib kun ko‘rmoq xususidagi hadislar

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, biz manavi itlar birlan ovchilik qilib kun kechiruvchi bir qavmmiz, shul xususda fikringiz qanday?» — dedim. Janob Rasululloh bunday dedilar: «Agar o‘rgatilgan itingni tasmiya aytib ovga qo‘yib yuborsang, u senga tutib bergan o‘ljani yeyaver! Agar iting o‘ljadan yegan bo‘lsa, yemagil, chunki men u uni o‘zi uchun tutgan bo‘lishi kerak, degan xavotirdaman. Basharti itingga begona it qo‘shilib qolgan bo‘lsa (ham), yemagil!»

Abu Sa’laba raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib: «Yo Rasulalloh! Biz (hozir) ahli kitoblardan bo‘lmish bir qavmning yerida turibmiz, ularning idishida ovqat yeymiz va men ular ov qiladirgan joylarda kamonim hamda ovga o‘rgatilgan va o‘rgatilmagan itlarim birlan ov qilaman»,— dedim. Janob Rasululloh bul xususda bizga nimalar halol qilinganligini aytgach, bunday dedilar: «Ammo, ahli kitoblardan bo‘lmish bir qavm yerida erkaningni eslab yaxshi ish qilding! Ularning idishida ovqat yeyishing xususiga kelsak, agar bo‘lak idish topsangizlar, ularning idishida ovqat yemangizlar, agar topmasangizlar, ul holda ularning idishini yuvib tashlab, so‘ng unda ovqat yengizlar! Ammo, ahli kitoblardan bo‘lmish bir qavm ov qiladirgan yerda erkanligingni eslab ham yaxshi ish qilding! Kamoning birlan nimaiki ovlasang, avval Olloh taoloning ismini zikr qilib, so‘ng yegil! Ovga o‘rgatilgan iting birlan (ham) nimaiki ovlasang, avval Olloh taoloning ismini yod etib, so‘ng yegil! Ovga o‘rgatilmagan iting birlan ovlagan o‘ljangni ersa, agar uni itingdan ololsang, yeyaver!».

Qayd etilgan