Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 321584 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 B


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:50:50

9- bob. O’z qo‘li birlan qurbonlikka atalgan jonlig‘larni so‘ygan kishi haqida

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki ola qo‘chqorni qurbon qildilar. Shunda men ul zotning ikkala qo‘yning biqiniga oyoqlarini qo‘yib turib tasmiya va takbir aytganlarini, so‘ng o‘z qo‘llari birlan ularni so‘yganlarini ko‘rdim»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:53:12

10-bob. Uzganing qurbonlikka atalgan jonlig‘ini so‘ygan kishi haqida

Bir kishi Ibn Umarga qurbonlikka atalgan jonlig‘larini so‘yishda ko‘maklashdi. Abu Muso qizlariga o‘z qo‘llari birlan jonlig‘ qurbon qilmoqni buyurdilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Saraf degan yerda huzurimga kirganlarida men yig‘lab o‘ltirgan erdim. Shunda ul zot: «Senga ne bo‘ldi, hayz ko‘rib qoldingmi?» — dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Bu Olloh taolo Odam qizlarining peshonasiga yozgan taqdirdur, hoji ado etmog‘i lozim bo‘lgan barcha marosimlarni bajargil, lekin Baytullohni tavof qilma!» — dedilar. Keyin, ul zot o‘z xotinlari nomidan bir sigirni qurbon qildilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:54:05

11-bob. Jonlig‘ni namozdan so‘ng so‘ymoq lozim!

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning va’z aytayotib bunday deganlarini eshitdim: «Bugungi kunimizda bizning birinchi bo‘lib qiladirgan ishimiz — namoz o‘qiymiz, so‘ng qaytib jonlig‘ qurbon qilamiz. Kimki shunday qilsa, sunnatimizni ado etgan bo‘lur, aks holda u o‘z bola-chaqasiga go‘sht tayyorlab bergan bo‘lib, qilgan kurbonligidan hech bir savob tegmas!». Shunda Abu Burda: «Yo Rasulalloh, men namoz o‘qimasimdan burun jonlig‘imni so‘yib qo‘ydim, ammo menda yana bir echkicha bo‘lib, u katta qo‘ydan ham yaxshiroqdur!» — dedi. Janob Rasululloh: «Urniga o‘shani so‘ya qolgil, ammo bu sendan keyin biror kishiga joiz ermas!» —dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:54:25

12-bob. Kimki jonlig‘ini namozdan ilgari so‘yib qo‘ygan bo‘lsa, (namozdan keyin) o‘rniga boshqa jonlig‘ so‘yadi!

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki jonlig‘ini namozdan ilgari so‘yib qo‘ygan bo‘lsa, (namozdan keyin) o‘rniga boshqa jonlig‘ so‘ysin!» — dedilar. Shunda bir kishi: «Bugun ishtaha birlan go‘sht yeydirgan kundur!» — dedi-da, kambag‘al qo‘shnilari haqida gapirdi. Ushanda Janob Rasululloh uni ma’zur tutgan erdilar. U: «Menda yana bir echkicha bor, u ikki qo‘ydan ham afzalroqqur!» — degan erdi. Janob Rasululloh unga o‘sha echkichasini qurbon qilmoqqa ruxsat bergan erdilar, ammo bu ruxsat boshqalarga ham taalluqli erdimi yo yo‘qmi, buni bilmayman. Keyin, Janob Rasululloh ikki qo‘chqorni so‘ydilar, shundan so‘ng odamlar ham o‘z jonlig‘larini so‘yishdi».

Jundub ibn Sufyon rivoyat qiladilar: «Men nahr kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim. Ul zot: «Kimki namoz o‘qimasidan burun jonlig‘ so‘ygan bo‘lsa, o‘rniga boshqasini so‘ysin, kimki hali so‘ymagan bo‘lsa, endi so‘yaversin!» — dedilar».

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni: «Kimki bizning qiblamizga yuzini qaratib bizning namozimizni o‘qigan bo‘lsa, namozdan uyiga qaytguniga qadar jonlig‘ so‘ymasin!» — dedilar. Shunda Abu Burda o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, men namozdan burun so‘yib qo‘yibman?» — dedi. Janob Rasululloh: «Shoshqaloqlik qilibsan-da!» — dedilar. Abu Burda: «Menda yana bir echkicha bor, u ikkita katta qo‘ydan ham yaxshiroqdur, o‘shani so‘ysam bo‘lurmi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Mayli, o‘shani so‘ya qolgil, ammo bu sendan keyin hech kimga joiz ermasdur!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:55:04

13- bob. Jonlig‘ning biqiniga oyoq qo‘ymoq haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkita shoxdor, semiz ola qo‘chqorni biqiniga oyoqlarini qo‘yib turib o‘z qo‘llari birlan qurbon qilgan erdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:55:14

14- bob. Jonlig‘ so‘yish vaqtida takbir aytmoq haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkita shoxdor, semiz ola qo‘chqorni o‘z qo‘llari birlan qurbon qildilar. Shunda qo‘ylarning biqiniga oyoqlarini qo‘yib turib tasmiya va takbir aytdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:55:27

15- bob. Kishi jonligini qurbon qilish uchun (Ka’baga) jo‘naqa, unga hech narsa harom qilinmaydi!

Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Masruq Oisha onamizning huzurlariga kelib: «Yo mo‘minlar onasi! Kishi o‘z jonligini qurbon qilish uchun Ka’baga jo‘natadi, o‘zi ersa jonligining bo‘yniga uning qurbonlikka atalganini anglatadirgan alomat osib qo‘yishni tayinlab, shaharda (uyida) qoladi. Ushal odam jonligini jo‘natgan kundan to hojilar ehromlarini yechgunlariga qadar ehromda qolib, hojilar qilishi mumkin bo‘lmagan narsalarni qilaveradi», — dedilar. Masruq bunday deydilar: «Men Oisha onamizning parda ortidan (gapimni ma’qullab) chapak chalganlarini eshitdim, so‘ng mo‘minlar onasi: «Men Janob Rasulullohning jonliglari bo‘yniga alomat osib qo‘yish uchun tizimcha (chilvir) yigirib berar erdim, keyin ul zot jonlig‘larini Ka’baga jo‘natar erdilar. Shunda ul zot hojilar qaytgunga qadar xonadonlaridagi erkaklarga halol qilingan narsalardan mahrum qilinmas erdilar»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:55:48

16- bob. Qurbon qilingan jonlig‘lar go‘shtini yeyish va ehtiyot qilib qo‘yish haqida

Jobir ibn Abdullhu raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida qurbon qilingan jonliglar go‘shtini Madinaga (olib ketish uchun) ehtiyotlab qo‘yar erdik».

Ibn Xabbob rivoyat qiladilar: «Abu Sa’id uyida yo‘q erdi, qaytib kelgach, oldiga go‘sht keltirib qo‘yishdi. Shunda Abu Sa’id: «Bu qurbon qilingan jonlig‘larimiz go‘shtidanmi? Olib ketingizlar, buni tatib ham ko‘rmayman!» — dedi. Abu Sa’id bunday deydi: «Keyin, men o‘rnimdan turib uydan chiqdim-da, birodarim Qatoda (onamning birodari) huzuriga yo‘l oldim. Ul kishi Badr g‘azoti ishtirokchisi erdilar. Huzurlariga borgach, bo‘lgan gapni aytib berdim. Shunda ul kishi: «Sendan keyin bir ish sodir bo‘lgan erdi»,— dedilar».

Salama ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan kimki jonlig‘ Qurbon qilgan bo‘lsa, uchinchi kun tong ottirmasingizdan burun uyingizda undan hech narsa qolmasin!» — dedilar. Kelgusi yili odamlar: «Yo Rasulalloh, bu yil ham o‘tgan yildagidek ish tutamizmi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Yengizlar, yediringizlar va ehtiyot qilib ham qo‘yingizlar! Usha yili odamlar och qolgan bo‘lib, men bir-birlaringizga yordam qilingizlar, deb erdim!»— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:56:15

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz qurbon qilingan jonlig‘lar go‘shtidan tuzlab Janob Rasulullohga (Madinaga) olib borar erdik. Shunda Janob Rasululloh «(Qurbon qilingan jonlig‘lar go‘shtidan) uch kundan ortiq yemangizlar!»— dedilar. So‘ng, go‘shtga istamaygina qo‘l uzaqalar-da, undan yegilari keldi. Yana Olloh taolo o‘zi yaxshiroq biladi!».

Zuhriy rivoyat qiladilar: «Ibn Azharning mavlosi Abu Ubayd Qurbon hayiti kuni Hazrat Umar al-Xattob birlan birga bo‘lganini aytib bunday degandi: «Hazrat Umar xutbadan avval namoz o‘qidilar, so‘ng odamlarga xutba qilib «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sizlarni mana shu ikki hayitda ro‘za tutmoqdan qaytardilar. Ammo, ikki hayitdan biri — sizlar og‘iz ochib ro‘zangizni tugatadirgan kundur, boshqasi ersa — sizlar qurbon qilgan jonlig‘laringiz go‘shtidan tanovul qiladirgan kundur!»— deb aytdilar. Keyin, men Usmon ibn Affon birlan Qurbon hayitida birga bo‘ldim, o‘shal kun jum’a kuni bo‘lib, ul kishi xutbadan avval namoz o‘qidilar so‘ng odamlarga xutba qilib: «Ey odamlar, bugun sizlar uchun ikki bayram bir kelgan kundur! Oliy martaba ahlidan kimki jum’ani kutmoqni istasa, kuqin va kimki (uyiga) qaytmoqni istasa, men unga ruxsat berdim!» — deb aytdilar. So‘ng men Hazrat Ali ibn Abu Tolib birlan (ham) Qurbon hayitida birga bo‘ldim. Ul kishi (ham) xutbadan avval namoz o‘qidilar, keyin odamlarga xutba qilib «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbon qilgan jonlig‘laringiz go‘shtini uch kundan ortiq yemog‘ingizdan qaytardilar!»—deb aytdilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Qurbon qilingan jonlig‘lar go‘shtini uch kun yengizlar!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:56:51

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
IChIMLIKLAR HAQIDA KITOB


Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, mast qiluvchi ichimliklar, qimor, butlar va qur’a o‘qlari — bular hammasi nopok bo‘lib, shayton ishlaridandur, bas ulardan saqlaningizlar, shoyad najot topsangizlar!»

Abdulloh ibn Umar raziyallohu aihu rivoyat qiladilar/«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimki bu dunyoda mast qilguvchi ichimlik ichgan bo‘lsa-yu, keyin ichganiga tavba qilmagan bo‘lsa, oxiratda tavba qilmoqdan mahrum qilingaydur!»— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Isro’ kechasi farishtalar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ikki qadah keltirdilar, birida (mast qilguvchi) ichimlik va birida sut bor erdi. Janob Rasululloh qadahlarga bir nazar tashladilar-da, sut solingan qadahni oldilar. Shunda Jabroil alayhissalom «Sizni tabiatga (borliqqa) hadya qilgan Olloh taologa shukr! Agar ichimlik solingan qadahni olganingizda, ummatingiz gumroh bo‘lur erdi!» — dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan shunday bir hadis eshitganmanki, uni mendan bo‘lak hech kim sizlarga aytib bermagay! Janob Rasululloh bunday degan erdilar: «Qiyomatning asosiy belgilari shulki, jaholat kuchayib, ilm (islom ilmi) susayadir, zino birlan ichkilikbozlik kuchayadir, erkaklar kamayib ayollar kupayadir, hattoki ellikta ayol uchun bir erkak to‘g‘ri keladir»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘min zino qilmaydi, zino qilayotgan vaqtida ersa mo‘min bo‘lib qololmaydi. Mo‘min (mast qilguvchi) ichimlik ichmaydi, ichimlik ichayotgan vaqtida ersa mo‘min bo‘lib qololmaydi. Mo‘min o‘g‘rilik qilmaydi, o‘grilik qilayotgan vaqtida ersa mo‘min bo‘lib qololmaydi!» — dedilar».

Qayd etilgan