Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482473 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 109 110 111 112 113 114 B


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:07:29

28-bob. Qadahlarda (suv, sut va boshqalar) ichmoq xususida

Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning arafa kuni ro‘zador yoki ro‘zador ermasliklari haqida shubhalanishdi. Shunda men ul zotga bir qadah sut yuborib erdim, ichdilar»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:07:47

29-bob. Janob Rasulullohning qadah va idishlaridan ichmoq haqida

Abu Burda rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Salom menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muborak lablari tekkan idishda senga biror ichimlik quyib berayinmi?» — dedi».

Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu bunday deb aytgan erdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir arab ayoli haqida so‘zlashdi. Shunda ul zot Abu Usayd as-So’idiyga o‘shal ayolga odam yubormoqni buyurdilar, u odam yubordi. Keyin, ayol Banu So’ida bog‘iga kelib tushdi. Janob Rasululloh u tomon yo‘lga chiqib yetib bordilar-da huzuriga kirdilar, ayol boshini quyi solib o‘ltirar erdi. Janob Rasululloh ayolga gapirgan erdilar, u «Olloh taolo meni sendan qutqarsin!» — dedi. Janob Rasululloh «Seni o‘zimdan qutqarib bo‘lganman!»—dedilar. Sahobalar unga «Sen bul zotning kim erkanliklarini bilurmisan?»—deyishdi. Ayol: «Yo‘q»,— dedi. Sahobalar: «Bul zot Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdurlar, seni o‘zlariga xotinlikka so‘ragani kelganlar»,— deyishdi. Ayol «Men shundan iztirobdaman!»— dedi. Janob Rasululloh o‘shal zamonoq uydan qaytib chiqdilar-da, Banu So’ida ayvoniga borib o‘ltirdilar, sahobalar ham borib o‘ltirishdi. Keyin, ul zot menga «Ey Sahl, bizning tashnaligimizni qondirgil!»—dedilar. Men bir qadah olib chiqib, ularning barchasiga suv quyib berdim»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:08:00

«Sahl bizga o‘shal qadahni olib chiqib berdi,— deydilar Abu Hozim — biz unda qonib (suv yoki boshqa biror ichimlik) ichdik. Keyin uni Umar ibn Abdulaziz o‘zlariga sovg‘a qilmoqni so‘radilar, Sahl sovg‘a qildi»

Osim al-Ahval rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qadahlarini Anas ibn Molikning uylarida ko‘rdim, u darz ketgan bo‘lib, darzi kumush zanjir birlan bog‘lab qo‘yilgan erdi (Afsus) u sof yog‘ochdan qilingan kattagina bir yaxshi qadah erdi. Anas Men bu qadahda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga falon va falon martadan ortiq suv ichirganman» — deb aytgan erdi».

Ibn Sirin bunday deydilar: «Uning (qadahning) temir halqasi bo‘lib, Anas uning o‘rniga oltin yoki kumush halqa o‘rnatmoqchi bo‘ldilar. Shunda Abu Talha ul kishiga «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘rnatib qo‘ygan narsalarini o‘zgartirmagil!» — deb erdilar, temir halqani o‘z joyida qoldirdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:08:39

30- bob Tabarruk qilib berilgan suvni ichmoq va tabarruk suv haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu Solim ibn Abu al-Ja’dga bunday deb aytgan erkanlar: «Sen o‘shanda meni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ko‘rgan erding. Asr vaqti bo‘lib qolib, mesh tagida qolgan suvdan bo‘lak suvimiz yo‘q erdi. Shunda biz meshning og‘zini pastga qilib to‘nkargan erdik. Janob Rasululloh kelib qo‘llarini meshning og‘ziga tiqdilar-da panjalarini yozdilar. So‘ng «Ey tahorat olguvchilar Olloh taolodan baraka tilangan suvga oshiqingizlar!»—deb nido qildilar. Shunda men meshdagi suvning ul zotning barmoqlari orasidan otilib chiqayotganini ko‘rdim. Odamlar o‘sha suvdan tahorat olishdi, ichishdi. Qani endi qornimdagi suvning menga naqadar huzur baxsh etganligini bilsangiz erdi! Men uning ichishim birlanoq haqiqatan ham tabarruk erkanligini sezdim!» Men Jobirga «Ushanda qancha kishi erdingizlar?» — dedim. Jobir «Bir ming to‘rt yuz kishi» — dedi».

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:45:59

MUNDARIJA

Kitob ul-Mag‘oziy (Raxmatulloh qori Qosim o‘gli tarjimasi)
Qur’on tafsiri kitobi (Raxmatulloh qori Qosim o‘gli tarjimasi)
Qur’on fazilatlari kitobi (Raxmatulloh qori Qosim o‘gli tarjimasi)
Nikoh kitobi (Xoja Baxtiyor Nabixoi o‘gli tarjimasi)
Taloq kitobi (Xoja Baxtier Nabixon o‘gli tarjimasi)
Nafaqalar kitobi (Xoja Baxtier Nabixon o‘gli tarjimasi)
Taomlar kitobi (Xoja Baxtiyor Nabixon o‘gli tarjimasi)
Aqiqa kitobi (Xoja Baxtiyor Nabixon o‘gli tarjimasi)
Qurbonlik, ov va tasmiya aytmoq haqida kitob (Xoja Baxtiyor Nabixon o'g'li tarjimasi)
Qurbon qilinadirgan jonlig‘lar haqida kitob (Xoja Baxtiyor Nabixon o‘g'li tarjimasi)
Ichimliklar haqida kitob (Xoja Baxtiyor Nabixon o‘gli tarjimasi)

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Iyun 2009, 01:09:40

Al-Jome' as-sahih. 3-jild



Muallif: Imom al-Buxoriy
Hajmi: 1,15 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan