Yolg'on gapiradigan odamni qanday tarbiyalash mumkin?  ( 8395 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Bechora_Bandang_  27 Mart 2013, 08:49:57

Men uzr so'rayman  birodarim. Sizni jahlizi chiqarish niyatim yo'q edi. Men haligi bir rivoyat bor ediyu o'sha rivoyatga tayanib yozgandim. To'gri aytdiz men o'zimni yolg'onchimasman desam yolg'onchi bo'lib qolgan bo'laman. Rivoyat:
Bir donishmand oldiga kichik yoshdagi kasal bolani olib kelishibdi. Donishmand uni ko'rib tashhis qo'yib olti oydan keyin olib kelinglar debdi. Bolani olti oydan keyin olib kelishibdi. Donishmand bolaga "asal yema" debdi. Bolani ota onasi shuni olti oy oldin aytsez nima qilardi debdi. Donishmand: olti oy oldin men o'zim ham asal yerdim, aytgan gapimni tasir qilsihi uchun oldin men o'zim o'sha narsani to'xtatishim kerak edi degan ekan.


P.s mazmunan shunday edi. ancha bo'lgandi eshitganimga

Qayd etilgan


Lu`lu`  27 Mart 2013, 09:39:55

Аха, Донишмандни сураганлари елгончини кандок тарбислаш мумкинлиги хакида сди. Маслахат суралди, маслахат килинди, хатто насихатга хам  утлаб кетибсизлар. :)
Биродарни насихатидан хафа булинмайди.
Шогирдга асли ишонилгани учун хам устоз шогирдини узига скин олади, худди скин дустидек ишонади. Шунгасм А осулуллох сав скин биродарга елгон сузлашни хиенат килиш бн тенглаштирганлар.
Бухорий сахихларидасм "Кимда ким, хатто еш болага хам "Кел, мана буни бераман", деб бермаса, елгончи деб езиб куйилади" дейилган. Имом Бухорийни узлари хам товугини елгондакам дон бериб чакирган сахобадан хадис олмай, кайтиб кетганлар.

Бечора _ банданг хикмат кидирганларигасм юкоридаги ривостни езибдилар.
Одамни одамдан фарки шунака буларкан; биров сшитганига тугридан тугри амал килса, бошкаси хикмат кидираркан. Иккаласисм схшиликка :)

Qayd etilgan


Donishmand  27 Mart 2013, 12:14:57

Hammaga fikrlari uchun rahmat. Bu mavzuni boshqalarning ham fikrini bilish uchun ochgandim. To'g'rirog'i ozgina jahlim ham chiqib turgandi o'shanda, bir yolg'onchi tufayli.
Yolg'onchilar ustidan hukm chiqarib bo'lganmiz, agar u shogirdim bo'lsa tarbiyalashga urinmayman. Shundoq o'zimdan chetlatib qo'ya qolaman. Chunki men unga dunyoviy bilim o'rgata olaman, ma'naviyati esa mengacha shakllanib bo'lgan. Ya'niki, shogirdlarim bog'cha, maktab bolalari emas, hatto studentlikdan ham o'tib kelishgan.
Bizga qolgani ularning ichidan saralarini ajratib olib, har taraflama yordam berib, jamiyatga kerakli odam bo'lishiga ko'maklashish.
Yolg'onchilarga esa... "Al kazzobu lo ummati!" - shu so'zning o'zi kifoya.
Biz ularga "asal yemang," - demaymiz, "yolg'on gapirarkansiz, o'zingizga boshqa joy qidiring," - deymiz holos. Faqat bungacha qilgan mehnatlarimizga achinib qolamiz...

Qayd etilgan