Manda shunaqa holat bo'lgan. Yolg'onni juda yomon ko'rishimni (tabiantan shunaqaman) ilk boshidan bildirganman, juda qattiq turganman. Ta'siri juda katta bo'lgan. Tarbiyalanuvchi kimligiga qarab tarbiya ham o'zgaradi tabiiyki. Agar so'zingiz o'tadigan kishi bo'lsa yuqorida aytgan usul yaxshi natija berishi kerak. Shogirdingiz, achchiq bo'lsa ham to'g'risini aytganda jahl qilmaslik, har-har zamon taqdirlab turish ham kerak. Dinga moyilligi bo'lsa yolg'on haqida, oyat, hadis va hikoyalar ko'p, o'shalardan foydalanish kerak. Ayniqsa yoshlar uchun muhitning ta'siri katta, shunga ham e'tibor berish kerak. Duo ham qilib turing albatta. Alloh yordamchingiz bo'lsin.