Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi  ( 48929 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:22:17

9.   Biror xizmat buyurishsa yoki maslahat berishsa "œuf" demang.

Iso ibn Talxa bin Ubaydulloh Amr bin Mirzo Juhaniydan naql qiladilar: Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: "œYo Rasulalloh,  besh vaqt namoz o‘qisam, ramazon oyida ro‘za tutsam, zakotimni ado etsam va haj ham qilsam, menga nima bo‘ladi? — deb so‘radi. Rasululloh unga: "œKim ana shu aytganlaringni qilsa, payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘ladi, ammo ota-onasini ranjitgan bo‘lsa, u amallarning foydasi yo‘qdir",— dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:22:44

DIL BILAN XIZMATDA BO‘LISH

1.   Dil-dildan ota-onangizga rahm-shafqat ko‘rsating.

Uch xil sifat borki, kimda-kim ularga ega bo‘lsa, Alloh taolo qiyomat kuni uni himoya qilib, o‘z jannatiga kirgizur: 1. Zaiflar bilan xushmomala bo‘lmoq. 2. Ota-onaga shafqatli bo‘lish. 3. Qo‘l ostidagilarga himmatli bo‘lmoq.. (Imom Termiziy rivoyatlari).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:23:32

2.   Ota-onani chin dildan do‘st tuting.

Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilindi: "œOtaga muhabbatingni saqla, agar sen otaga bo‘lgan muhabbatingni yo‘qotsang, Alloh seni har turli fayzlardan mahrum qilur".

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:24:24

3.   Ularning shodlik paytlarida xursand bo‘ling.

Musoviy ibn Hayyida aytdilarki:  "œMen Rasulullohdan "œYo Rasulalloh, yaxshiligimni kimga qilsam bo‘ladi?" deb so‘radim. "œOnangga" dedilar. Yana shu savolni ikki marta qaytarsam ham Rasululloh "œOnangga" dedilar.  To‘rtinchi marta so‘raganimda "œOtangga va yaqin qarindoshlarga",  deb javob berdilar". (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:24:36

4.   Ota-onaning g‘amgin holatida hamdard bo‘ling.

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: Rasululloh: "œBolaning otasi birovning quli bo‘lsayu, uni xo‘jasidan sotib olib ozod qilmagunicha uning haqini ado qilgan bo‘lmaydi",— dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:24:56

5.   Ular tomonidan biror kamchilik o‘tsa ranjimang.

Abu Hurayra aytadilar:t "œRasululloh: "œXor bo‘lsin, xor bo‘lsin, xor bo‘lsin", — deb o‘n marta takror qildilar. Shunda sahobalar: "œYo Rasulalloh, kimni aytyapsiz? deb so‘rashdi. Rasululloh: "œOta-onasining ikkalasi, yohud bittalari keksayib qolgan vaqtda ularni rozi qilmay o‘zini do‘zaxga tushishiga mubtalo qilgan kishini" dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:25:06

6.   Qilayotgan ishingiz yoki aytayotgan so‘zingiz haq bo‘lsa ham ularga ozor yetkazishdan tiyiling.

Abud Dardoning aytishicha, bir kishi uning huzuriga kelib, "œmening xotinim bor, onam uni taloq qilishimni talab etyapti", dedi. Abud Dardo javob berdi: "œRasululloh alayhissalomdan eshitganman, u zot shunday deganlar: "œOna jannatning o‘rtasidagi eshiklardan biridir, agar xohlasang, o‘sha eshikni qo‘ldan ber yoki uni saqla". (Imom Termiziy rivoyatidan).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:25:18

7.   Ularga ozor bermaslikni doimo niyat qilib yuring.

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilindi. U kishi: "œAlloh taoloning rozi bo‘lishi ota-onaning rozi bo‘lishiga va Allohning g‘azabi ham ota-onaning g‘azabiga bog‘liqdir", dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:25:29

8.   Ulardan jafo ko‘rsangiz ham umrlari uzun bo‘lishini tilang.

Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilindi: Qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga jannatdan ikki eshik ochadi. Agar ulardan bittalarini ziyorat qilsa unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha, Alloh taolo undan rozi bo‘lmaydi, dedilar. Shunda bir kishi: "œAgar ota-ona bolaga zulm qilsa, bola nima qilishi kerak?" deb so‘radi. Abdulloh: "œAgar ular bolaga zulm qilsalar ham bola ularni ranjitmasligi kerak", deydilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:26:04

MOL BILAN XIZMATDA BO‘LISH

 1. O‘zingiz libos kiysangiz ota-onangizga ham olib bering.


Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning qizlari Asmo (r.a.) aytdilar: "œRasulullohning hayot vaqtlarida onam biror narsa umidida huzurimga keldi. Shunda Rasulullohdan: «Onam kelib qoldi. Unga silai rahm qilib biror narsa bersam bo‘ladimi?" deb so‘radim. Rasululloh: "œHa, silai rahm qilsang bo‘ladi", dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan