Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi  ( 33534 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:26:28

2. O‘zingiz yegan narsalardan ularni ham bahramand eting.

Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga bir sahoba kelib so‘rabdilar: "œEy Rasululloh, mening kasalmand onam bor, uni o‘zim ovqatlantiraman, suv ichiraman, tahorat qildirib qo‘yaman, orqamda opichlab yuraman — endi haqqini to‘la ado etibmanmi?". "œYo‘q, — dedilar Rasululloh, — yuzdan birini ado etibsan, xolos. Ammo yaxshi ish qilibsan. Alloh o‘zi shu oz ishingga ko‘p savoblar beradi".

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:26:41

3. Ular bilan ovqatlanganda lazzatli joyini taklif eting.

Abdulloh ibn Umar Taysala ibn Iyosga dedilar: "œEy Taysala, katta gunohlardan o‘zingni saqlagandan keyin onangga qattiq  gapirmasang, uning ob-ovqatini berib tursang, albatta Jannatga kirasan!".

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:27:40

4. Ular o‘zlariga to‘q bo‘lsalar ham sizga izhor qilolmaydigan hojatlari uchun molingizdan berib turing.

Janob Rasulullohdan rivoyat borki: "œO‘zing ham, moling ham otangnikidir".

5. Biror orzu-niyatlari bo‘lsa uni barpo qilishga tirishing.

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:27:54

6. Ota-onaning dillari xohlagan narsaga ularni tez-tez taklif qilib turing.

Ahmad va Abu A’lodan rivoyat qilindi: Rasululloh shunday deganlar: "œShuni bilib qo‘yki, Allohning rizoligi yo‘lida har bir qilgan nafaqang uchun, hatto xotining og‘ziga solib qo‘ygan luqma uchun ham ajr olursan". (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:28:18

7. Ularning do‘stlarini do‘st tutib yo‘qlang va bu bilan yuzlarini yorug‘ qiling.

Ibn Umar shunday rivoyat qildi: "œHazrat Rasululloh sollallohu alayhi vassallamdan eshitdimki, ezgulikning eng yaxshisi o‘z otasining sevgan odamlariga yaxshilik qilishdur, deydilar". (Imom Termiziy rivoyatlari).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:29:03

8.   Ular bemorligida sog‘ligi uchun sadaqa qiling va Alloh taolodan shifo tilang.

Abdulloh ibn Abbos dedilar: "œYo Rasulalloh, onam hech narsani vasiyat qilmay vafot etib ketdilar. Endi onamga sadaqa qilsam unga yetadimi?". Rasululloh: "œHa, uning uchun sadaqa qilsang savobi albatta yetib boradi" deb javob qildilar". (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:29:26

9.   Alloh sizga ato etgan mol-dunyo ixtiyorini ularga ham berib qo‘ying.

Jumhur ulamolar "œIsro" surasidagi "œHokisor bo‘lib ota-onangni mehribonlik qanoting ostiga olgin" degan oyati karimani "œota-onang yaxshi ko‘rgan biron narsadan ularni qaytarma", — deb tafsir qilganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:29:46

10. Ota-onaning dunyoviy ehtiyojlarini muhayyo etishga tirishing.

Abu Burda ibn Abu Muan al-Ash’ariyning aytishlaricha Abdulloh ibn Umar yamanlik bir odam o‘z onasini opichlab, xonai Ka’bani tavof qildirib yurganini ko‘rdilar. U odam quyidagi baytni ohang bilan o‘qirdi:

Onai zorim uchun bo‘ynimni eggan tevaman,
Tevaga mingan onam horsalar ham men charchamam.


U shuni o‘qiy turib Abdullohga qaradi-da: "œEy Abdulloh ibn Umar, mana shu xizmatim bilan onamning haqqini ado qiloldimmi", deb so‘radi. "œYo‘q, bu xizmating seni tug‘ish paytida onangni qiynab tutgan to‘lg‘oqlarining bittasiga ham barobar emas", — dedi. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:30:27

OTA-ONA VAFOTIDAN SO‘NG...

1.   Ularning vasiyatlarini shariatga muvofiq holda bajo keltiring.
2.   Ota-ona do‘stlarini do‘st tutib yuring.
3.   Qarindosh-urug‘lari bilan aloqani uzmay bordi-keldi qilib turing.


  Abu Usayd roziyallohu anhu hikoya qiladilar:
"œBiz Rasululloh huzurlarida edik, shu vaqtda bir kishi: "œYo Rasulalloh, ota-onamning hayot vaqtlarida qilgan yaxshiligimdan tashqari ularning vafotidan keyin yana nima qilsam, shu yaxshiligim davom etadi?" — deb so‘radi.

Rasululloh: "œTo‘rtta narsani qilib yursang, ularga yaxshiliging davom etavergan bo‘ladi. Ularning birlamchisi ota-onang haqqiga duo qilasan va gunohlarini kechirmakni Alloh taolodan so‘raysan, ikkilamchisi — ularning nasihat va shar’iy vasiyatlarini amalga oshirasan, uchlamchidan — ularning do‘stlarini hurmatlaysan va to‘rtlamchidan — qavm-qarindoshlar bilan ular tufayli qaror topgan qarindoshlik aloqalarini uzmaysan", — dedilar. (Imom Buxoriy va Abu Dovud rivoyatlari).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:30:38

* * *

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilindi: "œQaysi bir safarda bir a’robiy (sahroyi) Abdulloh ibn Umar yonlariga kelib: "œSen falonchining o‘g‘li emasmisan?" deb so‘radi. Shu a’robiyning otasi hazrat Umar ibn Xattob bilan do‘st bo‘lgan ekan. Abdulloh a’robiyga: "œHa, otangning do‘sti Umarning o‘g‘liman", dedilar va o‘zlarining tuyalari ortida olib yurgan eshakni hamda boshlaridagi sallani yechib, a’robiyga berdilar.

Shunda yonlaridagi kishilardan biri taajjublanib dedi: "œBu bir  a’robiy bo‘lsa, unga ikki dirham bersangiz kifoya qilardi, siz esa eshakni ham sallani, ham berib yubordingiz". Abdulloh: "œRasululloh otang do‘st tutgan kishilarning do‘stligini saqla, ular bilan aloqani uzma, uzsang Alloh taolo sening nuringni o‘chirib qo‘yadi, degan edilar", — deb javob qildilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan