Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi  ( 48922 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:10:12

OTA - ONA
 RIZOSI

(Ota-ona va farzand munosabatlari
 haqidagi hadislar)

Musanniflar:
Abdulhay Abdulhafiz Tursun
Ahmad Muhammad Tursun

MUNDARIJA:

Farzandlik burchi
Eng zarur vazifangiz
Tan bilan xizmatda bo'lish
Til bilan xizmatda bo'lish
Dil bilan xizmatda bo'lish
Mol bilan xizmatda bo'lish
Ota-ona vafotidan so'ng...
Qabriston ziyorati odobi


Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:10:33

FARZANDLIK BURCHI

Bismillahir rohmanir rohim!

Oila — ota-ona, er-xotin va farzandlar to’g’risidagi munosabatlar asosida quriladi. Ayniqsa ota-ona va farzandlar o’rtasidagi aloqalar juda muhim bo’lib, o’g’il-qizlarning o’z ota-onalari zimmasida muayyan haqlari bo’lgani kabi ota-onaning ham farzandlari zimmasida bir muncha haqlari borki, ushbu kitobimiz shu mavzuga bag’ishlangandir.

Bizning tug’ilib, es-hushimizni tanishimizda, voyaga yetib, bilim va kasb egallashimizda, insoniy fazilatlar va yaxshi xulq sohibi bo’lib yetishishimizda, xullasi jamiyatga munosib komil insonlar qatoridan joy olishimizda ota-onaning buyuk hissasi borligini hech kim inkor qilolmasa kerak. Qur’oni karimda Alloh taolo shunday buyuradi: "œParvardigoringiz, yolg’iz Uning o’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab "œuf" tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma!Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut — hokisor bo’l va: "œParvardigorim, meni (ular) go’daklik chog’imdan tarbiyalab o’stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin", deb (haqlariga duo qil!)". ("œIsro" surasi, 23—24 oyatlar).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:11:51

Darhaqiqat, otamiz bizning dunyoga kelishimizga sababchi bo’ladi, voyaga yetishimizda o’zining sa’yi-harakatlari, ibrati, ro’zg’or yuritishi bilan faol ishtirok etadi. Bizning kamolga erishuvimizdagi onaning beqiyos xizmatlarini ta’riflashga esa til ojiz, qalam noqis, so’z tanqis. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam "œJannat onalarning oyoqlari ostidadir" deganlar va ummatlaridan bu dunyoda jannat izlaganlarni onani rozi qilishga, uning duosini olishga targ’ib qilganlar. Bir a’robiy Payg’ambar alayhissalomdan: "œMenda otamning haqqi ko’pmi yoki onamning?" deb so’raganida u zot uch martagacha "œOnangning haqqi" deb javob qaytarganlar va to’rtinchi marta so’ralganda "œotangning" deganlar. Bir yigit sahobalardan: "œOnamni yelkamga ko’tarib Makkaga olib borib, yetti marta Ka’bani tavof qildirdim, endi uning haqqini ado qiloldimmi?" deb so’raganida ular: "œYo’q, bu xizmating bilan u seni emizish uchun bir marta uyqusini buzganini ham rozi qilolmading" deyishgan ekan.

Ushbu risolamiz farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari va qarzdorligi to’g’risida. Shoyadki, ota-onalarini hurmat qilishni o’rgatishda, ularning xizmatiga shay turib, duosini olishda va oxiratni obod qilishda ko’mak bersa! Alloh taolo barchalarimizni farzandlik burchini to’la ado etishimizni, ota-onalarini rozi qilib, Alloh taolo rizoligiga erishuvimizni nasib etsin, omin!

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:12:06

ENG ZARUR VAZIFANGIZ

Allomalar farzandlarning o‘z ota-onalari uchun butun borliqlari — ham tani, ham tili, ham dili, ham moli bilan xizmatda bo‘lishlari, ularni rozi qilib duolarini olishlari kerakligini uqtirishgan. Imom Nasafiydan rivoyat etilishicha, farzand ota-onasi oldida 60 sohada burchli va qarzdor ekan. Quyida shularni muxtasar holda alohida-alohida ko‘rib chiqamiz hamda Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdan shu to‘g‘rida vorid bo‘lgan hadisi shariflarni keltirib o‘tamiz.

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:12:37

TAN BILAN XIZMATDA BO‘LISH

1.   Tanu vujudingiz bilan ota-ona xizmatida hoziru-nozir turing.

Ibn Mas’ud shunday rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yo Rasulalloh, amallarning qaysisi yaxshi?” dedim. Rasululloh: “o‘z vaqtida o‘qilgan namoz”, dedilar. “Yana qaysi amal, yo Rasulalloh?” dedim. Rasululloh: “Ota-onaga yaxshilik qilish” dedilar. “Yana qaysi amal?” deb so‘radim. Rasululloh: “Alloh yo‘lida g‘azot qilmoq” dedilar”. (Imo Termiziy rivoyatlari)

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:14:40

2. Gunoh bo‘lmaydigan ishga buyurishsa, buyruqlarini shu zahoti, so‘zsiz bajo keltiring.

Rasuli akram (s.a.v.)dan rivoyat qilindi:Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "œUch toifa kishining duosi mustajob bo‘lur: 1. Mazlumning duosi. 2. Musofirning duosi. 3. Otaning farzandiga qilgan duosi". (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:15:04

3. Hatto hajga yoki ilm izlab ketayotgan bo‘lsangiz ham ularning roziligisiz safarga chiqmang.

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os roziyallohu anhu aytadilar: bir kishi Rasululloh huzurlariga hijrat qilmoq uchun bay’at etmoqqa keldi. Ammo ota-onasi uning ketishiga rozi bo‘lmay, xafalikdan yig‘lab qolgan edilar. Shunda Rasululloh: "œSen hozir ota-onang oldiga bor! Hijrat qilaman deb, ularni xafa qilganingdek, endi hijrat qilmaydigan bo‘ldim, deb, ularni xursand qil",— dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari). 

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:15:17

4. Biror ishni bajarishdan qaytarishsa (agar bu qaytish gunoh bo‘lmasa) darrov qayting.

Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: "œRasululloh menga quyidagi to‘qqiz amalni buyurdilar", shulardan biri: "œota-onangga itoat qil, agar ular dunyodan voz kech desalar ham hurmatlari uchun buyruqlarini ijro qil!".

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:15:50

5. Ularni ko‘rganda o‘rningizdan turing va o‘ltirganlaridan keyingina o‘ltiring.

6. Ota-ona bilan ko‘chada ketayotganda oldinga o‘tib ketmay bir qadam orqada yuring. (Faqat loy, muzgarchilikda yoki qo‘riqlash ma’nosida oldinda yoki yonda yurishga ijozat beriladi).

7. Ularning nomlarini aytib chaqirmang, hazil-mazax qilmang.


Abu Hurayra roziyallohu anhu ikki kishini ko‘rib, biridan: "œBu kishi kiming bo‘ladi?" deb so‘radilar. Boyagi odam: "œOtam" deb javob qildi. Abu Hurayra: "œUnday bo‘lsa otangning ismini aytib chaqirma, yurishda undan ilgari yurma va undan yuqori joyda o‘tirma" dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:17:29

8. Ular huzurida qovoq solmang, ho‘mrayib qaramang.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu oldilariga bir kishi kelib: "œMen bir xotinga sovchi yubordim. U meni qabul qilmay, boshqa bir kishiga tegib ketdi.Bu ishidan jahlim chiqib, u xotinni o‘ldirgan edim... Endi nima qilsam Alloh taolo tavbamni qabul qiladi?" — deb so‘radi. Shunda Abdulloh: "œOnang barhayotmi?" — dedilar. U: "œYo‘q, vafot etganlar" degan edi, Abdulloh: "œUnday bo‘lsa Alloh taologa tavba qilishga harakat qil",— dedilar. Shu hadisni rivoyat qilgan Ato ibn Yasor aytdilar: "œMen Abdulloh ibn Abbosga borib, siz nima uchun u kishidan onang tirikmi, deb so‘radingiz, deganimda, u kishi Alloh taologa onani rozi qilishdek maqbulroq hech bir amal borligini bilmayman. Shuning uchun undan onang tirikmi, deb so‘ragan edim",— dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan