Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi  ( 36362 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:18:24

9. Chaqirishsa, "œlabbay" deb huzurlariga tez yetib boring.

Ma’oz Juhaniy roziyallohu anhu aytdilar: "œjanob Pay-g‘ambar alayhissalom: "œKimki ota-onasini rozi qilsa unga tubo(jannat daraxti) nasib bo‘lib, Alloh taolo uning umrini ziyoda qiladi", dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:18:42

10. Ular xizmatida bo‘lganda ish buyurishsa erinchoqlik bilan malol ko‘rmang.

Qur’oni karimdagi Alloh taoloning "œrahmdillik yuzasidan ota-onangga kamtarlik qanotingni qoqib tur", mazmunidagi so‘zini Hishomning otasi Urvat ibn az-Zubayr roziyallohu anhu: "œOta-onang nimani istasa, o‘shani ijro qilishdan imtino qilma", deb tafsir qilgan edilar.

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:19:26

TIL BILAN XIZMATDA BO‘LISH

1. Ota-onangiz bilan so‘zlashganda yumshoqlik va odob bilan gaplashing.

Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam shunday buyurganlar: "œOdamlar bilan xushmuomala bo‘linglar, ularga qattiqqo‘llik qilib behayo so‘zlamanglar". (Payg‘ambar alayhissalom o‘gitlariga ko‘ra hatto begona odamlarga qattiq va behayo gapirib, dillarini og‘ritish mumkin bo‘lmaganidek, ota-onaga yuz chandon muloyimroq so‘z qilmoq zarur ekan).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:19:36

2.   So‘zlashgan paytda ovozni baland ko‘tarmang.

Rasulullohdan shunday rivoyat qilindi: "œAlloh taolo gunohlardan istaganini qiyomatga qoldirdi, lekin ota-onani ranjitishning azobini kechiktirmaydi. Oqpadarga oqpadarlik azobi tezlashtiriladi".

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:20:20

3.   Ota-ona huzurida zaruratdan ortiqcha gaplarni gapirmang.

Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "œQiyomat kuni kimga do‘zax o‘ti harom bo‘lishini aytaymi? U yuvvosh, muloyim, yaxshi muomalali, bir gapga oson kelishadigan kishilardir. Sizlarning yaxshilaringiz xushxulqli, shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlaringiz esa , og‘zini to‘ldirib, ezmalik ila ko‘p gapiruvchilaringizdir".

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:20:31

4.   Gaplashayotganda so‘zlarini bo‘lib tashlab yoki so‘z qistirib ketmang.

Farqad us-Sanjiy aytdilar: "œBa’zi kitoblarda o‘qidimki, bolaning ota-ona huzurida iznsiz gapirmoqligi maqbul emasdir".

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:21:11

5.   Ularning so‘zlarini aslo rad qilmang.

Taboroniydan rivoyat qilingan hadisda: "œOtaga itoat qilish — Allohga itoat qilishdir. Unga gunohkor bo‘lish Allohga gunohkor bo‘lish bilan barobardir", deyilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:21:22

6.   Ular bilan buyruq yoki ta’na ohangida gaplashmang.

Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar: "œAlloh taolo sharmsiz, behayo so‘z qilganlarni o‘ziga do‘st tutmas".

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:21:34

7.   Ota-onaga qahr ohangida gapirib, norozi qilmang.

Abdulloh ibn Umar aytdilar: "œOta-onaning yig‘lashi boladan norozi bo‘lganlariga dalolatdir, bu esa katta gunohdir". (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 08:22:03

8.   Tanbeh bilan gapirib, dillarini og‘ritmang.

Abdulloh rivoyat qiladilar: Janobi Rasululloh: "œMusulmon odamning so‘kmog‘i — buzuqlik va urushmog‘i — kofirlikdir" — dedilar.

Qayd etilgan