Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Eri huzurida bo‘lgan ayolning erining iznisiz ro‘za tutmog‘i halol emas hamda ayol erining uyiga uning ruxsatisiz biror kishining kirmog‘iga izn bermasin va erining buyrug‘isiz biror narsani sarf ilmasin, chunki o‘sha sarf qilingan narsaning yarmi erinikidir», dedilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Ibn Shihob rivoyat qiladilar. Alloh taoloning «Ularga uylanishga rag‘bat qilasizlar», degan qavlidan murod shuki, Alloh taolo yetim qizlarga ularning moli va jamoli uchun uylanishni man qiladi, ya’ni yetim qizlar agar go‘zal bo‘lsalar, ularga shar’iy mahr bermasdan uylanishdan, agar xunuk bo‘lsalar, ularning moli qo‘ldan ketmasin, deb o‘zlari uylanmay, birovga ham erga bermay zulm qilishdan qaytaradi.
(Imom Buxoriy rivoyatlari)