Bolalik sog'inchlari  ( 17321 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Mo'min Mirzo  08 Fevral 2013, 15:33:44

Assalomu alaykum.
Bolaligini sog'inmaydigan, qilgan sho'xliklarini eslamaydigan, o'ynagan o'yinlarini unutmaydigan odam bo'lmasa kerak.
Bolaligimizda qilgan sho'xliklarimizni eslasak bir attang deymiz, bir kulgumiz keladi.
Qo'shnimizning daraxtidan yong'oq o'g'irlab, qishloqdagi daladan handalak o'g'irlab, rogatkada qush uraman deb qo'shnimizning oynasini sindirib qoyib qochib qolganlarim, qulog'idan cho'zgani uchun so'fi tog'aning tahorat suviga qalampir solib qo'ygan oshnamning hangomasiga maza qilib kulganim, kechasi onamning so'kishlariga quloq solib uyquga ketgandan so'ng sekingina yana Dendyni televizorga ulab ertalabgacha Super Marioni o'ynab chiqqan bolaligimni juda sog'inib ketaman.
Facebookda bir sahifa bor, 80-90 yillarni esga soladi.

Bog'chada ekskursiyaga chiqayotib shunday yurganmisiz siz ham?


Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  08 Fevral 2013, 19:22:27

Bolaligimiz va hozirgi bolalar.



Biz mingan kabriolet va jiyanlarim minadigan elektr mashina : )






Biz nima ko'rgandigu bolalarimiz nimani ko'ryapti?



Bolalarimizni ekranga mixlab qo'yayotgan multik Masha va Ayiq:


96-98yillarda otamiz shu telefonni ishlatardi. Akkumlyatorining o'zi naq bir telefonday keladi.




Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  08 Fevral 2013, 20:51:26

"Afsonaviy" saqich Turbo. Ta'mi va xidi haliyam og'zimda.



Turbo saqichining ichida avtomashinalar rasmlari chiqardi, shularni to'plash urf bo'lgan. Akam bilan talashib urishaverganimizga onamiz toqat qilolmay 500ga yaqin qog'ozlarni yoqib yuborgan... :-)



Maktabda shu Donald Duck nomli saqichning rasmini tatiurovkaday yopishtirib yurardik. Qog'ozini shundoq qo'lga maxkam ushlab tursa rasmi qo'lga yopishib chiqardi. Saqichi mazali emasdi, shunga ko'pam xushlamasdim.



TipiTip


O'g'il bolalar Turbo qog'ozlarini to'plasa qizlar Love is...dan kollektsiya qilishgan : )
 

Qayd etilgan


Хадича  08 Fevral 2013, 21:09:16

 p.s. Samimiylik,Beg'uborlik bilan kayfiyatni ko'tarinki qiluvchi go'zal mavzu muborak...! Bu mavzuda faqat bolalik hotiralarni yodga soluvchi suratlar joylanadimi? :)





Shu multfilmni ko'pchilik ko'rganmiz. Xasadgo'yni jazosi, yomonlikni oqibati haqida soddalik bilan ko'rsatib berguvchi multfilm edi.
Mashxur so'zi :   Kelinglar, ahil-inoq bo'lib yashaylik...    : )

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  08 Fevral 2013, 21:25:54

p.s. Samimiylik,Beg'uborlik bilan kayfiyatni ko'tarinki qiluvchi go'zal mavzu muborak...! Bu mavzuda faqat bolalik hotiralarni yodga soluvchi suratlar joylanadimi? :)





Shu multfilmni ko'pchilik ko'rganmiz. Xasadgo'yni jazosi, yomonlikni oqibati haqida soddalik bilan ko'rsatib berguvchi multfilm edi.
Mashxur so'zi :   Kelinglar, ahil-inoq bo'lib yashaylik...    : )
Rasmlar bilan bo'lsa yanada yaxshi, bolalikni eslatadi.
Shu multikni ham ko'p ko'rardik, ikki xasadgo'y sichqon bilan og'ir-bosiq tabiatli mushuk. Har qismining so'ngida sichqonlar tavba qilib "Prosti Lyapold" deyishsa, Mushuk bo'yinbog'ini to'g'rilab "Rebyata davayte jit budem drujna" dermidi :-)

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  08 Fevral 2013, 21:42:19

93-95 yilda akam bilan kechalari uhlamay Dendy o'ynab chiqardik.


Biz o'ynagan o'yinlar Super Mario



Bunisini 92-95 yillarda kompyuterda o'ynardik.


96-98 yillarda o'ynagan Sega

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  08 Fevral 2013, 21:53:16


мана шунаÒ›а мултик хам бсларди, мавзуни ксриб хаÒ›иÒ›атан болалик ссимга тушди.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  08 Fevral 2013, 21:56:52



Uff chaynavordi deb nolib qo'yardik tez-tez :-)


Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  08 Fevral 2013, 22:12:02

80-90 yillarda o'ynagan Nu, Pogodi o'yini. Hoziram shuni Android smartfonimda o'ynab turaman, lekin juda kam. Nomiga ustanovka qilib olganman desam ham bo'ladi : ) Har qalay bolalik xotira.


95-98 yilgi haqiqiy tetris.



Kolechka ham yaxshi o'yin edi, hoziram topsa bo'ladi.


Qayd etilgan


Sayyid90  08 Fevral 2013, 22:12:17

Bolalikda deyarli har kuni baliq oviga borardik.Baliq tutilsayu tutilmasa baribir edi.Yozdagi soatlab cho'mishlar,oshna,mahalladoshlar bilan futbol va boshqa o'yinlar.

Qayd etilgan