Bolalik sog'inchlari  ( 17344 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Хадича  08 Fevral 2013, 22:22:59



   

  Yuqoridagi bir postda saqichni rasmlarini kolleksiya qilishganini ko'rib,o'zim ham bir paytlar usha saqichdan kolleksiya qilganimni eslab,hozir qidirib topib,to'plab rasmga oldim  : )
O'zi yoshligimdan saqichni yoqtirmasdim,hali ham yoqtirmiyman. Faqat rang barang suratlari uchun yig'ardik. Lekin yig'ganlarimdan shular qolibdi,holos :)

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  08 Fevral 2013, 22:32:19

Rossiyaning qaysidir kanalida "Oddiy Mariya" degan serialni ko'rganlar bu Ankl Bens reklamasini aniq eslaydi : )



Salqin ichimliklar... hech kim bu nima deya olmaydi, hammamizning uyimizga kirib kelgan :-)


Sut, qanday ajoyib upakovka, odam sog'inib ketadi. Maktabda oziq-ovqat magaziniga chiqib, bitta bulochka bilan shu sutdan olib tik turgancha tushlik qilardik :-)


Bunisini to'y va boshqa tadbiru bayramlardagina ichardik.


Har kuni uyda Gazli suv


Qayd etilgan


Хадича  08 Fevral 2013, 22:41:48




   


Maktab payti o'zimga yaqin bo'lgan 2-3 ta dugonalarim bilan rosa xat yozishardik. Bu fikr mandan chiqqandi. Chunki xat yozishni juda yoqtirardim. Hatto bir partada o'tirsak ham,yonimdagi qizga xat yozib " Faqat uyingga borganda ochib o'qi. Boshqa hech kim o'qimasin " derdim :) juda boshqacha edi. Turli rasmlar chiqib, bo'yab, she'rlar yozib bezatardik. Yana qayerdandir Konvert qidirib topganmiz  : ) konvertga solib,yopishtirib, konvertni yuborilayotgan va yuboriladigan adresga "O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, falonchi ko'cha,falonchi uy"deb yozardik :)
Xat olgan kunim rossa xursand bo'lardim. Baribir qo'lda yozilgan xat o'zgacha. Unga e'tibor,mehnat ketadi.
Arazlashib qolsak ham xat yozib uzr so'rardik. Ayniqsa kechirim xati rossa uzun bo'lardi, 1 soatda o'qib tugatadigan :)

Bu suratda hozir ayrim xatlarni suratga oldim. Bu hammasi emas. Eslab yuraman,deb shunaqa saqlab qo'yganman : )  . Sog'indim dugonalarim bilan usha uzun xat yozishgan paytlarimni

Qayd etilgan


Muhtoj  09 Fevral 2013, 10:16:52


Qayd etilgan


Sayyid90  09 Fevral 2013, 10:31:35

Shu taxminimcha 3 sinf edim,may oyini boshi edi.Sinfdoshim Asror degan bolaga dars paytida xat yozgandim,xatni mazmuni "yaqinda tatilga chiqamiz,shu maktabdan ham qutilamiz"deb yozilgan edi u xatni o'qituvchimiz ko'rib qolib rosa tanbex bergan edilar.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  09 Fevral 2013, 12:20:43

Shunaqa beysbol kepkadan kiyganmisiz



1994-1995 yillarda mashxur bo'lgan soat Montana va Casio...



Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  09 Fevral 2013, 12:39:00

Pyatnashka dermidi.


Kubik-Rubik...





Shuni nomi esimdan chiqib ketibdi, zmeyka deyilarmidi yo boshqachami, biz ilon derdik.



Svetofor


Labirint


Lotto, 80 yillar ohirlarida Shohimardondan olgandik... Afsus, keyingi vaqtlarda buni ham qimor turiga kirgizvorishgan.


Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  09 Fevral 2013, 18:16:33

Kitob javonimizda turardi, dengizning ajoyib shovqini eshitilardi shundan. Nomini bilmasdim, internetda qidirib Rakushka deyilishini bilib oldim.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  09 Fevral 2013, 18:55:17

Raduga 95-97 yillarda hozirgiday ingichka va kichikmas, yo'g'on va pishiqroq edi. Atay domga borib zinadan tushirgan vaqtlarimiz ham bo'lgan : )


Bog'chada shu to'pdan o'ynaganmisiz?





Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  09 Fevral 2013, 19:49:23

Schyotnik. Bizning davrimizda "cho't" deyilardi.

Bir VHS kassetaga 1-2tadan ortiq kino sig'masdi.

90-chi yillarda kompyuterlar juda sodda bo'lgan, u vaqtlarda Pentiumlar bo'lmasdi, tashqi vinchester, usb fleshka, cd-dvd disklar bo'lmagan. Biz mana bunaqa disketalardan foydalanganmiz.





Qayd etilgan