O'zbek qiziqchiligi  ( 57410 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


_Otabek_  16 Iyun 2006, 09:49:25

Iqtibos: noza board=liter thread=1147061008 post=1148573808
Iqtibos: maknuna board=liter thread=1147061008 post=1148456160
Mirzabek Holmedovning sahnada o'zini tutishi, oretiqcha naynishi manga yoqmiydi.
Ichki oilaviy munosabatlarni ochiqdan ochiq gapirish va kalaka qilish manimcha to'g'ri kemiydi.
Shunaqa uyat gaplarni gapirib turib, yana islomiy masala qilishi, maslahat berishi esa umuman kayfiyatimni tushirib yuboradi.

Sizlar qanday fikrdasizlar?

MANIMCHA MIRZABEK HOLMEDOVNING 10 YILLIK TO'YIDAGI KONSERTI JUDA YAXSHI BO'LGAN EDI.
TO'G'RI U KO'P OILAVIY NARSALARNI HAZIL MA'NOSIDA OCHIQDAN OYDIN GAPIRADI.
LEKIN BU BOR NARSALAR.
MANIMCHA BU NARSALARNI GAPIRIB ODAMLARNI QAYSIDUR MA'NODA MANA SHU NARSALARGA E'TIBORLIROQ BO'LISHINI UNDIDI.

UMUMAN OLGANDA MANGA KO'PROQ HOJIBOY TOJIBOEV JUDA YOQADI.
U INSON HAMMA NARSANI HAYOTDAN GAPIRADILAR. HAMAMSI BOR GAPLAR VA JUDA QIZIQ.
UMUMAN OLGANDA BIZNI QIZIQCHILAR YOMON EMAS.
LEKIN ULARNI SANOQLI DEB BILAMAN.

MASALAN ROSSIYADA QIZIQCHILAR JUDA KO'P.
DEMAK MAVZULAR FIKRLAR HAM KO'P.
BIZDA HAM HAQIQIY AYNAN HOJIBOY TOJIBOEVGA O'XSHAGAN QIZIQCHILARIMIZ KO'P BOSA YAXSHI BO'LADI ALBATTA.

P.S. "HANDALAK" HAM YOMON EMAS :)

Qayd etilgan


_Otabek_  16 Iyun 2006, 14:16:01

Iqtibos: uztermbek board=liter thread=1147061008 post=1148615203
Shoir, maqola uchun katta rahmat sizga. Muallifning ba'zi fikrlariga o'zimning munosabatimni bildirib o'tsam...

Iqtibos
qiziqchilik bilan askiyachilik o‘rtasidagi farq osmonu yer qadar. O‘zbek qiziqchilik san’atiga Muhiddin qiziq Darveshov asos solgan desak aslo yanglishmaymiz. Sodda ko‘rinishli, dunyoning eng chekkasiga ham olib borib har qanday ajnabiy kiyimlarni ustiga ilib qo‘ysa ham o‘zbekligi shundoq bilinib turuvchi bu inson (u kishining joylari jannatda bo‘lsin) o‘zining kuldirish yo‘li bilan ajralib turardi. U oddiy latifani ham xuddi o‘zi guvoh bo‘lgan kishidek gapirar, harakatlari, do‘ppini qiyshaytirib kiyib olishlarining o‘zi ham uning o‘ziga xosligidan darak berardi. Muhiddin akaning latifalari shunchaki kulish uchun emas, balki hayotdagi muammolarni qamrab olganligi bilan ham ahamiyatli va zalvorlidir.


Juda to'gri aytilgan gap. Rahmatli M. Darveshov juda ajoyib san'atkor va yaxshi ta'rif berilibdi u kishiga.


Darhaqiqat, "œKo‘zlarim yo‘lingda" filmidagi roli qoyilmaqom bajarilgan, aytgan qo'shig'i esa shunchalik yaxshiki, eshitsam badanim jimirlab ketadi.



Bu fikr bilan qo'shila olmayman, garchi bu sohada bilimlarim juda oz bo'lsa ham. Menimcha, bu o'rinda aktyorni to'g'ri tanlash muhimroq. Aktyor uchun asar yozish... tasavvur qila omayapman.



G'oyat to'g'ri aytilgan gap, bu fikrga bilan ko'pchilik qio'shilsa kerak.



Oshg'ich xulosa....

Iqtibos
hozir ko‘cha-kuyda, jamoat transportlarida yoshlarning bir-birlariga murojaat qilib gapirishlarini eshitsangiz, po‘st tashlab yuborasiz. Negaki ular shunaqa "œchiroyli" so‘zlarni ishlatishadiki, eng ko‘p ishlatadigani: "œj....b". Ana shu gapni aytishmasa, ularning ko‘ngli tinchimaydi. Endi shunday gaplarni eshitishga ko‘nikkan quloq qiziqchilarimizning yengil-elpi gapini eshitishi ham kerak-da. Qolaversa, odamzotning kamchiligi uning yuziga aytilib, uyaltirilmasa, u hech qachon bu qusurlarini yo‘qotmaydi. Shu bois ham qiziqchilarning chiqishlaridagi so‘zlarni bachkanalikka yo‘ymaslik kerak.

Ana xolos... Demak, marhamat, TV, radio va boshqa vositalar orqali chiqib, ko'chaki "durdona" so'zlardan iqtibos keltiraveraylik unda... Muallifning Xolmedov "oq fotiha" sini olgani ko'rinib turibdi... 

Ezgulikka undashiga kelsak, bu yaxshi, lekin haligidaga beparda, oila davrasida eshitish rosa noqulay hazillarni aytib yuruvchi odam birdaniga "so'fi" bo'lib chiqsa g'alati-da.

Qayd etilgan


_Otabek_  16 Iyun 2006, 14:17:14

Iqtibos: shoir board=liter thread=1147061008 post=1148873396
Gaplaringizga qo'shjilaman, Otabek!
Men maqolani shuning uchun ham ilova qilgan edim.
Maknunaning fikrlarida ham jon bor. Kuldirarkanman deb og'ziga nimani kelsa gapiraverish ham yaxshi odamning ishi emas.
hamma o'zining ishini qilsa yaxshi bo'lardi.
Kuldirarkanman deb his-tuyg'ularimiz, e'tiqodimiz ustidan kulishlari umuman to'g'ri kelmaydi.

Qayd etilgan


_Otabek_  16 Iyun 2006, 14:17:42

Iqtibos: shoir board=liter thread=1147061008 post=1148971399
                                           *  *  *

Hozirgi kunda ayrim odamlarning qiziqchilik yoki askiyachilikka ishqibozliklari ancha ortdi. Buning sababi ham iymonning sustligidan kelib chiqadi. qiziqchilik qilayotganlar, ularning behayo va ahmaqona gaplariga, qiliqlariga kulayotganlar Alloh tomonidan masxara harom etilganini bilarmikinlar? Agar hazil latif bo‘lsa, birovning hamiyatiga tegmasa, eng muhimi - hayo pardasi bilan himoyalangan bo‘lsa, ehtimol qabul qilish mumkindir. Ammo avratni o‘rtaga qo‘yib yoki xotinning o‘ynash bilan yotganini aytib kuldirishga intilish - na qadar gunoh ekanini belgilay  olmasmiz-ku, ammo naq ahmoqlikning o‘zi ekanini dangal ayta olamiz.
Ilgarigi zamonlarda ham askiya va qiziqchilik bo‘lgan. Ammo, birinchidan, beparda gaplar aytishdan tiyilishgan, ikkinchidan, davrada ayollar, bolalar bo‘lmagan. Hozir turli yig‘inlar yoki «kontsertlar»da erkaklardan ko‘proq ayollar o‘tirishadi. Behayo va beparda gaplardan miriqib-miriqib kuladilar. Bu bema’niliklar tez-tez televizorda ham namoyish qilib  turiladi. Televizor qarshisida ota - qiz yoki qaynota - kelin ham o‘tirganini, bu gaplar ularni nomusdan yondirib yuboray deyayotganini ular o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Bizni bir narsa ajablantiradi: behayolikni kasb qilib olgan «qiziqchi» yoki «askiyachi»lar befarosatmilar yoki ularning gaplaridan huzurlanayotganlar, ayniqsa kulgidan ko‘zlari yoshlanayotgan ayollar telbamilar? Ehtimol shunday tamoshalarga falon so‘m pul sarf qilib ahli ayoli, qizi, kelini bilan birga kelgan oila boshliqlari ahmoqdirlar? Bugun bema’ni kulgidan yoshlanayotgan ko‘zlari vaqti kelib qiyomat kunidagi azoblardan yoshlanmasa edi... Unda kech bo‘ladi...

Tohir Malik

Qayd etilgan


_Otabek_  16 Iyun 2006, 14:18:11

Iqtibos: shoir board=liter thread=1147061008 post=1148971415
                                                 * * *

Yangi yil arafasida telemuxbir ixlosmandlarini quvontirish uchun ayrim «qiziqchi»larning uyiga mehmon sifatida borib, gurung qildi. Garchi telemuxbir ularni «el sevgan san’atkorlar», deb ta’riflagan bo‘lsa-da, biz bu fikrga qo‘shilmaymiz, ya’ni ularning qiliqlarini «san’at» deb baholay olmaymiz. Hatto tom ma’nodagi «qiziqchi» deya ham olmaymizkim, shu bois bu atamani qo‘shtirnoq orasiga olishga majbur bo‘ldik. Bir «qiziqchi»ning o‘z onasi oldida behayo, uyatsiz latifalar aytishiga chidash mumkindir.  Ikkinchi «qiziqchi»nikida undanda battar bo‘ldi. Davrada «qiziqchi»ning ota-onasi va qaynotasi o‘tiribdi. qishloqdan kelishgan ota-onasi gapga uncha aralashishmaydi. Ayniqsa onasi bema’ni hazillardan uyalib, qimtinib o‘tiribdi. «qiziqchi»ning xotini tug‘ruqxonada ekan. Ana endi elga taniqli bo‘lmish san’atkor - qaynota bilan «qiziqchi» kuyovning begona erkak bilan yotgan ayollar haqidagi latifalarini eshitsangiz... Kamina bu masxarabozlik, nodonlikning bu ko‘rinishining nima bilan tugashini bilish uchun toqat bilan kuzatdim. Bir narsani aniqlay olmadim: nodonlikda uloq qaynotada ketdimi yoinki kuyov boladami?

Tohir Malik

Qayd etilgan


_Otabek_  16 Iyun 2006, 14:18:43

Iqtibos: maknuna board=liter thread=1147061008 post=1148990981
Iqtibos: shoir board=liter thread=1147061008 post=1148971399
                                           *  *  *

Hozirgi kunda ayrim odamlarning qiziqchilik yoki askiyachilikka ishqibozliklari ancha ortdi. Buning sababi ham iymonning sustligidan kelib chiqadi. qiziqchilik qilayotganlar, ularning behayo va ahmaqona gaplariga, qiliqlariga kulayotganlar Alloh tomonidan masxara harom etilganini bilarmikinlar? Agar hazil latif bo‘lsa, birovning hamiyatiga tegmasa, eng muhimi - hayo pardasi bilan himoyalangan bo‘lsa, ehtimol qabul qilish mumkindir. Ammo avratni o‘rtaga qo‘yib yoki xotinning o‘ynash bilan yotganini aytib kuldirishga intilish - na qadar gunoh ekanini belgilay  olmasmiz-ku, ammo naq ahmoqlikning o‘zi ekanini dangal ayta olamiz.
Ilgarigi zamonlarda ham askiya va qiziqchilik bo‘lgan. Ammo, birinchidan, beparda gaplar aytishdan tiyilishgan, ikkinchidan, davrada ayollar, bolalar bo‘lmagan. Hozir turli yig‘inlar yoki «kontsertlar»da erkaklardan ko‘proq ayollar o‘tirishadi. Behayo va beparda gaplardan miriqib-miriqib kuladilar. Bu bema’niliklar tez-tez televizorda ham namoyish qilib  turiladi. Televizor qarshisida ota - qiz yoki qaynota - kelin ham o‘tirganini, bu gaplar ularni nomusdan yondirib yuboray deyayotganini ular o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Bizni bir narsa ajablantiradi: behayolikni kasb qilib olgan «qiziqchi» yoki «askiyachi»lar befarosatmilar yoki ularning gaplaridan huzurlanayotganlar, ayniqsa kulgidan ko‘zlari yoshlanayotgan ayollar telbamilar? Ehtimol shunday tamoshalarga falon so‘m pul sarf qilib ahli ayoli, qizi, kelini bilan birga kelgan oila boshliqlari ahmoqdirlar? Bugun bema’ni kulgidan yoshlanayotgan ko‘zlari vaqti kelib qiyomat kunidagi azoblardan yoshlanmasa edi... Unda kech bo‘ladi...

Tohir Malik
Judayam to'g'ri fikrlar...

Qayd etilgan


_Otabek_  16 Iyun 2006, 14:19:17

Iqtibos: admin board=liter thread=1147061008 post=1148994874
Aslida askiya so’zining ma’nosi arab tilidan, "œzukkolik", "œaqllilik" degan ma’noni bildiradi. Ba’zi bir "œzukkolar"ning qilmishlari bilan esa bu so’z xalqimiz orasida umuman boshqa ma’no kasb etgan. Ko’pchilik askiya deganda milliy pornografik so’z o’yinini tushunadi. Eng achinarlisi bu san’at kechalarimizni bezaydi, eng  katta bayramlarimizga "œko’rk" bag’ishlaydi.

Bundaylarni ba’zilar askiyachi deb atasa, ba’zilar "œqiziqchi" deb ataydi. Tarixda xon zamonlarida, balki undan ham oldin, saroyning qiziqchilari bo’lishgan. Ularning vazifasi qiziq-qiziq gaplar bilan xon va fuqaroning ko’nglini ovlash bo’lgan. Odtada qiziqchilar jamiyatdagi konkret bir mavzuni ko’tarib chiqqanlar. Xalqimiz orasida bunday qiziqlar ko’p bo’lgan, hozir ham bor.

Ayrim zamonaviy qiziqchilarning esa og’zilaridan chiqayotgan "œsassiq" gaplarga chidab bo’lmaydi. Sharqda odatda oila siri juda ham maxfiy saqlangan. Ayollar, yosh bolalar bo’lgan davralarda bunday gaplarni gapirishdan istihola qilingan. Hozir-chi? To’ylarda, katta katta marosimlarda, TV, Radioda naynigan qiziqchilarning oila hayotining eng sirli nuqtalarini masxara qilish hollari kuzatiladi

Qayd etilgan


_Otabek_  16 Iyun 2006, 14:19:55

Iqtibos: farzonochka board=liter thread=1147061008 post=1149226487
Manimcha hozirgi o`zbek qiziqchiligida ham anchagina kamchilila bor, yo ozligi nima deyishvotganini bilishmidi, yo jorttaga etishadi, ammo hammasi degan gap emas bu.
shunchaki nuqsonla talaygian, qiziqchilik degan gap kimningdir ustidan kulish emasu....

Qayd etilgan


_Otabek_  16 Iyun 2006, 14:20:55

Iqtibos: assalom board=liter thread=1147061008 post=1149229622
Iqtibos: admin board=liter thread=1147061008 post=1148994874
Ayrim zamonaviy qiziqchilarning esa og’zilaridan chiqayotgan "œsassiq" gaplarga chidab bo’lmaydi. Sharqda odatda oila siri juda ham maxfiy saqlangan. Ayollar, yosh bolalar bo’lgan davralarda bunday gaplarni gapirishdan istihola qilingan. Hozir-chi? To’ylarda, katta katta marosimlarda, TV, Radioda naynigan qiziqchilarning oila hayotining eng sirli nuqtalarini masxara qilish hollari kuzatiladi
Ha, bunaqa lavhalarni TV da berib qolishsa, oila a'zolaringiz bilan umuman ko'rib bo'lmaydi.
Ayniqsa, milliy askiyamizda juda naynishadi. Yana buni kotta san'at darajasiga ko'tarishadi...

Qayd etilgan


_Otabek_  16 Iyun 2006, 14:21:49

Iqtibos: mubashshir board=liter thread=1147061008 post=1150020276
Iqtibos: muslimasubh board=liter thread=1147061008 post=1147132873
Rasululloh sallolohi alayhi vasallam birovlarni kuldirish uchun yolg'on gapirgan kishi haqida qatti qgapirganlar, ularga vayl bo'lsin, vayl bo'lsin, vayl bo'lsin deganlar. Har bir ohiratini o'ylaydigan kishi vaqtini behuda-asli hayotda yo'q bo'lgan kulguga emas, balki haqiqiy real hayotga qanday taqsimlashni bilishi kerak, hazilning ham samimiy va hayotiy bo'lganlarigina ma'qul, qolganlariga esa sarvari koinot Rasululloh salallohi alayhi vasallam aytganlaridek vayl bo'lsin!

Assalamu alaykum! Gaplaringizga to'la holda qo'shilaman. Men shu qiziqchilarni ham ularni tomosha qilib bachkanadan- bachkana so'lariga kulayotgan kishilarni hech tushunmayman... Ularga Rasululloh s.a.v.ning so'zlarini eslatgim keladi, U muborak zot kulib turgan sahobalarni ko'rib, ularga:" Agar O'LIMNI ko'proq eslaganlaringizda sizlarni bu holda topmasdim", degan ekanlar. Holbuki, ularni bizlardan farqlari ko'p edi. Birinchidan ularni bizdan ko'ra solih amallari juda-judaaa ko'p edi,ikkinchidan ular bizga o'hshab zalga yig'ilib soatlab ko'zlaridan yosh chiqarib kulishmagan.Bu meni shahsiy fikrim albatta. Men qiziqchilikka umuman qarshiman. buni umuman musulmon o'zbeklarni qadimiy ana'nalariga  dahli bormikin o'zi. Bilmay soz'lagan bo'lsam va bu bilan ba'zilarni ko'ngliga zarra ozor yetkazgan bo'lsam, ALLOHdan mag'firat, siz azizlardan uzr so'rayman.


Qayd etilgan