Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barokatuhu.
Bu mavzuda juda kam gapirilgan ekan bu yerda va ancha bo'lgan ekan oxirgi postning qoldirilganligiga.
Mening fikrimcha, hozirgi qiziqchilar, o'ta haddilaridan oshdilar.
Qayoqqa qaramang, uyatli ma'noga ega hajviyalar,dinimiz to'g'risidagi hajviyalar,askiyalar,tavba qildimu. janob Abdulaziz aytganlaridek, farishtalar haqlarida ham hangoma aytyaptilar nomardlar.
Hozirgi kunda, sog'lom ma'naviy muhitni yaratish usti bosh qotirilib, har-xil tadbirlar amalga oshirilayotgan bir paytda, qiziqchilarda bunaqa gaplar.
Bir kishi bu borada shunaqa gapni aytgan edi
---Endi,odamlar ham shu gapdan boshqasiga kulmaydigan bo'lib qolganda,uka.
---Nega,axir bu bilan yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatilmaydimi?,- desam, u:
---Endi ,uka, bundan boshqa omillar g'ujg'on o'ynab yotibdi.- deydi.
Hayron qolasan,nega Hojiboy Tojiboy janoblari chiroyli, odob chegarasidan chiqmay, dinimiz ustidan kulmay ,kuldirib yuribdilarku, ibratli hajviyalar bilan
Nega qolganlar bunday qilmaydilar?
Astag'furulloh, yana mahzun, nasihatomuz, Olloh nomi tilga olinadigan qo'shiqlarichi.