So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257430 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 68 B


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:08:22

10-bob

Kim tavhid aqidasiga binoan vafot etsa, qat’iy jannatga kirishi haqida


123/1. Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohdan boshqa iloh yo‘qligini bilib vafot etsa, jannatga kiradi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:08:32

124/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululoh sollallohu alayhi vasallam bilan yo‘lda ketayotgan edik, qavmning ozuqasi tugab qoldi. Hatto qavmdagi ba’zi kishilar yuk tashib turgan ulovlarini so‘yishga qasd qilishdi. Umar roziyallohu anhu: «Ey Allohning rasuli! Qavmdagi qolgan ozuqalarni jamlab, Alloh o‘sha narsalarga baraka berishini so‘rab duo qilsangiz», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishining maslahatiga ko‘ndilar. Keyin bug‘doyi borlar bug‘doy olib kelishdi. Xurmosi borlar xurmo olib kelishdi. Mujohid roziyallohu anhu: «Danagi borlar danak olib kelishdi», deganlarida, men: «Danakni nima qilishadi?» desam, u zot: «Undagi suvni shimib ichishadi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga (baraka tilab) duo qildilar. Hatto qavmning ozuqa (idishlari) to‘lib ketdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Guvohlik berib aytamanki, Allohdan boshqa iloh yo‘q. Men Allohning rasulidirman. Qaysi banda mana shu ikki narsaga shak qilmay vafot etsa, jannatga kiradi», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:08:38

125/3. Abu Hurayra roziyallohu anhu yoki Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. (Roviy shak qilganlar. Lekin sahobalar haqida shakning zarari yo‘q. Chunki ularning barchasi odildir.) Tabuk g‘azoti kuni odamlarga ocharchilik yetdi. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli, agar izn bersangiz, tuyalarimizni so‘yib go‘shtini yeymiz, yog‘ini surtamiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qilaveringlar», deb ruxsat berdilar. Keyin Umar roziyallohu anhu kelib:   «Ey   Allohning   rasuli,   agar   bunday   qilishga   izn   bersangiz, miniladigan narsa kamayib ketadi. (Yaxshisi) kishilarga zaxira uchun olib qo‘ygan taomlarini olib kelishni buyuring va u narsalarga baraka tilab duo qiling. Shoyad, Alloh baraka bersa», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xo‘p», deb bir charm to‘shama keltirishni buyurdilar va uni to‘shadilar. So‘ngra zaxira uchun olib qo‘ygan taomlarni olib kelishga buyurdilar. Kimdir kaftida makkajo‘xori, kimdir bir kaft xurmo va yana kimdir bir bo‘lak narsa olib keldi. Haligi charm to‘shamaga biroz narsa to‘plandi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘plangan narsaga baraka tilab duo qildilar. Va: «Idishlaringizga solinglar», deb buyurdilar. Ular idishlariga solishdi, hatto qo‘shin orasida idishini to‘ldirmagan kishi qolmadi. Va to‘ygunlaricha yedilar, undan ortib ham qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Men Uning rasuliman, deb guvohlik beraman. Biror banda shubha qilmagan holda mana shu ikki kalima bilan Allohga yo‘liqsa, jannatdan to‘silmaydi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:08:48

126/4. Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Ashhadu an la ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu va anna Muhammadan ‘abduhu va rasuluhu...», ya’ni «Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q, Uning sherigi ham yo‘q. Albatta Muhammad Allohning quli va rasulidir. Albatta Iso alayhissalom Allohning quli va qulining bolasi va Maryamga yetkazgan so‘zi hamda Uning tomonidan bo‘lgan ruh (sohibidir)», deb guvohlik bersa hamda jannat va do‘zaxni haq deb bilsa, Alloh taolo jannatdagi sakkiz eshikning xohlaganidan kirgizadi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «jannatdagi sakkiz eshikning xohlaganidan kirgizadi», degan so‘z emas, balki «Qanaqa amal qilgan bo‘lsa ham Alloh jannatga kiritadi», degan so‘z aytilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:08:59

127/5. Sunobihiy Uboda ibn Somitdan rivoyat qiladilar. «Men Uboda o‘lim to‘shagida yotganlarida oldilariga kirib yig‘lasam, u zot: «Shoshma, nima uchun yig‘layapsan? Alloh nomiga qasamki, agar guvohligim talab qilinsa, senga guvoh bo‘laman. Agar shafe’lik talab qilinsa, senga shafoatchi bo‘laman. Agar qodir bo‘lsam, senga manfaat beraman», dedilar. Keyin yana u zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan biror hadis eshitgan bo‘lsam va u sizlar uchun xayrli ekanini bilsam, albatta u hadisni sizlarga aytib berdim. Lekin yana bir hadisni tez fursatda sizlarga aytib beraman. Chunki o‘limim yaqinlashib qoldi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim «La ilaha illallohu va anna Muhammadar rasululloh», deb guvohlik bersa, Alloh u kishiga do‘zaxni harom qiladi», deb aytganlarini eshitganman», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:09:06

128/6. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men ulovda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning orqalariga mingashib ketayotgan edim. Shu darajada yaqin o‘tirar edikki, oramizda egarning qirrasi bor edi, xolos. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Muoz ibn Jabal», dedilar. Men: «Labbay ey Allohning Rasuli, amringizga muntazirman», dedim. U zot yana: «Ey Muoz ibn Jabal», dedilar. Men: «Labbay, amringizga muntazirman», dedim. Keyin bir oz yurib u zot yana: «Ey Muoz ibn Jabal», dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning rasuli, amringizga muntazirman», dedim. (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gapiradigan narsalari muhim bo‘lsa, diqqat-e’tiborni jalb qilish uchun mana shunday takror so‘zlardilar.) U zot: «Bandalar ustidagi Allohning haqqini bilasanmi?» dedilar. Men: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedim. U zot: «Bandalar ustidagi Allohning haqqi Unga biror narsani sherik qilmasdan Uziga ibodat qilishlaridir», dedilar. Keyin bir oz yana yurib: «Ey Muoz ibn Jabal», dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning rasuli, amringizga muntazirman», dedim. U zot: «Alloh zimmasidagi bandalarning haqqi nima ekanini bilasanmi?» dedilar. Men: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedim. Shunda u zot: «Bandalarning Alloh zimmasidagi haqlari - biror narsani Unga sherik qilmagan bandasini azoblamasligidir», deb aytdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:09:14

129/7. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Ufayr nomli eshakka mingashib ketayotgan edim. U zot: «Ey Muoz! Bandalar ustidagi Allohning haqqi va Alloh zimmasidagi bandalarning haqqi nima ekanini bilasanmi?» deganlarida, men: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedim. Shunda u zot: «Allohning bandalari ustidagi haqqi - Unga biror narsani sherik qilmasdan O’ziga ibodat qilishlaridir. Bandalarning Alloh zimmasidagi haqlari - biror narsani Unga sherik qilmagan bandasini azoblamasligidir», deb aytdilar. Keyin men: «Ey Allohning rasuli, shunday bo‘lsa, bu haqda odamlarga xursandlik xabarini beraymi?» desam, u zot: «Io‘q, xabar berma. (Agar xabar beradigan bo‘lsang), bu narsaga suyanib amal qilmay qo‘yishadi», dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takrorlangan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:09:25

130/8. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan o‘tirgan edik. Biz bilan Abu Bakr roziyallohu anhu, Umar roziyallohu anhu va bir necha sahobalar ham bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldimizdan turdilar-da, hayallab ketdilar. Biz bir-birimizdan judo bo‘lib qolarmikinmiz, deb xavfsiradik. Qo‘rqib o‘rnimizdan turdik. Men birinchi bo‘lib qo‘rqdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni axtarib chiqdim. Yura-yura ansoriylardan birining bog‘iga yetdim. U (bog‘) Bani Najjorga tegishli ekan. Uning atrofida eshik bormikan, deb aylandim, lekin eshik topa olmadim. Bog‘ tashqarisidagi quduqdan bog‘ ichiga oqib kirayotgan ariqchani ko‘rdim. U yerdan xuddi tulki kabi sirg‘alib kirib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bordim. U zot: «Abu Hurayramisan?» dedilar. Men: «Ha, ey Allohning rasuli», dedim. U zot: «Nimaga kelding?» dedilar. Men: «Siz oramizda o‘tirib, keyin tez qaytib kelavermaganingizdan sizni yo‘qotib qo‘ydikmi, deb qo‘rqib ketdik. Birinchi qo‘rqqan kishi men bo‘ldim. Mana shu boqqa keldim. Va xuddi tulkiday sirg‘alib kirdim. Anavi kishilar ham orqamda turishibdi», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki kavushlarini berib: «Ey Abu Hurayra, kavushimni olgin-da, bog‘ tashqarisida Alloh taoloning yakkayu-yagonaligiga chin qalbdan ishonib guvohlik bergan kishiga jannat xushxabarini yetkaz», dedilar. Birinchi yo‘liqqan kishim Umar bo‘ldilar. U zot: «Ey Abu Hurayra, bu ikki kavushni nimaga olib yuribsan?» dedilar. Men: «Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kavushlari, u zot ikki kavushlarini berib: «Io‘lda kimni uchratsang, o‘sha kishi qalbdan ishonib «Allohdan boshqa iloh yo‘q», deb guvohlik bersa, unga jannatga kirishi xushxabarini yetkaz», deb aytdilar», desam, Umar roziyallohu anhu ko‘kragimga qo‘llari bilan urdilar. Shunda men ketim bilan yiqilib tushdim. Umar roziyallohu anhu: «Ey Abu Hurayra, orqangga qayt», dedilar. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yig‘lamsirab, xo‘rsingan holatda qaytib bordim. Umar roziyallohu anhu esa izimdan ergashib keldilar. Rasululloh sollallohu alayhi   vasallam   mendan:   «Ey   Abu  Hurayra,   senga  nima   bo‘ldi?»   deb so‘radilar. Men: «Umar roziyallohu anhuga yo‘liqib siz yuborgan narsani aytsam, u kishi ko‘kragimga qattiq urdilar. Men ketim bilan yiqilib tushdim. Va yana orqangga qayt, dedilar», deb aytdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Umar! Nima bunday qilishga majbur etdi?» dedilar. Umar roziyallohu anhu: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, Abu Hurayraning qo‘liga kavush berib: «Kimga yo‘liqsang, o‘sha kishi qalbi bilan ishongan holda, sidqidildan Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik bersa, jannatga kirishi xushxabarini bergin», deb siz aytdingizmi?» deganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, men aytdim», dedilar. Shunda Umar roziyallohu anhu: «Bunday qilmang, chunki odamlar shu narsaga suyanib, amal qilmay qo‘yishlaridan qo‘rqaman. Ularni shundayligicha qoldiring, amal qilaversinlar», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ularni shundayligicha qoldir», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:09:33

131/9. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabal bilan bir ulovga mingashib ketayotib: «Ey Muoz», dedilar. Muoz: «Labbay, ey Rasululloh, amringizga muntazirman», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Muoz», dedilar. Muoz: «Labbay, amringizga muntazirman», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Muoz», dedilar. Muoz: «Labbay, amringizga muntazirman», dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir banda Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga, albatta Muhammad (alayhissalom) Uning quli va rasuli ekaniga sidqidildan guvohlik bersa, Alloh unga do‘zaxni harom qiladi», dedilar. Muoz: «Ey Allohning rasuli, bu haqda odamlarga xabar beraymi? Ular bu bilan xursand bo‘lishadi», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Io‘q), buning xabarini bersang, unga suyanib, (amal qilmay qo‘yishadi)», dedilar. (Avvaliga Muoz roziyallohu anhu xabar bermay yurdilar.) Lekin o‘limlari yaqinlashganida (ilmni yashirib) gunohkor bo‘lib qolishdan xavfsirab uning xabarini berdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:09:43

132/10. Mahmud ibn Rabiy’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Madinaga borgach, Itbon bilan uchrashib: «Menga yetib kelishicha, senda bir hadis bor ekan», deganlarida, u zot: «Ha, ko‘zimning nuri ketib qoldi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga odam yuborib, uyimga kelib, namoz o‘qib berishlarini va u zot o‘qigan makonlarini namozgoh qilib olishimni aytdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh xohlaganicha sahobalarini olib keldilar. Manzilimga kirib namoz o‘qiyotganlarida sahobalar (munofiqlarni zikr qilib) Molik ibn Duxshumga munofiqlikning katta qismini nisbat berishdi. Va «Qaniydi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni duoibad qilsalar-u, u halok bo‘lsa», deb unga biror zarar yetishini orzu qilishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qib bo‘lganlaridan keyin: «U Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga va men Allohning rasuli ekanimga guvohlik bermaganmi?» desalar, sahobalar: «To‘g‘ri, u bu kalimalarni aytadi, lekin qalbidan emas», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb, men Allohning rasuli ekanimga guvohlik bermasa, do‘zaxga tushadi yoki do‘zax uni yeydi», dedilar.

Anas roziyallohu anhu: «Bu hadis meni hayratda qoldirdi. Va o‘g‘limga uni yozgin, deb aytgan edim, o‘g‘lim uni yozdi», dedilar.

Qayd etilgan