So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 256773 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 68 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:10:33

Sahih Muslimga yozilgan sharhlar

1. Tafsir g‘ariyb as-sahihayn. Muallifi Humaydiy (vafotlari 488 hijriy yil).
2. Al-mufhim fi sharhi g‘ariyb Muslim. Muallifi Imom Abdulg‘ofir ibn Ismoil al-Forsiy (vafotlari 529 hijriy yil).
3. Al iyjoz v-al-bayon li-sharhi xutbat kitob Muslim ma’ kitab-il-iyman. Qurtuba qozisi Ibn al-Hoj (vafotlari 529 hijriy, 1134 milodiy) tomonidan yozilgan.
4. Sharh al-imom Abu-l-Qosim Ismoil ibn Muhammad al-Isfahoniy al-Hofiz (vafotlari 535 hijriy yil).
5. Al-Mu’lim fi favoid Muslim. Muallifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Abu Tomiym al-Mozoriy (vafotlari 536 hijriy 1141 milodiy yil).
6. Ikmol al-Mu’lim bi-Favoid Muslim. U Al-Koziy Iyod al-Yahsabiyniki (vafotlari 544 hijriy 1149 milodiy yil).
7. Imod ud-Din Abdurahmon ibn Abulali al-Misriy (vafotlari 624 hijriy yil) tomonidan yozilgan sharh.
8. Siyanat Sahiyh Muslim Minal Ixval va-l-G’alat va Himoyatihi Minal Iskot va-s-Sakt nomli sharh Usmon ibn Abdurahmon ash-Shahruzuriy ibn as-Saloh (vafotlari 643 hijriy, 1243 milodiy yil) tomonidan ta’lif etilgan.
9. Al-Mufsih al-Muvhim va-l-Mufzih al-Mulhim Li-maoniy Sahiyh Muslim. Uning muallifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yah’ya al-Ansoriy (vafotlari 646 hijriy 124 milodiy yil).
10. Shamsuddin Abu-l Muzaffar Yusuf ibn Qaz o‘g‘li Sabat ibn al-Javziy (vafotlari 654 hijriy yil) tomonidan yozilgan sharh.
11. Al-mufhim Lima Ashkala mim Talhiys kitob Muslim. Muxtasar holda yozilgan bu sharh Abu-l-Abbos Ahmad ibn Umar ibn Ibrohim al-Qurtubiy (vafotlari 656 hijriy 1258 milodiy qalamiga mansubdir.
12. Minhoj al-Muhaddisiyn va Sabiyl Talbiyat al-Muhaqqiqiyn (yoki al-Minhoj fi sharhi sahiyh Muslim ibn al-Hajjoj deb ham yuritiladi). Uning muallifi An-Navaviy (vafotlari 676 hijriy, 1277 milodiy yil).

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:10:52

O’limlarining sababini zikr qilib aytishadiki, bir kuni u zot bir majlisda o‘tirsalar, bilmaydigan hadislari haqida so‘rab qolindi. Lekin u hadis haqida bilmasdilar. So‘ngra manzillariga qaytib chiroqlarini yoqib mutolaaga sho‘ng‘idilar. Ahllariga: «Mening huzurimga hech kim kirmasin», dedilar. Bir savatda xurmo hadya qilingan edi, o‘sha xurmodan tanovul qilib hadis qidira boshladilar. Shu alfozda savatdagi xurmodan yeb, his qilmagan holda qidirayotgan hadisni topib oldilar. Keyin shu sababli birdan holatlari og‘irlashib kasal bo‘lib vafot etdilar.

Imom Muslim 261 hijriy sana rajab oyining dushanba kechasi Nisobur shahrida 50 yoshdan biroz o‘tib dorulbaqoga rixlat qildilar.

Alloh rahm qilib, u zotdan rozi bo‘lsin!

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:11:12

Muqaddima
       
Bismillahir rohmanir rohiym

Butun olamlar Rabbi Allohga hamd bo‘lsin. Ishlarning oqibati taqvodorlar uchundir. Payg‘ambarlar xotimasi Muhammad alayhissalomga va jamiki nabiy va Rasullarga salavotu durudlar bo‘lsin. Amma ba’du...

Alloh senga rahm aylasin! Yaratganning tavfiqi bilan zikr qilinishicha, dinning amallari va ahkomlari haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan ma’sur xabarlarni bilish yo‘lida tadqiqot olib borishga qasd qilibsan. Bilginki, bu xabarlarda savob, iqob, targ‘ib qilish, qo‘rqitish va bundan boshqa har turlik sanadlar bor.

Alloh seni to‘g‘ri yo‘lga boshlasin! Sen mendan hamma narsani qamrab olgan avvalda takrori bo‘lmagan bir kitob ta’lif etishimni so‘rading. Chunki sen avvalgi katta-katta kitoblar dinni anglashda, ularni juz’iy hukmlarni olishda ma’lum mashaqqatlar tug‘diradi, degan gumonda ekansan.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:11:24

Alloh seni hurmat qilsin! So‘ragan narsangni mulohaza qilib ko‘rsam, inshoalloh, uning oqibati maqtalgan va manfaatli narsa ekan. Ayniqsa bu ishni tugatar ekanman, boshqa insonlardan ko‘ra o‘zim ko‘p naf olganimni bildim.

Buning esa sabablari ko‘p, ularni zikr qilsam, gap cho‘zilib ketadi. Sabablaridan biri shuki, kishiga ozgina narsani chiroyli suratda ko‘pini muolaja qilishdan osonroq tuyuladi. Xususan, bu narsaning mohiyatini farqlay olmaydiganlar uchun shunday ko‘rinadi. Demak, vasf qilganimizdek, ozgina sahih (ishonarli) narsaga yetishish zaif narsaga erishgandan a’lodir.

Ammo bu sohadagi narsalarni ko‘paytirishdan ba’zi manfaatlar umid qilinadi. Bunda ko‘proq ma’rifatli va uning sabablariyu, illatlarini biladigan kishilar uchundir. Ammo ma’rifatli, qalbi uyg‘oq, aytganlarimizning sabablari va illatlarini yaxshi biladigan kishilar manfaati nazarda tutiladi. Lekin ularning aksi o‘laroq, avom kishilarning ular uchun ko‘p narsani talab qilishlarida hech ma’no yo‘q. Chunki ular hatto ozroq narsani o‘rganishga ham ojizlik qilishadi.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:11:51

Inshoalloh, so‘ragan narsangni, ya’ni ushbu kitobda ta’lif etilgan hadislarni taxrij qilishni boshlayman. Avvalo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan naql qilingan xabarlarga suyanib, ularni takrorsiz uch qismga, zikri kelgan odamlarni esa uch tabaqaga bo‘ldik. Lekin shunday o‘rinlar ham borki, bir hadisning boshqasidan ziyodasi borligi yoki sanadida (hadisni rivoyat qilganlar)da illat mavjudligi uchun uni takroran keltirishga to‘g‘ri keladi. Chunki hadis rivoyat qilishda ba’zan ma’noni kengroq berishga to‘g‘ri kelib qoladi. Bu esa tom ma’nodagi hadis o‘rniga o‘tadi. Demak, ma’noda ziyodasi bo‘lgan hadisni qaytadan, ya’ni qisqa holda keltirishimiz yoki hadisni o‘sha muxtasar holida zikr etib, ma’nosini imkon boricha mufassalroq bayon etishimiz zarur bo‘ladi. Lekin batafsil keltirish qiyin bo‘lib qolsa, mashaqqat tug‘dirsa aslicha zikr etish bezarardir. Batafsil keltirishga hojat tug‘ilmagan hollarda shundog‘icha berishni ma’qul topdik.

Birinchi navbatda ayblardan holi, saralangan, hadislarni naql qilishda istiqomatli, rivoyatida qattiq ixtilofi va o‘ta chigalligi bo‘lmagan kishilarning xabarini olishga qasd qildik. Chunki, ko‘plab muhaddislarning rivoyatlari ana shunday illatlardan holidir. Bunday kishilarning xabarlarini keltirgach, ular orqasidan sanadida unchalik noziklik va hoziqlik bo‘lmagan rivoyatlarni zikr etishga ham to‘g‘ri keladi. Bundaylar safiga rostgo‘ylik, ilm va sofdillikda tan olingan Ato ibn Soib, Yazid ibn Abu Ziyod va Lays ibn Abu Sulaym kabi asarlarni yetkazuvchi va xabarlarni naql qiluvchi kishilarni kiritish mumkin. Ularning ilm va soflikda fazilatli, ahli ilm o‘rtasida taniqli ekanliklarini tan olsak-da, boshqa ba’zi muhaddislar rivoyatdagi istiqomat va mohirliklari tufayli ularning maqom va martabalarini afzalroq deb bilinadi. Chunki istiqomat va mohirlik ilm ahli huzurida baland daraja va yuqori xislatdir. Agar yuqorida zikr etilgan uch kishi, ya’ni Ato, Yazid va Layslarni boshqa uch muhaddis Mansur ibn Mu’tamir, Sulaymon al-A’mash va Ismoil ibn Abu Xolidlarga solishtiradigan bo‘lsak, hadisning istiqomati va aniqligida katta farq borligi, bu borada ularga tenglasha olmasliklari ayon bo‘ladi. Shak-shubha yo‘qki, hadis ilm ahli nazdida Mansur, A’mash va Ismoillar rivoyat qilgan hadislarida aniqlik bor, lekin Ato, Yazid va Layslar rivoyatida bu darajada aniqlik uchratilmaydi.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:12:03

Agar zamondosh ulamolardan Ibn Avn va Ayub Sixtiyoniyni yana ikki muhaddis Avf ibn Jamila va Ash’as al-Humroniylarga solishtiradigan bo‘lsak, keyingi ikki olim avvalgi ikkovi kabi mavqedadir. Ammo avvalgi ikki kishi bilan keyingi ikkovlon o‘rtasida fazilatda hamda hadislarni naql qilishdagi sahihlik (ishonarlilik)da farq bordir. Avf va Ash’as ilm ahliga xos rostgo‘ylik va omonatdorlikdan chetlatilgan emas. Lekin, biz ilm ahlini nazdidagi holatlarni zikr etdik. Ularning ism-shariflarini keltirishdan maqsadimiz - ilm ahli tutgan yo‘lni bayon etish, xolos. Qadr — qimmati oliy kishilar darajasidan pastlatilmaydi, ilmda qadri past kishilar oliy martabalarga ko‘tarilmaydi. Oisha (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bunday rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga odamlarni o‘z o‘rniga qo‘yishni amr qildilar». Qur’oni karimda marhamat etiladi: «Har bir ilm sohibining ustida (undan ustunroq) bilimdon bordir». (Yusuf surasi, 76 — oyat mazmuni). Biz ana shu fikrlarni zikr etish bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam naql etilgan xabarlar borasida so‘raganlaringga javob berishga harakat qildik.

Kitobda hadis ahli nazdida zaiflikda ayblangan kishilarning rivoyatini keltirish bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tirmadik.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:12:14

Bular - Abdulloh ibn Misvor, Amr ibn Xolid, Abdulquddus Shomiy, Muhammad Said al-Maslub, G’iyos ibn Ibrohim, Sulaymon ibn Amrlardir. Ular va ularga o‘xshagan ayrim kishilar hadislar to‘qish va xabarlarni urchitib ko‘paytirishda ayblanishgan.

Agar rivoyat qilgan hadisining ko‘p qismi ana shunday bo‘lsa, uning hadisi maqbul emas va amaldan qolgandir. Mana shunday muhaddislar qatoriga Abdulloh ibn Muharrar, Yahyo ibn Abu Unaysa, Jarroh ibn Minhol, Abbod ibn Kasir, Husayn ibn Abdulloh, Umar ibn Suhbonlar kirishadi.

Ana shular kabi rivoyatlari inkor qilinganlarning hadislari ustida to‘xtalmaymiz va mashg‘ul bo‘lmaymiz. Chunki muhaddis rivoyat qilgan hadisining ilm ahli qabul qiladigan hukmiga ko‘ra, o‘sha muhaddis ilm ahli orasidagi ishonchli kishilarga qo‘shilib yurishi, ular rivoyat qilgan hadislarining ba’zilarini yod olishi va o‘z rivoyatining ular bilan muvofiq bo‘lishga diqqat-e’tiborini qaratishi lozim edi. Endi shu shartlar topilsayu, so‘ngra biror narsani ziyoda qilgan bo‘lsa ziyoda qilingan narsa ashoblarida bo‘lmasa ham qabul qilinaveradi.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:12:45

O’ziga va ulug‘ligiga, hadis yod olgan ashoblari ko‘pligiga shubha bo‘lmagan o‘zi va boshqalar rivoyat qilgan hadislarni aniqlashga qodir Imom Zuhriy yoki Hishom ibn Urva kabilar rivoyat qilgan hadislar ilm ahli nazdida to‘liq va sherikli sanaladi. Ikkovlari rivoyat qilgan hadislarning aksarini boshqalar ham naql qilishgan. Lekin ikkovi yoki birlaridan bir necha kishi shunday rivoyat qilganki, biror kishi ularni o‘sha ikkovlaridan deb bilmaydi. Demak, bular sahih hadisda sherik emasdirlar. Bu kabi kishilarning rivoyat qilgan hadisini qabul etish joiz emasdir. Vallohu a’lam.
Kitobda hadis mazhabi, uning ahlining, to‘g‘ri yo‘lni istab, unga ergashmoqni istaganlarga bergan ko‘rsatmalarini sharhlab o‘tdik. Sharh va izoh zarur bo‘lib qolgan o‘rinlarda, illatli xabarlar zikri kelganda biz batafsil to‘xtalamiz.

Alloh rahm qilsin! Taassufki, o‘zini muhaddis deb atab, zaif hadislarni va munkar rivoyatlarni o‘ziga ep ko‘rgan hamda ishonchli, taniqli, rostgo‘y, omonatdor va tillari bilan iqror kishilar naql qilgan mashhur sahih hadislarini tark qilgan kimsalar ham bor. Mana shunday hadislarning aksariyati johil odamlarga yetib borgan. Bu hadislar inkor etilgan, rozi bo‘linmagan, rivoyati yomon ko‘rilgan kimsalar tomonidan naql etilgandir.

Molik ibn Anas, Sho‘‘ba ibn Hajjoj, Sufyon ibn Uyayna, Yahyo ibn Said al-Qatton, Abdurahmon ibn Mahdiy va boshqa imomlar haqida so‘raydigan bo‘lsang, ular naql etgan narsalar aniq ekani haqida javob berish yengildir. Lekin noaniq, zaif sanadli va munkar xabarlarni tarqatib, hadisning aybini bilmaydigan avom ommaga yetkazuvchilar haqida so‘ragan savolinga javob berishga qalblarimiz to‘sqinlik qilmoqda.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:13:20

1-bob       
Ishonchli kishilardan rivoyat qilishning vojibligi va yolg‘onchilarni tark qilish hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on ishlatishdan ogohlantirish haqida


Bilgin, Alloh seni muvaffaq qilsinki, hadisning to‘g‘ri va noto‘g‘risini ajratgan har bir kishi faqat ishonchli, sofdil kishilar naql etgan hadislarnigina rivoyat qilib, bid’atchi va o‘zbilarmonlarning rivoyat qilgan hadisidan chetlanmog‘i lozim. Bu so‘zimizning dalili xilof bo‘lmagan holda Allohning quyidagi oyatlarida aksini topgan: «Ey mo‘minlar! Agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar» (Hujurot surasi, 6-oyat); «Va sizlar rozi bo‘ladigan (adolatli) guvohlardan (guvoh qilinglar)» (Baqara surasi, 282-oyat); «O’zlaringizdan (ya’ni, musulmonlardan) bo‘lgan ikki adolat sohibini guvoh qilinglar» (Taloq surasi, 2-oyat). Bu oyatlardan bildikki, fosiq kishining xabari nuqsonli va qabul etilmaydi. Albatta adolatsiz kishining shahodati rad qilingan. Agar xabar bilan shahodatning ma’nolari ba’zi ko‘rinishlarda farqli bo‘lsa ham, ko‘p o‘rinlarda jamlanadi. Ilm ahli nazdida fosiqning xabari maqbul emas. Shu singari fosiqning shahodati ham barchalarining nazdlarida maqbul emas. Qur’on fosiqning xabarini inkor qilganidek, sunnat ham munkar xabarli rivoyatlarni quyidagi mashhur hadisda aytilganidek rad etadi:

1/1. Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim mening nomimdan yolg‘on deb gumon qilingan hadisni aytsa, bas, u yolg‘onchilarning biridir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:13:42

2-bob       
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on ishlatish odobsizlik ekani haqida


2/1. Rib’iy ibn Xirosh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Ali roziyallohu anhuning quyidagicha xutbalarini eshitganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga nisbatan yolg‘on gapirmanglar. Chunki kim menga nisbatan yolg‘on gapirsa, do‘zaxga kiradi», dedilar.

Qayd etilgan