So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 200994 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 68 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:13:50

3/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim menga nisbatan ataylab yolg‘onni qasd qilsa, joyini do‘zaxdan tayyorlab qo‘ysin», degan so‘zlari meni ko‘p hadis aytishdan to‘sib turadi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:14:07

4/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim mening nomimdan qasddan yolg‘on gapirsa, joyini do‘zaxdan tayyorlab qo‘yaversin», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:14:19

5/4. Ali ibn Rabiy’a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Masjidga bordim. Mug‘iyra Ko‘faning amiri edilar. Mug‘iyra: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Menga nisbatan yolg‘on gapirish boshqa biron kishiga nisbatan yolg‘on gapirish kabi emas. Bas, kim menga nisbatan yolg‘on gapirsa, joyini do‘zaxdan tanlab qo‘yaversin», deb aytganlarini eshitdim», dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Lekin «Menga nisbatan yolg‘on gapirish boshqa biron kishiga nisbatan yolg‘on gapirish kabi emas» jumlasi zikr qilinmagan.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:15:15

3-bob       
Har bir eshitgan narsasini gapirishdan qaytarish to‘g‘risida


6/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishining har bir eshitgan narsasini gapirmog‘i yolg‘onchi ekanligiga kifoya qiladi», dedilar.

Bu yerda mana shu hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:22:10

7/2. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: «Kishining har bir eshitgan narsasini gapirishi yolg‘onchi ekanligiga yetarlidir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:22:22

8/3. Ibn Vahb aytdilar: «Molik menga: «Bilki, har bir eshitgan narsasini gapiraveradigan kishi (xatodan) omonda bo‘lmaydi. Va har bir eshitgan narsasini gapiraveradigan kishi hech qachon imom ham bo‘lmaydi», dedi».

(Izoh: bu hadisda namozdagi imom nazarda tutilmagan. Hadisning ma’nosi shunday: «Har bir eshitgan hadisini rivoyat qilaveradigan kishi so‘zi e’tiborga olinadigan, ergashiladigan kishilardan bo‘la olmaydi». Vallohu a’lam.)
Bu yerda 7-raqamli hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:22:30

9/4. Abdurahmon ibn Mahdiy: «Kishi eshitgan narsalarining ba’zisini (gapirishdan) o‘zida tiyib turmagunicha iqtido qilinadigan imom bo‘la olmaydi», deb aytdilar.

(Izoh: bu hadisda ham so‘zi e’tiborga olinadigan peshvo nazarda tutilgan.)

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:22:40

10/5. Sufyon ibn Husayndan rivoyat qilinadi. «Iyos ibn Muoviya mendan: «Sening Qur’on ilmiga muhabbat qo‘yganingni ko‘ryapman, menga bir surani o‘qib, tafsir qilib ber, uni qay darajada bilishingni ko‘rayin», deb so‘raganida, men uni(ng aytganini) qildim. Shunda u: «Senga aytadigan gaplarimni yodingda saqlab qol. Hadis xususida haqoratlanishdan ehtiyot bo‘l (ya’ni, to‘qima hadis aytib, odamlarning la’natiga giriftor bo‘lma"¦ — tarj.). Chunki ba’zida kishi (to‘qima) hadisni aytib, o‘zi xor bo‘ladi. Hadisi yolg‘onga chiqariladi», dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:22:47

11/6. Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utbadan rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu: «Sen qavmga aqllari yetmaydigan biror hadisni aytmagin. Agar aytadigan bo‘lsang, ularning ba’zilariga fitna bo‘ladi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:23:08

4-bob       
Ishonchsiz kishilardan rivoyat qilishdan qaytarish va ulardan hadis olishda ehtiyot bo‘lish haqida


12/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimning oxirida shunday kishilar paydo bo‘ladiki, ular na sizlar va na otalaringiz eshitmagan hadislarni aytishadi. Sizlar bunday qilishdan saqlanib, o‘zingizni ulardan yiroq tuting», dedilar.

Qayd etilgan