So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 256803 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 ... 68 B


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:59:41

402/3. Abu Ishoq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men No‘‘mon ibn Bashirning quyidagicha xutba aytayotganini eshitdim. U zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan quyidagilarni eshitdim». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta qiyomat kuni do‘zax ahlining azob jihatidan eng yengili bir kishiki, oyog‘ining yerga tegmaydigan qismiga cho‘g‘ qo‘yilsa, shu sababli miyasi qaynaydi», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:59:47

403/4. No‘‘mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zaxdagi azobi eng yengil kishi ikki kavushi (bo‘lgan odamdir), kavush iplari olovdan bo‘ladi. Usha odamning miyasi xuddi qozon kabi qaynaydi. Biror kishi buni ko‘rsa, azoblarning eng qattig‘i bo‘lsa kerak, deb o‘ylaydi. Vaholanki, u azoblarni eng yengilidir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:59:57

92-bob Kim kofir holatida o‘lsa, amali foyda bermasligi haqida

404/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli! Ibn Jud’on ismli shaxs johiliyat davrida ham qarindosh-urug‘chilik rishtalarini tiklab, miskinlarga ovqat ulashar edi, mana shu ishlari unga (oxiratda) foyda beradimi?» deganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Foyda bermaydi, chunki u biror kun ham «Rabbig‘firliy xatiyatiy yavmaddiyn», ya’ni «Rabbim, xatolarimni qiyomat kunida kechirgin», deb aytmagan», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:00:06

93-bob Mo‘minlarning bir-birlariga do‘st bo‘lishi, ulardan boshqalarning esa bu narsadan uzilganlari haqida

405/1. Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pinhon qilib emas, balki jahriy holatda: «Ogoh bo‘linglar! Otamning yaqinlaridan falonchi (ya’ni, Hakam ibn Abuloss) mening do‘stim emas, albatta do‘stim Alloh va solih mo‘minlardir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:00:18

94-bob Bir toifa musulmonlarning hisob-kitobsiz va azobsiz jannatga kirishlari dalili haqida

406/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan yetmish ming kishi hisob-kitobsiz jannatga kiradi», deganlarida, bir kishi: «Ey Allohning rasuli! Allohdan so‘rab duo qiling, meni o‘shalardan qilsin», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, bu kishini o‘sha jannatga hisob-kitobsiz kiradiganlardan qilgin», dedilar. Bir kishi o‘rnidan turib: «Ey Allohning rasuli! Allohga duo qiling, meni ham o‘shalardan qilsin», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu narsani so‘rashda Ukkosha sendan o‘zib ketdi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:00:25

407/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan bir jamoa (jannatga) kiradi. Ular yetmish ming bo‘lib, yuzlaridan badr kechasidagi oyning nuriga o‘xshab ziyo taralib turadi», dedilar. Ukkosha ibn Mihsan al-Asadiy o‘rnidan turib, ola-bula jundan to‘qilgan kiyimini ko‘tardi-da: «Ey Allohning rasuli! Mening o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan duo qilib so‘rang», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, Ukkoshani bu jamoadan qilgin», dedilar. So‘ngra ansoriylardan bir kishi: «Ey Allohning rasuli! Mening ham o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab duo qiling», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘rashda Ukkosha sendan o‘zib ketdi», dedilar

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:00:31

408/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu   alayhi   vasallam:   «Ummatimdan   jannatga   yetmish   mingtasi kiradi. Ular bir jamoa bo‘lib, oralarida oy suratidagi kishilar ham bor», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:00:38

409/4. Imron roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Allohning nabiyi Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan yetmish mingtasi hisob-kitobsiz jannatga kiradi», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, ular o‘zi kimlar?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular (davolanishda) tamg‘a urmaydigan, dam soldirmaydigan va Rabbilariga tavakkal qiladigan kishilardir», dedilar. Ukkosha o‘rnidan turib: «Mening o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab duo qiling», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen ulardansan», dedilar. Va yana bir kishi o‘rnidan turib: «Ey Allohning nabiyi! Mening ham o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab duo qiling», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Buni so‘rashda Ukkosha o‘zib ketdi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:00:45

410/5. Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan yetmish mingtasi hisob-kitobsiz jannatga kiradi», deganlarida, sahobalar: «Ular o‘zi kimlar, ey Allohning rasuli?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular dam soldirmaydigan, shumlanmaydigan va tamg‘a urmaydigan hamda Rabbilariga tavakkal qiladigan kishilardir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:00:52

411/6.    Sahl    ibn    Sa’d    roziyallohu    anhudan    rivoyat    qilinadi. Rasululloh   sollallohu   alayhi   vasallam:   «Albatta   ummatimdan   yetmish mingtasi yoki yetti yuz mingtasi jannatga kiradi. (Ushbu hadis roviylaridan biri Abu Hozim yetmish mingmi, yetti yuz mingmi, bilmaganlar.) Ularning ba’zilari ba’zilarini ushlab olishadi. Oxirgilari kirmagunicha avvalgilari ham kirmaydi. Ularning yuzlari badr kechasidagi oyning suratiga o‘xshaydi», dedilar.

Qayd etilgan