So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257184 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 68 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:27:21

5-bob       
Albatta sanad dindandir. Rivoyat ishonchli kishilardan olinadi. Roviylarning kamchiligi bo‘lsa, ayblash joiz, balki vojibdir. Bu harom bo‘lgan g‘iybatlardan emas, balki mukarram shariatni himoya qilishdir


23/1. Muhammad ibn Siyrin: «Albatta ilm — dindir. Bas, diningizni kimdan olayotganingizga qarang», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:27:30

24/2. Ibn Siyrin: «Ilgari odamlar sanad haqida so‘rashmas edi. Qachonki, fitnalar sodir bo‘lgach, bizga «Hadis gapiruvchi kishilaringizni nomma-nom ayting», deydigan bo‘lishdi. Bas, ahli sunnaga qarab, ulardan hadis olinar edi. Va ahli bid’atga qarab, hadislari olinmas edi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:27:40

25/3. Sulaymon ibn Muso: «Tovusga yo‘liqib, falonchi undoq va bundoq, deb menga hadis aytmoqda, desam, u zot: «Agar gapirayotgan kishing ishonchli bo‘lsa, undan (hadisni) olavergin», dedilar», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:27:47

26/4. Ibn Abu Zinod otalaridan qilgan rivoyatda otalari: «Madinada yuz kishi bilan uchrashdim, ularning barchasi ishonchli edi. Lekin ulardan hadis olinmas va uning ahlidan ham emaslar, deb aytilar edi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:28:03

27/5. Mis’ardan rivoyat qilinadi. Sa’d ibn Ibrohim: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Faqat ishonchli kishilargina rivoyat qilib gapirishadi», deb aytganlarini eshitdim», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:28:43

28/6. Abdulloh ibn Muborak: «Hadisdagi sanad (ya’ni, falonchi pistonchidan rivoyat qilgan, deb nomma-nom zikr qilish) dindandir. Agar sanad bo‘lmasa, xohlagan kishi xohlagan narsasini aytaveradi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:29:45

29/7. Abdulloh ibn Muborak: «Biz bilan qavm orasida tirgak, ya’ni sanadlar bordir (agar sahih sanad bilan kelsa, hadisni qabul qilamiz, ammo zaif bo‘lsa, qabul qilmaymiz)», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:29:53

30/8. Abu Ishoq Ibrohim ibn Iso Tolaqoniydan rivoyat qilinadi. «Abdulloh ibn Muborakga: «Ey Abu Abdurahmon, ya’ni Abdulloh, «Namozingga qo‘shib ota-onangga ham namoz o‘qimog‘ing va ro‘zangga qo‘shib ota-onangga ham ro‘za tutmog‘ing yaxshilik qilganingdan keyingi yaxshilikdir», deyilgan hadis (menga) yetib keldi», desam, Abdulloh: «Ey Abu Ishoq, bu (hadis) kimdan?» dedilar. Men: «Bu Shihob ibn Xiroshdan», deganimda, «Ishonchli», dedilar. Yana: «U (hadisni) kimdan oldi?» deganlarida, «Hajjoj ibn Dinordan», desam, «Ishonchli», dedilar. Yana: «U (hadisni) kimdan oldi?» deganlarida, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar», dedim. Shunda u zot: «Ey Abu Ishoq, Hajjoj ibn Dinor bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rtalarida (ulov) hayvonining bo‘ynini kesuvchi uzoq cho‘l yo‘li bor. Va lekin sadaqada ixtilof yo‘qdir», dedilar». (Ya’ni, bu hadis hujjat qilinmaydi. Lekin kim ota-onasiga yaxshilik qilishni xohlasa, sadaqa qilsin. U mayyitga yetib boradi.)

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:30:00

31/9. Ali ibn Shaqiqdan rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Muborak odamlar oldida: «Amr ibn Sobit rivoyat qilgan hadislarni tark qilinglar. Chunki u salaflarni so‘kadi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:30:09

32/10. Abu Aqiyldan rivoyat qilinadi. «Qosim ibn Ubaydulloh va Yahyo ibn Said huzurlarida o‘tirgan edim. Yahyo Qosimga: «Ey Abu Muhammad, ya’ni Qosim sizga o‘xshash kishilardan din ishidan biror narsa so‘ralsa-da, senda u haqda na ilm, na yengillik va na muammoni yechib beradigan yo‘l bo‘lmasa, juda xunuk ishdir», deganlarida, Qosim u kishiga: «Nega bunday deyapsan?» dedi. Shunda u kishi: «Chunki siz hidoyatga boshlovchi ikki imom — Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumolarning farzandisiz», dedilar. Qosim u kishiga: «Ilmsiz gapirishim yoki ishonchli bo‘lmagan odamdan hadis olishim Alloh tarafidan ilm berilgan kishi nazdida bundan ham xunukroqdir», dedilar. Buni eshitib, u kishi javob bera olmay sukut qildilar».

Qayd etilgan