So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257180 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 ... 68 B


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:26:19

452/2. Nu’aym ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Abu Hurayraning tahorat qilib, yuzlari va qo‘llarini yuvib, hatto yelkalarigacha suv yetkazganlarini, so‘ngra ikki oyoqlarini yuvib, hatto boldirlarigacha suv yetkazganlarini ko‘rdim. So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, ummatlarim tahorati izi sababli qiyomat kuni peshonasi, oyoq-qo‘llaridagi oq qashqa bilan kelishadi. Sizlardan qaysi biringiz o‘sha qashqasini uzaytirishga qodir bo‘lsa, bajaraversin, ya’ni a’zolarini tepa qismigacha yuvib qashqasini uzaytiraversin», deb aytganlarini eshitganman», dedilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:26:32

453/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta havzim Ayla shahri bilan Adan shahri oralig‘idagi masofadan ham uzoqroqdir. U havz qordan oq, asal, sutdan mazalidir. Idishlari yulduz adadidan ham ko‘proqdir. Men odamlarni o‘sha havzga tushishdan xuddi kishi odamlarning tuyasini suv havzasiga tushishidan to‘sgani kabi to‘saman», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Usha kuni bizni taniysizmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, taniyman. Usha kuni sizlarda bir siymo bo‘ladi, u siymo boshqa ummatlardan birortasida bo‘lmaydi. Sizlar mening havzimga tahorat izlari sababli paydo bo‘lgan oq qashqalaringiz bilan tushasizlar», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:26:46

454/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatlarim mening havzimga tushganlarida boshqa odamlarning xuddi bir kishi boshqa kishilarning tuyasini (suv ichishdan) to‘sib haydagani kabi men ham haydayman», deganlarida, sahobalar:    «Ey    Allohning    nabiysi!    Bizni    taniysizmi?»    deyishdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, taniyman! Sizlarda o‘sha kuni bir siymo bo‘lib, sizlardan boshqalarda u bo‘lmaydi. Tahorat izi sababli sodir bo‘lgan oq qashqa bilan (havzimga) tushasizlar. Sizlardan bo‘lgan bir toifa (havzimga) tushishdan to‘silgani uchun yetib kela olishmaydi. Men: «Ey Rabbim! Bular mening ashoblarimdan-ku?» desam, bir farishta javob berib: «Sendan keyin ular nimalar qilishganini bilasanmi?» deb aytadi», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:27:02

455/5. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mening havzim Ayla shahri bilan Adan shahri oralig‘idagi masofadan ham uzoqroqdir. Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, men havzimdan kishilarni xuddi bir kishi suv havzasidan notanish tuyani uzoqlatib haydagani kabi haydayman», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Bizni taniysizmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, taniyman! Tahorat izi sababli sodir bo‘lgan oq qashqa bilan mening havzimga tushasizlar. (Usha kunda) sizlardan boshqa bir kishida u qashqa bo‘lmaydi», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:27:16

456/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam maqbara oldiga kelib: «Ey mo‘minlar diyori qavmi! Sizlarga salom bo‘lsin. Xudo xohlasa, bizlar ham sizlarga yo‘liqurmiz, qani biz birodarlarimizni ko‘rsak edi», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar sahobiylarimsiz, birodarlarimiz hali kelishmagan», dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Ummatingizdan hali kelmaganlarini qanday taniysiz?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bilmaysizlarmi, agar bir kishining qora-qura otlari orasida oq qashqali oti bo‘lsa, o‘sha oq qashqali otini tanimasmidi?» dedilar. Sahobalar: «Taniydi, ey Allohning rasuli!» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular tahoratlari sababli oq qashqa bo‘lib kelishadi. Men esa ularni havzga olib kelaman. Ogoh bo‘ling! Xuddi adashib yurgan begona tuyani (suv havzasidan) haydagan kishi kabi havzimdan (begona) kishilarni haydab, (ummatilarimni) «Kelinglar!» deb chaqiraman. Menga «Ular sendan keyin (dinni) o‘zgartirib yuborishgan», deyilsa, men: «Unday bo‘lsa, uzoq-uzoq turishsin», deyman», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «havzimdan (begona) kishilarni haydayman» jumlasi zikr etilmagan.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:27:59

13-bob Tahorat suvi yetgan joygacha ziynatning yetishi haqida

457/1. Abu Hozim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Abu Hurayra roziyallohu anhu namoz o‘qish uchun tahorat olayotganlarida men orqalarida edim. U zot qo‘llarini cho‘zgandilar, hatto qo‘ltiqlarigacha yetib bordi. Men: «Ey   Abu   Hurayra!    Bu   qanaqa   tahorat?»   degan   edim,   Abu   Hurayra roziyallohu anhu: «Ey Farruh bolalari! Sizlar bu yerda ekansizlar-da, agar bu yerda ekanligingizni bilganimda bu kabi tahorat qilmas edim. Men do‘stim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Tahorat suvi yetgan joygacha mo‘minning ziynati yetadi», deganlarini eshitganman», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:28:14

14-bob Qiyinchilikda tahoratni mukammal tarzda ado etishning fazilati haqida

458/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsaga ko‘rsatma beraymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha, ko‘rsatma bering», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiyinchilik paytida tahoratni mukammal tarzda ado etish, masjidga qadamini ko‘paytirish va namozdan keyin namozni (vaqti kirishini) kutishdir. Mana shu marg‘ub bo‘lingan narsa», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Lekin «marg‘ub bo‘lingan narsa» so‘zi zikr qilinmagan. Molikning rivoyatlarida ana shu so‘z ikki marta zikr qilingan.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:28:27

15-bob Misvok haqida

459/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar mo‘minlarga (Zuhayrning rivoyatlarida «ummatimga» bo‘lib kelgan) mashaqqat bo‘lmaganida, ularga har bir namoz oldidan misvok ishlatishni buyurar edim», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:28:40

460/2. Miqdom ibn Shurayh otalaridan rivoyat qilinadi. «Oisha roziyallohu anhodan «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylariga kirganlarida qaysi narsadan (harakatni) boshlardilar?» deb so‘rasam, Oisha roziyallohu anho: «Misvokdan boshlar edilar», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:28:52

461/3. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyga kirsalar, (ishni) misvokdan boshlardilar.

Qayd etilgan