So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 200993 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 68 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:30:16

33/11. Abu Aqiyldan rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning farzandlaridan bir narsa haqida so‘ralganida, u kishida bu haqda ilm yo‘q edi. Yahyo ibn Said: «Sen kabi kishidan biror narsa haqida so‘ralsa-da, u haqda senda ilm bo‘lmasligini katta ish deb bilaman. Axir sen hidoyatga boshlovchi ikki imom Umar va Ibn Umarning o‘g‘lisan», deganida, u zot: «Allohga qasamki, Alloh huzurida va Alloh tarafidan ilm berilgan kishi huzurida ilmsiz gapirishim yoki ishonchsiz kishidan xabar berishim bundan-da kattaroqdir», dedilar. Ikkovlari bu haqda gaplashishganiga Abu Aqiyl Yahyo ibn Mutavakkil guvoh bo‘ldilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:30:42

34/12. Yahyo ibn Said: «Sufyon Savriy, Sho‘‘ba, Molik va Ibn Uyaynalardan hadisda ishonchli bo‘lmagan kishi haqida so‘radim. Bir kishi kelib, mendan u haqda so‘rayapti, desam, ular: «U kishi rivoyat qilgan hadis ishonib bo‘lmasligining xabar ber», deyishdi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:30:50

35/13. Nazrdan rivoyat qilinadi. (Abdulloh) ibn Avn roziyallohu anhudan Shahr nomli kishi hadisi haqida so‘ralganida, u zot eshik ostonasiga turib olib: «Albatta Shahr ta’na qilingandir. Albatta Shahr ta’na qilingandir», dedilar. (Ya’ni, u hadisda ishonchsizdir.) Imom Muslim: «Ibn Avn: «Odamlar Shahrni ayblashgan, uni (yomonlab) gapirishgan», deb aytgan», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:31:00

36/14. Sho‘ba: «Men Shahr ismli kishiga yo‘liqib, uning hadisiga e’tibor bermadim», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:31:08

37/15. Abdulloh ibn Muborakdan rivoyat qilinadi. «Men Sufyon Savriyga: «Sen Abbod ibn Kasirning holatini bilasan. Agar u hadis aytsa, katta ishni (xatoni) olib keladi. Men odamlarga undan (hadis) olmanglar, deb aytishimni maslahat berasanmi?» deganimda, Sufyon: «Ha», dedilar». Abdulloh: «Agar biror majlisda bo‘lsam, u yerda Abbod zikr qilinadigan bo‘lsa, uning dindagi holatini maqtardim va undan (hadis) eshitmanglar, deb aytib qo‘yardim», dedilar. Abdulloh ibn Muborak aytdilar: «Sho‘‘ba huzurlariga borsam, u zot: «Bu Abbod ibn Kasirdir, undan ehtiyot bo‘linglar», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:31:39

38/16. Iso ibn Yunusdan rivoyat qilinadi. «Men Abbodning eshigi oldida tursam, Sufyon uning huzurida ekanlar. U yerdan chiqqanlarida Abbod haqida so‘rasam, u zot menga uning yolg‘onchi ekanining xabarini berdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:31:49

39/17. Muhammad ibn Yahyo ibn Sa’iyd al-Qatton otalaridan qilgan rivoyatlarida otalari: «Solihlarning hadisdan boshqa biron narsada yolg‘on gapirishlarini ko‘rmaymiz (ya’ni, ular zaif hadislarni rivoyat qilib, qasd qilmagan holda, bilmasdan yolg‘on gapirib qo‘yishardi)», dedilar.

Ibn Abu Attob aytdilar: «Bu haqda Abu Muhammad ibn Yahyo ibn Sa’iyd al-Qattondan so‘rasam, u zot otalaridan rivoyat qilib: «Yaxshilik ahllarining hadisdan boshqa narsada yolg‘on ishlatishlarini ko‘rmaysan», dedilar». Imom Muslim: «Ularning tillarida yolg‘on aylanardi, lekin yolg‘onni qasd qilishmas edi, deb aytyaptilar», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:31:56

40/18. Xalifa ibn Muso aytdilar: «G’olib ibn Ubaydulloh huzuriga kirsam, u zot menga: «Makhul menga aytdilar, Makhul menga aytdilar», deb yozdirib turganlarida siydiklari qistashi bezovta qilib chiqib ketdilar. Men turib qog‘ozlariga qaradim. Unda Abon Anasdan va Abon falonchidan, deyilgan ekan. Men uni tark qilib o‘rnimdan turdim. (Keyin) Hasan ibn Ali Hulvoniydan eshitdim, u zot: «Affonning kitoblarida Hishom Abulmiqdom hadislarini va Umar ibn Abdulazizning hadislarini ko‘rdim», derdilar. Hishom: «Menga falonchi o‘g‘li Yahyo unga esa Muhammad ibn Ka’b aytib bergan», dnr edi. Shunda men Affonga: «Hishom Muhammad ibn Ka’bdan eshitgan ekan», desam, u zot: «Bu hadisda mana shu tomondan balolanildi. (Avval) Yahyo Muhammaddan eshitgan (hadisni) menga aytib berdi, deb so‘ngra (bevosita) Muhammaddan eshitganini da’vo qildi», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:32:03

41/19. Abdulloh ibn Usmon ibn Jabaladan rivoyat qilinadi. «Abdulloh ibn Muborakga «Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhuning «Fitr kuni mukofot kuni.....», deb aytgan hadislarini kimdan rivoyat qilgansiz?» desam, «Sulaymon ibn Hajjojdan», undan olgan narsangga qaragin», deb Sulaymonni maqtab qo‘ydilar. Abdulloh ibn Muborak: «(Men) «Dirham miqdoricha qon oqqan kishi» hadisini rivoyat qilgan Ravh ibn G’utayfni ko‘rdim. Uning yoniga o‘tirdim. Va uning rivoyat qilgan hadisi karih ko‘rilgani uchun oldida o‘tirishimni do‘stlarim ko‘rib qolishidan hayo qildim», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:32:14

42/20. Ibn Muborakdan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Baqiyya ismli roviy rostgo‘y kishidir. Lekin ishonchli va zaif kishilardan ham (hadis) olaveradi», dedilar.

Qayd etilgan