So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 256882 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 ... 68 B


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:28:07

19-bob Poklanish va boshqa narsalarda o‘ng tomondan boshlash haqida

482/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat qiladigan bo‘lsalar yoki soch taraydigan bo‘lsalar yoxud poyabzal kiyadigan bo‘lsalar, o‘ng tomondan boshlashni yaxshi ko‘rardilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:28:17

483/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam poyabzal kiyish bo‘lsin, soch tarash yoki poklanish bo‘lsin, barcha ishlarni o‘ng tomondan boshlashni yaxshi ko‘rardilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:29:09

20-bob Yo‘llarga va soyalaniladigan joylarga hojat chiqarib bulg‘ashdan qaytarilgani haqida

484/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikkita la’natlanishga sabab bo‘luvchi narsadan qo‘rqinglar», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli! U ikki la’natlanishga sabab bo‘luvchi narsa nima?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular odamlar yuradigan yo‘l va soyalaniladigan joyga hojat chiqarib ketish», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:29:29

21-bob Najas va siydik chiqarganda suv bilan istinjo qilish haqida

485/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam devor ila to‘silgan joyga kirdilar. Idishda suv olib bir xizmatkor bola u zotga ergashdi. U eng kichigimiz edi. U idishdagi suvni lotos guli oldiga qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa hojatlarini chiqarib, bizning oldimizga chiqdilar. U zot chiqqanlarida suv bilan istinjo qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:29:51

486/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga kirsalar, men va men kabi bir bola idishda suv va tayokcha ko‘tarib borar edik. U zot esa suv bilan istinjo kilardilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:30:01

487/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga borib ichlarini bo‘shatadigan bo‘lsalar, men suv olib borar edim, u zot esa o‘sha suv bilan yuvar edilar».

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:30:18

22-bob Ikki mahsiga mash tortish haqida

488/1. Hammom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Jarir roziyallohu anhu bavl qilib, so‘ngra tahorat olib va mahsilari ustiga mash tortdilar. U kishiga: «Mahsingizga mash tortyapsizmi?» deyilganida, u zot: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bavl qilib, so‘ngra tahorat olib va mahsilari ustiga mash tortganlarini ko‘rdim», dedilar.

Ibrohim: «Bu hadis Abdullohning ashoblarini qiziqtirar edi. Chunki Jarir roziyallohu anhuning Islomga kirishlari Moida surasi nozil bo‘lganidan keyin edi», dedilar.

(Alloh taolo Moida surasida «Yuzlaringizni hamda qo‘llaringizni chig‘anoqlarigacha yuvingiz, boshlaringizga mash tortingiz va oyoqlaringizni oshiqlarigacha yuvingiz», degan. Agar Jarir roziyallohu anhu mana shu oyat tushishidan oldin Islomga kirganlarida yuqorida aytgan hadislari mana shu oyat tushishi bilan mansuh bo‘lib amaldan qolar edi. Demak, bu oyat tushganidan keyin Islomga kirganlari uchun bu hadisga amal qilinishini va oyatdan maqsad mahsisi yo‘q kishi oyoq yuvishi lozimligini bildik... - tarj.)

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:30:34

489/2. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga (yurib) qavm axlat to‘kadigan joyda to‘xtadik. U zot esa tik turib bavl qildilar, men esa o‘zimni chetga olgan edim, u zot: «Yaqinroq kel», dedilar. Men esa u zotga yaqin kelib, hatto orqa tomonlarida tik turdim. U zot tahorat qilib ikki mahsilari ustiga mash tortdilar».

Foyda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tik turib bavl qilishlariga sabab u zotning bellari yo tizzalari og‘rigani yoki atrof iflos va axlat bo‘lgani uchun edi. «Yaqinroqqa kel», deyishlariga sabab atrofdagilardan to‘sishlari uchun edi.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:30:44

490/3. Abu Voil roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abu Muso roziyallohu anhu bavl to‘g‘risida qattiq yo‘l tutib, butilkaga bavl qilardilar va «Bani Isroildan biror kishining badaniga siydik tegadigan bo‘lsa, qaychi bilan kesishar edi», deb aytardilar. Huzayfa roziyallohu anhu: «Men sohibingizni, ya’ni Abu Musoni bu xususda qattiq yo‘l tutmasliklarini yaxshi ko‘raman. Chunki mening Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga yurib borganimni ko‘rganingizda, u zot devor orqasidagi axlatxona oldiga borib, xuddi sizlardan biringiz tik turgani kabi tik turib bavl qildilar. Uzimni chetga olgan edim, u zot menga ishora qildilar, men esa u zotning orqalarida tik turganimda bavl qilib bo‘ldilar», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:30:53

491/4. Urva ibn Mug‘iyra otalari Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan, u zot esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojat chiqarish uchun (hojatxonaga) chiqqanlarida Mug‘iyra roziyallohu anhu suv quyilgan idish olib u zotning orqalaridan ergashdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatlarini chiqarib bo‘lgan paytda Mug‘iyra roziyallohu anhu suv quyib berdilar. U zot esa tahorat qildilar va ikki mahsilariga mash tortdilar.

Ibn Rumhning rivoyatida arabcha matndagi «hiyna» o‘rniga «hatta» kalimasi aytilgan.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «U zot yuzlari va qo‘llarini yuvib, boshlariga mash tortdilar, so‘ngra mahsilari ustiga mash tortdilar» kalimasi ziyoda qilingan.

Qayd etilgan