So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 256725 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 ... 68 B


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:40:24

532/2. Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Bir payt men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga qora duxoba kiyim kiyib yotib, to‘satdan hayz ko‘rib qoldim. Va sekin tisarilib chiqib ketmoqchi bo‘lib tursam, u zot hayz ko‘rgan kiyimimdan ushlab: «Qon chiqib ketdimi?» dedilar. Men: «Ha», degan edim, u zot meni o‘z huzurlariga chaqirdilar. Haligi qora duxoba kiyimimni kiygan holda u zot bilan birga yotdim», dedilar. Qizlari Zaynab: «Ummu Salama va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat sababli bir idishda g‘usl qilishdi», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:40:39

3-bob Hayz ko‘rgan xotin eri boshini yuvib, sochlarini tarab ko‘yishi, u xotindan kolgan koldiq (taom) pok bo‘lishi va u kabi xotinning ko‘yniga suyanib yotish hamda suyanib Qur’on kiroat kilish joiz ekani haqida

533/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam e’tikof o‘tiradigan bo‘lsalar, boshlarini menga yaqin qilardilar. Men esa sochlarini tarab qo‘yar edim. U zot uyga faqat insonlar hojati tushadigan narsa uchun kirardilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:40:48

534/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar uyga hojat yuzasidan kiradigan bo‘lsam, u uyda kasal bo‘lsa, o‘tayotib undan ahvol so‘rayman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa masjidda turib boshlarini men tomonga kiritardilar. Men u zotning sochlarini tarab qo‘yar edim. U zot e’tikofda o‘tirganlarida faqat ehtiyojlari uchun uyga kirardilar», dedilar.

Ibn Rumhni rivoyatlarida esa «agar e’tikofda o‘tirishgan bo‘lishsa», deb ko‘plik lafzi ila kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:40:57

535/3. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu  alayhi  vasallam   qo‘shni  bo‘lgan   masjiddan  boshlarini   men tomonga chiqarardilar, men esa hayzli holatda bo‘lsam ham, boshlarini yuvib qo‘yar edim».

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:41:04

536/4. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Men xonamdalik paytimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlarini men tomonga yaqinlashtirardilar, men hayz ko‘rgan bo‘lsam ham, sochlarini tarab qo‘yar edim», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:41:16

537/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Men hayzlik paytimda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlarini yuvib qo‘yar edim», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:41:23

538/6. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Masjiddan joynamozni olib ber!» degandilar, men: «Hayzli bo‘lib qoldim», dedim. Shunda u zot: «Hayzing o‘zingning qo‘lingda emas», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:41:29

539/7. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga masjiddan joynamoz olib berishimni aytganlarida, men: «Hayz holatidaman», dedim. Shunda u zot: «Uzatavergin, chunki hayz sening qo‘lingda emas», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:41:39

540/8. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjiddalik paytlarida: «Ey Oisha, menga kiyimni uzatib yubor», dedilar. Oisha roziyallohu anho: «Men hayz ko‘rganman», dedilar. Shunda u zot: «Hayz ko‘rish sening qo‘lingda emas», degandilar, u onamiz uzatib yubordilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:41:47

541/9. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Hayzli holatimda (bir ichimlik) ichdim, so‘ngra uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzatdim. U zot og‘zimni qo‘ygan joyga og‘izlarini qo‘yib ichdilar. Va yana hayzli holatimda suyakni g‘ajib, so‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzatsam, u zot men og‘zimni qo‘ygan joyga og‘izlarini qo‘ydilar», deb aytdilar.

Zuhayr «so‘ng ichdilar» so‘zini zikr qildilar.

Qayd etilgan