So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257382 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 ... 68 B


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:43:34

552/5. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Umar ibn Xattob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga kechasi sodir bo‘lib qoladigan janobatni zikr qilganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tahorat qilib olatingni yuvib, so‘ngra uxlayvergin», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:43:42

553/6. Abdulloh ibn Abu Qays roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vitrlari haqida so‘rasam, u onamiz bu haqda zikr qildilar. Men: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat yetsa, nima qilardilar, uxlashdan oldin yuvinardilarmi yoki yuvinishdan oldin uxlardilarmi?» desam, Oisha roziyallohu anho: «Uning barchasini qilardilar, ko‘pincha yuvinib uxlardilar va ko‘pincha tahorat qilib uxlardilar», deganlarida, men: «Ishlarda kengchilik qilgan Allohga hamd bo‘lsin», dedim».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:43:52

554/7. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz ahli huzuriga (jinsiy aloqa niyatida) kelsa, so‘ngra yana ikkinchi marta xohlasa, tahorat qilib olsin», dedilar.

Abu Bakrning rivoyatlarida «ikki (jinsiy aloqa) o‘rtasida tahorat lozim, agar qayta bajarishni xohlasa» so‘zi ziyoda qilingan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:43:59

555/8. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotinlarini bitta g‘usl bilan aylanib chiqardilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:44:09

7-bob Ayollardan ham maniy chiqsa, g‘usl qilish shart ekani haqida

556/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ishoqning momolari Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, xotin kishi ham tushida erkak kishi ko‘radigan (tushni) ko‘rib, erkak kishiga yetadigan (maniy) u xotinda ham sodir bo‘lsa, nima qiladi?» deganlarida, o‘sha payt Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida Oisha onamiz ham bor edilar. U onamiz: «Ey Ummu Sulaym, ayollar haqida noqulay gapni aytding, ey qurmagur», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha roziyallohu anhoga: «Balki sen qurmagursan, ey Oisha. Ha, ey Ummu Sulaym, agar u narsani ayol kishi ham ko‘rsa, g‘usl qilsin», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:44:17

557/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ummu Sulaym roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ayol kishi ham tushida erkak kishi ko‘radigan narsani so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar o‘sha narsani ayol kishi ko‘rsa, g‘usl qilsin», dedilar. Ummu Sulaym roziyallohu anho: «Bu narsadan uyalib «Bu narsa bo‘ladimi?» desam, Allohning nabiysi: «Ha, bo‘ladi, unda (bola ota-onasiga) o‘xshashligi qaerdan bo‘ladi?! Albatta erkak kishi suvi quyuq, oq, ayol kishining suvi suyuq, sariqdir. Bu ikki suvdan qaysi biri oliy yoki g‘olib bo‘lsa, o‘shanga o‘xshaydi», dedilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:44:27

558/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir xotin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan erkaklar tushida ko‘radigan narsani ayol kishi ham tushida ko‘rsa, nima qilishi haqida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar u ayolda erkaklardagidek (maniy) sodir bo‘lsa, g‘usl qilsin», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:44:36

559/4. Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Albatta Alloh haqdan hayo qilmaydi (ya’ni, haqni bayon etishda pashshani zarbulmasal qilishdan ham to‘xtatmaydi). Agar ayol kishi ehtilom bo‘lib qolsa, g‘usl qiladimi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, agar suvni ko‘rsa», dedilar. Ummu Salama: «Ey Allohning rasuli, ayol kishi ham ehtilom bo‘ladimi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qurmagur, unaqada farzand qanday qilib onasiga o‘xshaydi?!» dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat «ayollar haqida noqulay gapni aytding» so‘zi ziyoda qilingan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:44:45

560/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Baniy Abu Talhaning onalari Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirib yuqoridagi hadisda kelganidek gapirdilar. Hadisning davomida Oisha roziyallohu anho: «Tuf senga! Ayol ana shuni ko‘radimi?» dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:44:54

561/6. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bir xotin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Ayol kishi suv chiqqanini ko‘rib ehtilom qilganini his etganda g‘usl qiladimi?» deb aytganida, u zot: «Ha, g‘usl qiladi», dedilar. Oisha roziyallohu anho u ayolga «Qurmagur», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qo‘yavergin, o‘xshashlik mana shu tomondan bo‘ladi. Agar ayolning suvi erining suvidan g‘olib kelsa, farzand tog‘alariga o‘xshaydi. Agar erkakning suvi xotinining suvidan g‘olib kelsa, farzand amakilariga o‘xshaydi», dedilar.

Qayd etilgan