So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257187 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 ... 68 B


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:51:00

582/2. Jubayr ibn Mut’im roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida janobatdan g‘usl qilish zikr etildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ammo men boshim ustidan uch marta suv oqizaman», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:51:10

583/3.  Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Saqif elchi guruhlari Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Biz yashaydigan yerlar sovuq joylardir. Biz u sovuq yerda qanday qilib g‘usl qilaylik?» deyishganida, u zot: «Men boshim ustidan uch marta suv oqizaman», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:51:16

584/4. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar janobat sababli g‘usl qiladigan bo‘lsalar, boshlari ustidan uch hovuch suvni olib quyardilar», deb aytganlarida, Hasan ibn Muhammad: «Mening sochim ko‘p-ku», dedilar. Shunda Jobir roziyallohu anhu: «Ey jiyanim, Rasulullohning sochlari sening sochingdan ko‘ra ko‘proq va xushbo‘yroq edi», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:51:29

12-bob G’usl qiluvchi ayol o‘rilgan sochini nima qilishi kerakligi haqida

585/1. Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Ey Allohning rasuli, mening sochim qattiq o‘rilgan, janobatdan g‘usl qilish uchun o‘rilgan sochimni yozib yuboramanmi?» desalar, u zot: «Io‘q, yozishing shart emas, balki boshing ustidan uch hovuch suv quyib, so‘ngra ustingdan quyasan-da, o‘sha bilan poklanasan», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta keltirilgan. Birida «Hayz yoki janobat sababli qilinadigan g‘uslda sochni yozamanmi?» so‘zi ziyoda qilingan. Ikkinchisida «U sochni yechib janobatdan g‘usl qilamanmi?» so‘zi ziyoda qilingan, lekin «hayz» so‘zi aytilmagan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:51:53

586/2. Ubayd ibn Umayr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Oisha roziyallohu anhoga xabar yetib qoldiki, Abdulloh ibn Amr xotinlari agar g‘usl qilishsa, sochlarini yozib yuborishga buyurardilar. Oisha roziyallohu anho: «Ibn Amr roziyallohu anhu ajoyib ekan-ku! Xotinlari agar g‘usl qilishsa, o‘rilgan sochlarini yozishga buyuradi-yu, nima uchun unda sochlarini oldirishga buyurmaydi?! Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bir idish(dagi suv)dan yuvinar edim-da, lekin boshim ustidan uch hovuch suv quyishdan boshqa narsani ziyoda qilmas edim. (Agar bundan boshqa amal bo‘lganda sochimni yozgan bo‘lar edim)», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:52:05

13-bob Hayz sababli g‘usl qiluvchi xotinning konga xushbo‘y paxta yoki (jun yo latta) ishlatishi mahbub ekani haqida

587/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bir xotin Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan hayzdan (poklanayotganda) qanday g‘usl qilishi haqida so‘raganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u xotinga qanday g‘usl qilishni o‘rgatib, so‘ngra: «Xushbo‘y paxta yoki (latta yo jun) olib, u bilan tozalaysan», dedilar. U xotin: «Qanday qilib u paxta bilan tozalayman?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh (ajablanilganda shunday deyiladi), uni paxta bilan tozalaysan-da», deb yuzlarini to‘sib oldilar. Sufyon ibn Uyayna qo‘li bilan u zotning yuzlariga ishora qildi. Oisha roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nimani xohlaganlarini bilib u xotinni o‘zimga tortdim-da, qonning izidan yurgizib (artasan), deb aytdim», dedilar. Ibn Abu Umarning rivoyatlarida «Qon izi o‘rniga qonlar izidan yurgizib (artasan)», deb aytilgan.

Bu yerda yuqorida hadis takror kelgan. Lekin «Xushbo‘y paxtani olgin-da, u bilan tozalagin», degandagi «tozalagin» so‘zi arabcha matnda «tavazzaiy» bo‘lib kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:52:17

588/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Asmo roziyallohu anho Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan hayz bo‘lgandagi g‘usl haqida so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz (yuvinadigan) suvining xushbo‘y o‘simligini olib (iflos bo‘lgan joylarini) tozalab, tahoratini chiroyli tarzda ado qilib, so‘ngra boshidan suv quyadi. Va shu asnoda boshini suyagigacha yetkazib qattiq ishqalab, keyin ustidan suv quyadi. So‘ngra xushbo‘y paxtani olib, u bilan tozalaydi», dedilar. Asmo roziyallohu anho: «Qanday qilib u bilan tozalaydi?» degandilaro, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh! Usha paxta bilan tozalaydi-da», dedilar. Oisha roziyallohu anho go‘yoki unga maxfiy qilib: «Ana shu paxta bilan qon asoratiga yurgizib (artasan)», dedilar. Keyin Asmo roziyallohu anho janobat bo‘lgandagi g‘usl haqida so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Suv olib (iflos bo‘lgan joylarni) tozalaydi va tahoratni chiroyli suratda yoki yetuk qilib bajaradi, so‘ngra boshini ustidan (suv) quyib, ishqab boshi suyagigacha yetkazadi. Keyin yana ustidan suv quyadi», dedilar. Oisha roziyallohu anho: «Ansoriya ayollar muncha ham yaxshi ayollarki, dinda faqih (bilimdon) bo‘lishdan hayolari man etmaydi, ya’ni dindagi zaruriy narsalarni so‘rashdan uyalishmaydi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta kelgan. Ikkinchisida janobatdan g‘usl qilish zikr etilmagan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:52:33

14-bob Istihoza qoni ko‘rgan xotin, uning g‘usl qilishi va namozi haqida

589/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Fotima binti Abu Hubaysh Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Men istihoza qoni ko‘raman-da, pok bo‘lmayman, shunda namozni tark qilamanmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Io‘q, bu narsa (ozil, deb ataluvchi) tomirdan keladigan qondir, hayz qoni emasdir. Agar bordi-yu, hayz qoni kelsa, namozni tark qilgin. Hayz qoni to‘xtasa, qonni o‘zingdan ketkazib (g‘usl qilgin-da), namozingni o‘qigin», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:52:41

590/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Ummu Habiba binti Jahsh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan fatvo so‘rab: «Men istihoza qoni ko‘rib turaman», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «G’usl qilgin-da, so‘ngra namoz o‘qigin», dedilar. Ummu Habibaga barcha namoz oldidan g‘usl qilish odat edi.

Lays ibn Sa’d roviylardan biri Ibn Shihobni zikr etmasdan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ummu Habiba binti Jahshga har namoz oldidan g‘usl qilishni buyurdilar. Lekin bu narsani faqat u o‘zi bajarar edi», dedilar. (Demak, bu narsa faqat Ummu Habiba uchun xos ekan... - tarj.) Ibn Rumhning rivoyatlarida Ummu Habiba so‘zini zikr qilmay, Ibnatu Jahsh deb aytish bilan kifoyalanganlar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:52:52

591/3. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotinlari tomonidan bo‘lgan qarindoshlari (xotinlari Zaynab binti Jahshning singillari), Abdurahmon ibn Avfning xotinlari Ummu Habiba binti Jahsh yetti yil hayz ko‘rib, bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan fatvo so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu narsa hayz qoni emas, lekin bu (ozil, deb ataluvchi) tomirdan keladigan qondir. Bas, sen g‘usl qilib namoz o‘qiyvergin», dedilar.

Oisha roziyallohu anho: «U singlisi Zaynab binti Jahshning xonasida tog‘orada g‘usl qilar, hatto suv ustiga qonning qizil rangi chiqib qolar edi», dedilar.

Ibn Shihob: «Men bu haqda Abu Bakr ibn Abdurahmonga gapirsam, u zot: «Alloh Hindni rahm qilsin, agar bu fatvoni tirikligida eshitganida, Alloh nomiga qasam, yig‘lar edi. Chunki u mana shunday holatda namoz o‘qimas edi», dedilar», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta Ibn Shihobning so‘zlariga takror kelgan.

Qayd etilgan