18-bob Yakka turilganda yalang‘och g‘usl qilish joiz ekani haqida
601/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bani Isroil (qavmi) yalang‘och yuvinib, bir-birlarining avratlariga qarayverishar edi. Muso alayhissalom esa yakka o‘zlari g‘usl qilardilar. Qavmdagilar: «Muso alayhissalomning biz bilan birga yuvinishdan faqatgina dabba ekani man qiladi, xolos», deyishdi. Kunlarning birida g‘usl qilayotib, kiyimlarini tosh ustiga qo‘ygandilar, tosh kiyimlarini olib qochdi. Muso alayhissalom: «Kiyimimni tosh (olib ketdi), kiyimimni tosh (olib ketdi)», deb uning ortidan tez yugurdilar. Bani Isroil qavmi Muso alayhissalom avratlarini ko‘rib qolib: «Alloh nomiga qasamki, Musoda kasallik yo‘q ekan», deyishdi. Tosh qo‘zg‘algan edi, u zotga nazar solindi. Muso alayhissalom kiyimlarini olib toshni ura boshladilar», dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Toshning oltita (urilgan) o‘rni yoki Muso alayhissalom toshni yetti marta urdilar», deb aytdilar.