21-bob Islomning ilk davrida jimo’ g‘uslni shart kilib qo‘ymasligi, faqat maniy tushsagina, shart ekani hamda (keyinchalik) bu hukm nasx bo‘lib (amaldan qoldirilib), jimo’ (xoh maniy tushsin, xoh tushmasin) g‘uslni shart kilib qo‘yishi haqida
606/1. Abdurahmon ibn Abu Said Xudriy otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, Abu Said Xudriy roziyallohu anhu: «Dushanba kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Qubo nomli joyga borish uchun (uydan) chiqdik. Bani Salim qabilasi oldiga yetib borganimizda u zot Itbon (Ibn Molik)ni eshigi oldida turib chaqirgandilar, u kishi ishtonlarini sudrab chiqib qoldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishini shoshiltirib qo‘yibmiz-ku!» degandilar, Itbon roziyallohu anhu: «Ey Allohning rasuli! Bir kishi xotini bilan qovushgan-u, lekin maniysini to‘kmagan bo‘lsa, nima qiladi?» dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta suv suvdandir (ya’ni, maniy suvi uchun g‘usl lozim)», dedilar», deb aytdilar.