So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 256869 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 61 62 63 64 65 66 67 68 B


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:16:32

632/4. Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotinlaridan ba’zisining uy hayvoni (qo‘yi) o‘lib qolganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning terisini olib foydalanmaysizlarmi?» dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:16:38

633/5. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maymunaning qulining (o‘lgan) qo‘yi oldidan o‘tayotib: «Uning terisidan foydalanmaysizlarmi?» dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:16:45

634/6. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar teri oshlansa, u pokdir», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:16:51

635/7. Abulxayr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Ibn Va’la as-Sabaiyda mo‘yna ko‘rib qolib, uni ushlab ko‘rdim. Ibn Va’la: «Nimaga ushlayapsan?» dedilar. Men Ibn Abbosdan bu haqda so‘rab: «Biz Mag‘rib (Marokash)da ekanimizda, biz bilan birga barbar va majusiylar bor edi. Ular qo‘chqor keltirib, uni so‘yishar edi. Biz esa ular so‘ygan narsani yemas edik. Va yana yog‘ solingan idishlarni olib kelishar edi», desam, Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Biz ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu (teridan ishlangan idish) haqida so‘rasak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni oshlashlik ila pok bo‘ladi», dedilar», deb aytdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:16:58

636/8. Ibn Va’la as-Sabaiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Ibn Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan «Biz Mag‘ribdalik paytimizda majusiylar suv va yog‘ solingan (teridan ishlangan) idish olib kelishar edi», deb so‘rasam, u zot: «Ichavergin», dedilar. Men: «Bu haqda biror fikr bilasizmi?» desam, Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Oshlashlik bilan (teri) pokdir», deganlarini eshitganman», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:17:13

28-bob Tayammum haqida

637/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga safarlarning ba’zisiga chiqib, Baydo yoki Zotuljayshga (bu makon Madina bilan Haybar oralig‘idir) yetib borganimizda (bo‘ynimdagi) marvarid uzilib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u zot bilan birga boshqa odamlar ham (o‘sha marvaridni) qidirishdi. Usha payt ular suvlik yerda ham emasdilar. Va o‘zlari bilan birga suvlari ham yo‘q edi. Odamlar Abu Bakr roziyallohu anhu huzurlariga kelib: «(Qizing) Oisha nima qilganiga qaramaysanmi? U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u zot bilan birga bo‘lgan kishilarni to‘xtatib qo‘ydi. Ular suvlik yerda ham emaslar, o‘zlarida suv ham yo‘qdir», deyishdi. (Otam) Abu Bakr kelganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlarini sonim ustiga qo‘yib uxlab qolgandilar. Otam: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va odamlarni suv bo‘lmagan yerda hamda o‘zlarida ham suv yo‘qligida ushlab qoldingmi?» deb meni Alloh xohlaganicha nimalarnidir aytib ayblab, qo‘llari bilan niqtadilar. Niqtaganlarida mening harakatlanishimdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sonimga (boshlarin qo‘yib) uxlaganlari man etardi, xolos. U zot mana shu hodisa sababli suvsiz qoldilar. Shunda Alloh taolo tayammum oyatini nozil qildi. Barchalari (tuproqqa) tayammum qilishdi. Boshliqlardan biri Usayd ibn Huzayr: «Ey Abu Bakr oilalari, bu sizlarning avvalgi barakalaringiz emas (ya’ni, Oisha roziyallohu anho bundan boshqa hukmlar tushishiga sababchi bo‘lgandilar)», dedilar. Minib olgan tuyamni qo‘zg‘atgan edik, marvaridni uning ostidan topdik».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:17:25

638/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz Asmo roziyallohu anhodan (taqib turish uchun) marvaridni olganlarida yo‘qotib qo‘ydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan bo‘lgan kishilarni u marvaridni qidirish uchun yuborganlarida namoz vaqti bo‘lib qoldi. Ular (suv yo‘qligi sababli) tahoratsiz namoz o‘qishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelishganida bu narsani u zotga shikoyat qilishdi. Shunda tayammum oyati nozil bo‘ldi. Usayd ibn Huzayr roziyallohu anhu: «Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin. Alloh nomiga qasamki, Alloh sizga nimani tushirgan bo‘lsa, undan chiquvchi yo‘lni ham tayin etib, o‘sha narsani esa musulmonlar uchun baraka qilgan», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:17:32

639/3. Shaqiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Abdulloh va Abu Musolar bilan birga o‘tirgan edim. Abu Muso roziyallohu anhu: «Ey Abu Abdurahmon, ya’ni Abdulloh, agar bir kishi junub bo‘lib qolib bir oy suv topa olmasa, namozni nima qiladi?» deganlarida, Abdulloh roziyallohu anhu: «Agar bir oy suv topmasa ham, tayammum qilmaydi», dedilar. Abu Muso roziyallohu anhu: «Unda mana bu Moida surasidagi «Agar suv topa olmasangiz, pokiza tuproq bilan tayammum qilingiz (ya’ni, yuzingiz va qo‘llaringizni pokiza tuproq bilan silangiz)» oyati haqida nima deysiz?»   degandilar,   Abdulloh   roziyallohu   anhu:    «Agar   ularga   bu oyatdagidek ruxsat berilsa, suv sovuq bo‘lsa ham, pok tuproq bilan tayammum qilaverishadi», dedilar. Abu Muso roziyallohu anhu Abdulloh roziyallohu anhuga: «Ammor roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni bir yumush bilan yuborgandilar, men junub bo‘lib qolib, suv topa olmadim. Va hayvon tuproqqa belangani kabi belanib (ya’ni, tayammum qilib namoz o‘qiyverdim), so‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib zikr qilsam, u zot: «Qo‘lingni mana shunday qilasan, deb aytishing kifoyadir», deb, so‘ngra qo‘llarini yerga bir zarba urib, so‘ngra chap qo‘llarini o‘ng qo‘llari usti, kaftlarini ichi va yuzlariga surtdilar», dedilar», deb aytdilar. Abdulloh roziyallohu anhu: «Umar roziyallohu anhu Ammorning so‘zlaridan qanoatlanmaganlarini ko‘rmaganmisan?» dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:17:39

640/4. Shaqiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abu Muso roziyallohu anhu Abdulloh roziyallohu anhuga yuqoridagi hadisda aytganlari kabi so‘z aytib hadisning davomida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana shunday bo‘ladi, deb aytshing kifoya qiladi», dedilar-da, so‘ngra qo‘llarini yerga urib, qo‘llaridagi g‘uborni qoqib, qo‘llarini yuzlari va ikki kaftlariga surtdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:17:47

641/5. Said ibn Abdurahmon ibn Abzo roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, bir kishi Umar roziyallohu anhu huzurlariga kelib: «Men junub bo‘lib qolib suv topa olmadim», deganida, Umar roziyallohu anhu: «Namoz o‘qimagin», dedilar. Ammor: «Ey mo‘minlar amiri, eslay olmaysizmi? Men va siz bir necha otliq bilan g‘azotdaligimizda junub bo‘lib qolib, suv topa olmadik. Siz esa namoz o‘qimadingiz. Lekin men tuproqqa ag‘anab (ya’ni, tayammum qilib) namoz o‘qidim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki qo‘lingni yerga urib, so‘ngra puflab, keyin ikki qo‘lingni yuzing va kaftingga surtishing kifoya qiladi», dedilar», deb aytdilar. Umar roziyallohu anhu: «Ey Ammor, Allohdan qo‘rqqin», degandilar, Ammor roziyallohu anhu: «Agar xohlasangiz, uni gapirmayman», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat Umar roziyallohu anhuning «Sen ega bo‘lgan narsani amalga oshiramiz», deb aytgan so‘zlari ziyoda qilingan.

Qayd etilgan