So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 256901 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 62 63 64 65 66 67 68 B


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:17:54

642/6. Ibn Abdurahmon ibn Abzo roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, bir kiish Umar roziyallohu anhu huzurlariga kelib: «Men junub bo‘lib qoldim-da, suv topa olmadim...», deb yuqoridagi hadisda kelganidek aytib, uning davomida Ammor roziyallohu anhuning «Ey mo‘minlar amiri, agar xohlasangiz, (ilmni yashirish sirasiga kirib qolmasam, Alloh sizga bo‘ysunishimni menga vojib qilgani uchun) mening ustimda Alloh buyurgan o‘sha haqqingizni (ado etib) uni biror kishiga gapirmayman», deb aytgan so‘zlari ziyoda qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:18:03

643/7. Ibn Abbos roziyallohu anhuning qullari Umayr roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men Maymuna roziyallohu anhoning qullari Abdurahmon ibn Yasar roziyallohu anhu bilan uchrashib qolib, Abuljahm ibn Horis ibn Simma Ansoriy huzurlariga kirdik. Abuljahm roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rib qoldim. U zot Jamal nomli quduq oldidan kelayotganlarida bir kishi yo‘liqib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa salomga alik olmadilar-da, devor tomonga yuzlanib, (undagi g‘ubordan) yuzlari va ikki qo‘llariga surtib, so‘ngra salomiga alik oldilar», deb aytdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:18:09

644/8. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bavl qilayotganlarida bir kishi u zotning oldilaridan o‘tayotib salom berdi. Lekin u zot alik olmadilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:19:21

29-bob Mo‘min kishi najas bo‘lmasligiga dalil haqida

645/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot junublik paytlarida Madina ko‘chalaridan birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan ko‘rishib qoldilar. Asta-sekin tisarilib ketdilar-da, g‘usl qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa Abu Hurayra roziyallohu anhuni yo‘qotib qo‘ydilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu qaytib kelganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Hurayra, qaerda eding?» dedilar. Abu Hurayra: «Ey Allohning rasuli, siz men bilan uchrashganingizda men junub edim. To yuvinib kelmaguncha siz bilan birga o‘tirishni o‘zimga ep ko‘rmadim», dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh (ajablanilganda shunday deyiladi)! Albatta mo‘min kishi najas bo‘lmaydi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:19:27

646/2. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot junublik paytlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqib qoldilar. Bu zot asta-sekin tisarilib (ketdilar-da), g‘usl qildilar. So‘ngra qaytib kelib: «Men junub edim», degandilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta mo‘min kishi najas bo‘lmaydi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:19:37

30-bob Junublik holatida va boshqa paytlarda ham Allohni zikr etish haqida

647/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam barcha paytlarda Allohni zikr qilaverardilar», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:19:48

31-bob Betahorat ovqat yeyishning joizligi, bunda karohiyat yo‘qligi hamda hojatxonadan chiqilgan zahotiyoq tahorat shart emasligi haqida

648/1. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonadan chiqqanlarida taom olib kelindi. Shunda u zot uchun tahorat qilib olishlari eslatildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Namoz o‘qishni xohlasam, o‘sha paytda tahorat qilaman», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:19:54

649/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik. U zot hojatxonaga (borib) keldilar. Oldilariga taom qo‘yildi va u zotga «Tahorat qilib olmaysizmi?» deyilgan edi, «Nima uchun, namoz o‘qirmidim? Agar namoz o‘qiydigan bo‘lsam, tahorat qilaman», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:20:00

650/3. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga ketib, qaytib kelganlarida u zot uchun taom tortiq qilindi. Hamda: «Ey Allohning rasuli! Tahorat qilib olmaysizmi?» deyishganida, u zot: «Nimaga, namoz uchunmi?» dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:20:10

651/4. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonadan bo‘shanib chiqqanlarida u zotga taom tortiq qilindi. Undan tanovul qilib suv ushlamadilar.

Amr ibn Dinor roziyallohu anhu Said ibn Huvayris roziyallohu anhudan qilgan rivoyatlarida quyidagilar ziyoda qilindi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Siz ovqatdan oldin tahorat qilmadingiz-a?» deyilganida, u zot: «Men namoz o‘qishni xohlamadim-da, agar xohlasam, tahorat qilaman», dedilar».

Amr roziyallohu anhu Saiddan bu hadisni eshitganlarini gumon bilan aytdilar.

Qayd etilgan