So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 256860 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 68 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:05:56

Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim

SAHIHI MUSLIM
(Ishonarli to'plam)

1-jild


Sahihi Muslim. 1-kitob



Muallif: Imom Muslim
Hajmi: 442 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish


MUNDARIJA

Imom Muslim haqlarida
Muqaddima
Iymon kitobi
Tahorat kitobi
Hayz kitobi

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:07:50

Imom Muslim xaqlarida       

Imom, hofiz, muhaddis Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim ibn Vard al-Qushayriy an-Nisoburiy hijriy 204 hijriy (milodiy 819) yili, ba’zi manbalarga ko‘ra esa, 206-821 yillarda Nisoburning Qushayr qishlog‘ida tug‘ilganlar. Dastlabki ta’limni otalari, o‘sha davrning yirik ulamosi Hajjojdan olganlar. 218 hijriy sanada shayxlari Yahyo ibn Yahyo at-Tamimiydan hadis eshitishni boshladilar.

12 yoshda Qur’oni karimni hifz qilganlar. 220 hijriy sanada haj fazrini ado etganlar.
Sifatlari — mukammal qomatli, soch-soqoli oq, bazzoz bo‘lganlar.

Avvalgi asrlarda hadis talabida safar qilish ahli hadisning shiori edi. Chunki sunnat va asarlarni biluvchilar Islom o‘lkalariga tarqalib ketishgan edi.

Imom Muslimning birinchi safarlari 220 hijriy sanada boshlangan edi. Makkada shayxlari Abdulloh ibn Maslama al-Qa’nabiydan hadis eshitdilar. Shuningdek, qaytayotganlarida Ko‘fada Ahmad ibn Yunus va bir nechta jamoadan hadis eshitib qaytdilar.

Ikkinchi safarlari 230 hijriy sanadan oldinroq bo‘ldi. Bunda ham ko‘plab o‘lkalarni hadis talabida kezib chiqdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:08:11

Kirib o‘tgan shaharlari nomi

1. Xuroson va uning atrofidagi shaharlar.
2. Ray shahri.
3. Iroq, Ko‘fa, Basra, Bag‘dod. Bu shaharlarga bir necha marta kirdilar.
4. Hijoz, Makka va Madina shaharlari.
5. Shom. Imom Xatib, Ibn Asokir, Sam’oniy va boshqalar Shomga kirganlarini isbotlashadi. Ammo Imom Zahabiy: «Shom atrofiga kirganlar, lekin Damashqqa kirmaganlar», deb aytdilar.
6. Misr.

Imom Muslimning hadis ilmida yetuk ekanliklariga kibor ulamolardan bir nechtalari guvohlik berishgan. Ulardan Ahmad ibn Salama Nisoburiy, Abu Zur’a, Abu Hotamlar guvoh bo‘lishgan.`

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:08:41

Imom Muslim hadis ilmining quyidagi sho‘‘balarida kuchli ekanliklari namoyon bo‘lgan:

1) Hadis ilmi;
Bu ilm hadisning matni, sanadi, nasslarining yod olingani, hadisdagi ixtilof va ziyodasini, hadisning sahih va zaifini hamda marfu’, mavqufi va maqtu’larini bilishdir.

Imom Muslimning shoh asarlari «Sahihi Muslim»dir. U zotning uzoq yillar davomidagi mashaqqatli mehnatlari va butun aql-zakovatlarining samarasi bo‘lgan ushbu asar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislariga bag‘ishlangan eng e’tiborli va muhim manbalardan biridir. Sahih deb e’tirof qilingan oltita sahih kitobining ikkinchisidir. Ilm ahllari orasida bu asar «Jome’» yoki «Musnad» nomlari bilan ham yuritiladi.

«Sahihi Buxoriy» va «Sahihi Muslim» Islom olamida haqli ravishda Qur’oni karimdan keyingi asosiy manbalar hisoblanadi. Imom Muslimning sahih kitoblari Buxoriyning sahih kitoblaridan keyingi o‘rinda turishiga butun ummat ittifoq qilishgan.

Bu haqda u zot o‘zlari: «Bu musnadga bir narsa kiritsam, faqat hujjat bilan kiritdim. Biror narsa tushirsam ham, faqat hujjat bilan tushirdim. Sahih kitobim o‘zim eshitgan uch yuz ming hadislardan tanlab olingan», deb aytdilar.

Uning tasnifi uchun o‘n besh yil vaqt ketdi. Mana shu yil mobaynida hadislarni to‘plab yig‘ganlari uchun ham Alloh bu kitobning martabasini ko‘tardi.`

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:09:01

2) Ilmu rijolil hadis;
Muhaddislar sanadlarni ajratishda e’timod qiladigan eng asosiy narsa shudir. Bunda ismlar, kunyalar, laqablar, nasablar o‘rganiladi.

3) Ilmul jarh vat-ta’dil;
Bunda hadis rivoyat qiluvchilarning kuchli yoki zaif ekanliklari tanqid qilinadi.

4) Ilmu ilalil hadis;
Bir hadis ilmining eng maxfiy hamda daqiq bo‘lagidir.
Imom Muslim shu fanlarda ko‘plab asarlar bitganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:09:11

Imom Muslim safarlari davomida ko‘plab shayxlardan hadis eshitganlar. Hofiz Zahabiy Imom Muslim sahihlarida rivoyat qilgan shayxlarini sanab 220 taga yetkazdilar. Ulardan mashhurlari:

1. Abdulloh ibn Maslama al-Qa’nabiy;
2. Ahmad ibn Hanbal;
3. Ishoq ibn Rohavayh;
4. Yahyo ibn Mu’iyn;
5. Ishoq ibn Mansur al-Kuvsaj;
6. Abu Bakr ibn Abu Shayba;
7. Abdulloh ibn Abdurahmon Doramiy;
8. Abu Kurayb Muhammad ibn A’lo;
9. Muhammad ibn Abdulloh ibn Numayr;
10. Abd ibn Humayd;

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:09:24

Imom Buxoriy, Zuhaliy va Ibn Madiyniylar ham u zotning ustozlaridan edi. Muslim ibn al-Hajjojning Imom Buxoriyga nisbatan muhabbatlari cheksiz bo‘lib, u zotga g‘oyatda izzat-ikrom va ehtirom ko‘rsatadilar. Bir kuni Imom Buxoriyning huzurlariga kelib, u zotni yuz-ko‘zlaridan o‘pib: «Ey ustodlarning ustodi, muhaddislarning sayyidi, illatli (noqis) hadislarning tabibi! Menga oyoqlaringizni o‘pishga ruxsat qiling», deb murojaat qiladilar. Imom al-Buxoriy Nishopurda turgan vaqtlarida u zotdan bir qadam ham ajralmasdan, ertayu kech u zotning yonlarida bo‘ldilar.

Imom Buxoriy Muslimning ustozlaridan biri bo‘lishlariga qaramasdan, u kishidan birorta hadis rivoyat qilib sahihlariga kiritmaganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:09:32

Imom Muslimning shogirdlari

1. Muhammad ibn Abdulvahhob al-Farro;
2. Abu Hotam Muhammad ibn Idris;
3. Abu Bakr Muhammad ibn Nazr ibn Salama;
4. Ali ibn Husayn ibn Junayd ar-Roziy;
5. Solih ibn Muhammad Jazora
6. Abu Iso at-Termiziy;
7. Ibrohim ibn Abu Tolib;
8. Ahmad ibn Salama Nisoburiy;
9. Abu Bakr ibn Huzayma;
10. Makkiy ibn Abdon;
11. Abdurahmon ibn Abu Hotam Roziy;
12. Abu Homid Ahmad ibn Muhammad Sharqiy;
13. Abu Avona al-Isfaroniy;
14. Ibrohim ibn Muhammad ibn Sufyon.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:09:40

Imom Muslimning bizga yetib kelgan asarlari

1. Sahihi Muslim;
2. Kunya val-asmo;
3. Al-Munfaridot val vahdon;
4. Tabaqot;
5. Rijolu Urva ibn Zubayr;
6. Tamyiz.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:09:47

Imom Muslimning bizga yetib kelmagan asarlari

1. Al-Musnad al-Kabir ‘alar rijal;
2. Al-Jomi’ al-Kabir ‘alal abvab;
3. Al-Ilal;
4. Al-Afrod;
5. Al-Aqron;
6. Suolotuhu Ahmad ibn Hanbal;
7. Hadisu Amr ibn Shu’ayb;
8. Intifo’ biahabis sibo’;
9. Mashoyixu Molik;
10. Mashoyixu as-Savriy;
11. Mashoyixu Sho‘‘ba;
12. Man laysa lahu illa rovin vohid;
13. Kitobul Muxzaramiyn;
14. Avlodus sahoba;
15. Zikru ahvolul muhaddisiyn;
16. Afrodi Shomiyyin.

Qayd etilgan