So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 201359 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 68 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:38:00

83/61. Affon ibn Muslim aytdilar: «Biz Ismoil ibn Ulayyaning huzurlarida edik. Bir kishi boshqa bir kishidan eshitgan hadisni gapirdi. Men: «U kishi hadis rivoyat qilishda ishonchli emas», dedim. Yonimdagi kishi: «Sen uni g‘iybat qilding», dedi. Shunda Ismoil: «G’iybat qilgani yo‘q, lekin uning hadis rivoyat qilishda ishonchli emasligini hukm qildi», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:38:07

84/62. Bishr ibn Umar aytdilar: «Said ibn Musayyabdan hadis eshitib, uni rivoyat qiluvchi Muhammad ibn Abdurahmon haqida Molik ibn Anasdan so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Tav’amaning quli Solih haqida so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Abu Huvayris haqida so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Ibn Abu Zi’b rivoyat qiluvchi Sho‘‘ba haqida so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Harom ibn Usmon haqida so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Ya’ni, Molikdan ana shu besh kishi haqida so‘raganimda, u zot: «Ular hadis rivoyat qilishda ishonchli emas», dedilar. Va yana bir kishi haqida so‘rasam, hozir uning ismini unutib qo‘ydim, Molik: «Kitobimda uning ismini ko‘rdingmi?» dedilar. Men: «Yo‘q», dedim. Molik: «Agar uning ismini kitobimda ko‘rganingda ishonchli bo‘lar edi», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:38:14

85/63. Hajjoj aytadilar: «Ibn Abu Zi’b Shurahbil ibn Sa’ddan bizga hadis aytdi. Holbuki, Shurahbil hadis rivoyat qilishda zaif, deb ayblangan edi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:39:06

86/64. Ibn Muborak aytdilar: «Agar menga Abdulloh ibn Muharrarni uchratish bilan jannatga kirish ixtiyori berilganida, Abdullohni uchratishni ixtiyor qilgan bo‘lar edim. Keyin uni ko‘rsam, hayvon tezagi menga Abdullohdan yaxshiroq ekan. (Chunki Abdulloh hadis gapirayotganda yolg‘onlarni qo‘shar edi)».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:39:40

87/65. Zayd ibn Abu Unaysa: «Inim (Yahyo)dan hadis rivoyat qilmanglar», deb aytdilar. (Chunki inilari Yahyo hadis rivoyatida zaif kishilardan edi.)

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:39:47

88/66. Ubaydulloh ibn Amr: «Yahyo ibn Unaysa yolg‘onchilardan edi», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:39:53

89/67. Hammod ibn Zayd aytdilar: «Ayub huzurlarida Farqad ibn Ya’qub as-Sabxiy zikr qilindi. Shunda u zot: «Farqad hadis ahlidan emas», deb aytdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:39:59

90/68. Abdurahmon ibn Bishr aytdilar: «Yahyo ibn Said al-Qatton huzurlarida Muhammad ibn Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayr al-Laysiy zikr qilindi. U zot uni juda zaif, dedilar. Shunda Yahyo ibn Saidga: «Bu Ya’qub ibn Atodan ham zaifmi?» deyilganida, Yahyo: «Ha, men biror kishining Muhammad ibn Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayrdan hadis rivoyat qiladi, deb o‘ylamas edim», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:40:06

91/69. Bishr ibn Hakimdan rivoyat qilinadi. «Yahyo ibn Said al-Qatton Hakim ibn Jubayr va Abdula’lolarni hadis rivoyat qilishda zaif, dedilar. Va yana Yahyo ibn Muso ibn Dinorni ham zaif sanab, rivoyat qilgan hadislari kuchsiz, dedilar. Hamda Muso ibn Dihqon va Iso ibn Abu Iso al-Madaniylarni ham zaif, dedilar». Hasan ibn Iso aytdilar: «Ibn Muborak menga: «Agar Jarir huzuriga borsang, uning barcha ilmini yozgin-da, lekin uch kishi orqali rivoyat qilgan bo‘lsa, yozmagin. U uchovi Ubayda ibn Muattib, Sariy ibn Ismoil va Muhammad ibn Solimlardir», deb aytdilar».

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:47:36

IYMON KITOBI

1-bob
Iymon, Islom, ehson bayoni hamda Allohning taqdiriga iymon keltirishning vojibligi, taqdirga ishonmaydigan kishilardan uzoq bo‘lishga dalillar va ular haqida aytilgan mubolag‘ali so‘zlar bayoni


Abulhusan Muslim ibn Hajjoj al-Qushayriy, ya’ni Imom Muslim: «Allohning yordami ila boshlaymiz va U bilan kifoyalanamiz. Bizning muvaffaqiyat qozonishimiz faqat Allohning iznidadir», deb aytdilar.

92/1. Yahyo ibn Ya’mar aytdilar: «Basrada taqdir haqida birinchi bo‘lib (noo‘rin) so‘z aytgan kishi Ma’bad al-Juhayniydir. Men va Humayd ibn Abdurahmon al-Himyariy haj yoki umra ibodatini bajargani borib, agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan biror kishini uchratsak, ana bular so‘zlayotgan taqdir haqida so‘raymiz, deb aytdik. Nogahon masjidga kiraverishda Abdulloh ibn Umar ibn Xattobni uchratib qoldik. Men va do‘stim u zotni ihota qilib, birimiz o‘ng tomondan, ikkinchimiz chap tomonlaridan o‘rab oldik. Do‘stim gap boshlashni menga topshirdi, deb gumon qildim. Men: «Ey Abu Abdurahmon (ya’ni, Abdulloh ibn Umar)! Biz tomonlarda ba’zi kishilar paydo bo‘lishdiki, ular Qur’on o‘qishadi, ilm talab qilishadi», deb ularning bir nechta fazilatlarini zikr qildim-da, «Lekin ular: «Qadar Allohning ilmidan bo‘lmagan, Alloh ham narsalarni sodir bo‘lganidan keyin biladi», deb aytishadi», desam, u zot: «Agar ana shunday so‘z aytuvchi kishilarga yo‘liqsang, mening ulardan va ularning mendan yiroq ekanliklari xabarini ber», dedilar. Va yana Abdulloh ibn Umar qasam ichib aytadiki: «Agar ana shunday so‘zni aytuvchilardan birining Uhud tog‘i miqdoricha tillasi bo‘lib, uni infoq qilsa ham, to qadarga (ya’ni, Allohning narsalar sodir bo‘lishini azaldan bilishiga) iymon keltirmagunicha Alloh uning sadaqasini qabul etmaydi», deb aytdilar. Keyin u zot: «Otam Umar ibn Xattob menga shunday gapirib berganlar», deb quyidagilarni zikr qildilar:

«Biz bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik, oppoq ko‘ylak kiygan, sochlari qop-qora bir kishi keldi. Unda safar asoratlari ko‘rinmas edi. Va ichimizdan biror kimsa u kishini tanimas edi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldilariga o‘ltirib, tizzasini tizzalariga yaqin qilib, kaftini o‘z soni ustiga qo‘ydi-da: «Ey Muhammad, menga Islomdan xabar bering», dedi. U zot: «Islom - Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad Uning rasuli, deb guvohlik bermog‘ing, namozni ado etishing, zakot berishing, ramazon ro‘zasini tutishing, agar yo‘lga qodir bo‘lsang, Baytullohni haj qilishing», dedilar. U kishi: «Rost gapirdingiz», dedi. Biz uning so‘rab, keyin o‘zi tasdiq etganidan ajablanardik. U kishi: «Menga iymon haqida xabar bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, qadarning yaxshisi-yu, yomoniga iymon keltirishing», deb aytdilar. U kishi: «Rost gapirdingiz», dedi-da, keyin «Ehson haqida xabar bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ehson - Allohga go‘yo Uni ko‘rib turgandek ibodat qilmog‘ingdir.

Agar sen Uni ko‘rmayotgan bo‘lsang, U seni ko‘rib turibdi», dedilar. U kishi: «Menga qiyomat haqida xabar bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘ralayotgan kishi so‘raguvchidan ortiq bilmaydi», dedilar. U kishi: «Qiyomatning alomatlaridan xabar bering» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Cho‘rining o‘z xojasini tug‘ishi, yalang oyoq, yalang‘och, faqir podachi-cho‘ponlar imoratni (kim o‘zarga) baland qilib qurishlarini ko‘rishing qiyomatning alomatlaridandir», dedilar. Keyin u kishi ketdi. Men uzoq vaqt (kutib) turdim. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey Umar! So‘rovchi kishi kim ekanini bildingmi?» dedilar. Men: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishi Jabroil edilar. Huzuringizga dinlaringizni ta’lim berish uchun keldilar», deb aytdilar».

Qayd etilgan