"Ko'mbe" (Turkiyaning Bolu viloyatiga oid xamirli yegulik)  ( 4127 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  21 Fevral 2013, 17:00:14

 :asl3:


Masalliqlar:


Xamiri:
"¢   1 stakan iliq sut (200 ml)
"¢   1 stakan iliq suv
"¢   1 stakan iliq qatiq
"¢   Yarim paket xamirturush (20 gr) yoki 1 qoshiq quruq droja
"¢   1 qoshiq tuz
"¢   0,5 qoshiq shakar
"¢    Olganichalik un (men tahminan 6 stakan un soldim, unni turiga qarab miqdor o’zgarishi mumkin,qo’lga yopishmaydigan xamir bo’lishi kerak)

Ich masalliqlari:
"¢    250 gr qiyma
"¢   1 dona yirik piyoz
"¢   2 dona pomidor
"¢   3 dona bulg’ori (agar bo’lsa uzun bulg’ori)
"¢   3 qoshiq yog’
"¢   1 dona tuxum, sarig’ini ustiga surtish uchun ishlatamiz.
"¢   tuz, murch
Xamir orasiga surtish uchun eritilgan saryog’: 5-6 qoshiq

Tayyorlanishi:
1.   Avvalo xamirimizni qoramiz. Xamirni 2 bo’lakka bo’lamiz. Birinchi xamir duxovka listi kattaligida (30-40 sm tahminan) yoyiladi, eritilgan saryog’ surtilib 4 bo’lak qilib tahlaymiz. Xamir tinishiÄŸ uchun chetga olamiz. 2-bo’lak xamirn ham yoyib, yog’ini surting, tahlab chetga oling. 
2.   Ich masalliqlarini tayyorlash uchun aval tovaga yog’imizni solamiz. Yog’ qizigandan keyin qiymamizni solib suvini tortguncha qovuramiz.
3.   Tog’ralgan bulg’ori va piyozni solamiz. 4-5 daqiqa qovurgandan keyin to’g’ralgan pomidorlarni solamiz.
4.   Pomidorlarni 4-5 daqiqa qovurgandan keyin tuz, murch solinadi va ilishi uchun olovdan olamiz.
5.   Duxovka listimiz yog’lanadi va xamirlardan biri listimizni kattaligida qo’l bilan (xamirga yog’ surilgani uchun yumshoq) yoki o’qlava bilan yoyiladi va listga qo’yiladi.
6.   Ustiga qiymali masalliqni hammasini solib, tekis qilib yoyamiz.
7.   Narigi bo’lak xamirni ham yana shu kattalikda yoyib, qiymali masalliqni ustiga yoyamiz.
8.   Tuxum sarig’ini 1 qoshiq yog’ bilan aralashtirib, xamirni ustiga surtamiz.
9.   Xohlagan kattalikda bo’laklarga bo’lib chiqamiz.
10.   200 darajada Ko’mbemizni usti va tagi qizarguncha pishirib olamiz.
11.   Pishib, biroz iligandan keyin ikrom etamiz, yoqimli ishtaha.



image upload


upload foto

Qayd etilgan