Muallif Mavzu: Ayolga ta'rif...  ( 3759 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Хадича

  • Mehmon
Ayolga ta'rif...
« : 01 Mart 2013, 13:43:58 »

Assalomu alaykum.


Odam Ato yaratilganda Momo Havo ham yaratilgan juft qilib. Odam Ato jinsi-ya'ni Erkaklar katta hurmat va ojizalar tomonidan itoat qilinishi kerak bo'lgan mavjudot hisoblanadi. Erkak-kishi oila posboni,hukmi va qarori hurmat va itoat qilinishi lozim bo'lgan,yer yuzida mukarram hisoblanadigan Allohning bandasidir.
Lekin Ayol kim ?

Biz Ayol deganda nimani  yoki kimni ko'z oldimizga keltiramiz...

Avvalgi zamon ayollari bilan hozirgi zamon ayollarini farqi nimada? ( ha yana o'sha eskirgan savol :) )

Asli Ayolga qanday ta'rif beriladi va Ayol asli qanday bo'lishi kerak...

Uning dunyosidagi his tuyg'u kechinmalari haqida ming yillarkim kitoblar bitiladi...

Ne ne allomalar Onani madh etganlari, Onasini yo'qotganlarning iztirobi, Ona deganda qalbidagi o'kinchni qayta tirnalishi sizga ham tanishdir...

Sizning fikringizcha, Ayol-kim...?
Unga qanday ta'rif berasiz...



Хадича

  • Mehmon
Javob: Ayolga ta'rif...
« Javob #1 : 01 Mart 2013, 15:11:18 »
Ayol bir sirli Olam. Asli bu mavzuni ochishga sabab ba'zi qarama qarshi fikrlarga to'qnashib qolganim uchun sizlarni ham fikringiz,tasavvuringizni bilishga qiziqdim. Bir mavzuda " Ayolni uydan faqat tobuti chiqishi kerak"degan gapni o'qib,o'ylab ko'rdim,shunda " asli Ayoli kim? odamlar ayol deganda nimani yoki kimni tushunadi"degan savol paydo bo'ldi.  Boshqa xalqlarni bilmadimu,bizchalikmasdur. Bizda oilada qiz tug'ilsa odamni yuz ko'rinishi o'zgaradi. Kimgadur " Qiz tug'ilibdi" desang " Hmm yaxshi" deb qo'yishadiyu,lekin o'g'il xushxabari bo'lsa "E qoyil, Umri bilan bergan bo'lsin. Xursandman. " va hokozo niyatlar ko'payadi.  Erkak choyxonada otamlashsa, qizi haqda gapirgisi kelmiy gapiradiyu,o'g'lini kerilib,ora orada " O'g'iltoy"  "  O'g'ilcham"   " Toychoq" " Polvonim" deb alqab qo'yishadi. Tog'ri,bu mavzu eskirib ketgan mavzu. Lekin farzand ne'mat. Birini biridan afzal ko'rib bo'lar ekanmi?  Tursunoy Sodiqova opamiz " Hayot tilsimi" kitoblarida judayam bir ibratli gap yozib o'tganlar:  " Onam dadamning ketidan musofir bo'ldi,aziyat tortdi. Ketma ket farzand dog'ini ko'rdi. Toshkentu Andijon mozorlarida onam sho'rlikning farzandlari sochilib yotibdi ( Onalari farzand dog'ini ko'ravergach shu farzand yashab ketsin deb Tursunoy deb ism qo'ygan ekanlar ) Sizga aytsam Onamning bir iqlimi,bir dunyosini hanuz singdirolmay hayratlanaman.  KIM O'ZI AYOL ? Kenglikda osmonmi,cheksizlikda dengizmi? Onamning ismi Ergashxon aya edi. Lekin hujjatlarda Xosiyatxon yozilardi. Shu tarzda yetmish to'rt yil yashadilar. Dadam o'tganlaridan keyin bir haqiqatni bilib qoldim va yuragim hayratdan uvishib qoldi. Xosiyatxon onam kundoshining ismi ekan. U kishi farzand ko'rishda qazo qilgan. Ikkinchi turmushi bo'lgan Onam o'sha ayol pasporti bilan yashab yuraveribdi.  " Onajon nega unday qildingiz. Bir umr birovni pasporti bilan o'tibsiz,a. " desam, " Hay hay. Unday dema ! O'zi o'tib ketibdi. Nomi ham o'chib ketsinmi ? -deb uzoq tin oldida so'ng qo'shib qo'ydi- Dadangni ko'ngli uchun  shunday qildim, bolam. Nima bo'lsa ham ko'z ochib ko'rgani-da..! -dedi. Ana sizga Ayol. Ana sizga uning Dunyosi..."  Bundan ortiq yana qanday so'z lozim. Ayol suyuklilari uchun o'zini qurbon qilishga tayyor. Siz Ayol matonatiga guvoh bo'lmaganmisiz...  Uzoqqa bormay o'z Onangizga bir nazar soling... Turmush ularni qanday toblagani,sinaganini shunchaki so'zda tushunish qiyin. Buning uchun huddi ulardek Ayol qalbi ,matonat va chidam ham kerak...

 

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Javob: Ayolga ta'rif...
« Javob #2 : 01 Mart 2013, 23:13:04 »
 :asl3:
Мен эсимни таниганимда аёл тимсолида икки шахсни кўрганман бири онам бири бувим (Дадамнинг онаси), Аллоҳ рахмат қилсин бувим жуда нурли муслима аёл эдилар, бобом рахматли малим (муаллим) дердилар нимагадир. Мен хаётимда улардек мулойим мехрибон тақводор зотни қайтиб кўрмадим, қачон кўчадан кирсам - келинг болам мана бу китобдан бир жойини чиқаролмадим кўзим яхши олмаяпди деб қўлимга Ñ‘ хикматни Ñ‘ Сўфи Оллоҳёрни туркийсини тутқазардилар, мен ўқиб берсам роса қувонардилар, худди фаришта эдилар мисоли, бобомдан кейин ўн йилча яшадилар лекин бирор марта тўй ва бошқа сабаб билан хам кўчага чиқмадилар. Шунгами ёки оиламизда қиз йўқлигигами нимагадир аёл зотига хурматим жуда юксак. Онамиз биз учун жаннатнинг ўзи,  Яна аёллар ўз эрлари учун дўзахдан пардадурлар, бу хам Аллохнинг катта бир мархамати.   Ð¢ÑžÒ“ри кўчада чойхонада ўтирганда асосан ўғил фарзандлар гапирилади ва мақталади, бунга сабаб Аллоҳ бизларга мақтаниш ва фахрланиш учун ўғилларни берган, асраб авайлаб ва химоя қилиб ўз хасмига топшириш учун омонат қилиб қизларни берган, шундай экан биз оталар ўзимизнинг  суюкли гавхарларимизни қандай қилиб мақтанайликки улар бизнинг қўлимизда омонат бўлсалар.
 ÐÐ³Ð°Ñ€ аёллар ўзларини лойиқ тутсалар Аллох уларни жуда мукаррам қилиб яратган. Мисол учун -Жаннат оналар оёғи остида - бунга ўз фарзандини аборт қилиб қийма-қийма қилган она хам кирадими, ёки пул учун бола туғиб сотган она, боласини туғиб сўнг ташлаб кетган оначи.
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
Javob: Ayolga ta'rif...
« Javob #3 : 04 Mart 2013, 14:41:46 »
Аёл аввало бу она демакдирю Менимча шу бир огиз суз аёл накадар улуг эканлигини исботидирю Бу биргина суз замирида бир олам маъно ётади

 

Mandan oldingi odam! Forumchilarga ta'rif

Muallif ikbaljohnBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 745
Ko'rilgan: 175222
So'nggi javob 06 Mart 2008, 14:44:01
muallifi Muzayyana
"Dangasa" kotlet- Lu'lu opadan ta'rif:)

Muallif AnsoraBo'lim Nonushta dasturxoni uchun yeguliklar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 5351
So'nggi javob 19 Dekabr 2011, 14:25:12
muallifi Ansora
"Begodi" - ossiyobintidan rasmli ta'rif:)

Muallif AnsoraBo'lim Quyuq taomlar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 5259
So'nggi javob 19 Dekabr 2011, 15:01:07
muallifi Ansora
"Kokoskakor" - Sakinadan ta'rif:)

Muallif AnsoraBo'lim Pishiriqlar, shirinliklar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 5296
So'nggi javob 19 Dekabr 2011, 15:19:58
muallifi Ansora
"Afg'on napaleoni" - Gulidan ta'rif:)

Muallif AnsoraBo'lim Tortlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 5921
So'nggi javob 19 Dekabr 2011, 15:21:45
muallifi Ansora