Ayolga ta'rif...  ( 8677 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Хадича  01 Mart 2013, 13:43:58


Assalomu alaykum.


Odam Ato yaratilganda Momo Havo ham yaratilgan juft qilib. Odam Ato jinsi-ya'ni Erkaklar katta hurmat va ojizalar tomonidan itoat qilinishi kerak bo'lgan mavjudot hisoblanadi. Erkak-kishi oila posboni,hukmi va qarori hurmat va itoat qilinishi lozim bo'lgan,yer yuzida mukarram hisoblanadigan Allohning bandasidir.
Lekin Ayol kim ?

Biz Ayol deganda nimani  yoki kimni ko'z oldimizga keltiramiz...

Avvalgi zamon ayollari bilan hozirgi zamon ayollarini farqi nimada? ( ha yana o'sha eskirgan savol :) )

Asli Ayolga qanday ta'rif beriladi va Ayol asli qanday bo'lishi kerak...

Uning dunyosidagi his tuyg'u kechinmalari haqida ming yillarkim kitoblar bitiladi...

Ne ne allomalar Onani madh etganlari, Onasini yo'qotganlarning iztirobi, Ona deganda qalbidagi o'kinchni qayta tirnalishi sizga ham tanishdir...

Sizning fikringizcha, Ayol-kim...?
Unga qanday ta'rif berasiz...



Qayd etilgan


Хадича  01 Mart 2013, 15:11:18

Ayol bir sirli Olam. Asli bu mavzuni ochishga sabab ba'zi qarama qarshi fikrlarga to'qnashib qolganim uchun sizlarni ham fikringiz,tasavvuringizni bilishga qiziqdim. Bir mavzuda " Ayolni uydan faqat tobuti chiqishi kerak"degan gapni o'qib,o'ylab ko'rdim,shunda " asli Ayoli kim? odamlar ayol deganda nimani yoki kimni tushunadi"degan savol paydo bo'ldi.  Boshqa xalqlarni bilmadimu,bizchalikmasdur. Bizda oilada qiz tug'ilsa odamni yuz ko'rinishi o'zgaradi. Kimgadur " Qiz tug'ilibdi" desang " Hmm yaxshi" deb qo'yishadiyu,lekin o'g'il xushxabari bo'lsa "E qoyil, Umri bilan bergan bo'lsin. Xursandman. " va hokozo niyatlar ko'payadi.  Erkak choyxonada otamlashsa, qizi haqda gapirgisi kelmiy gapiradiyu,o'g'lini kerilib,ora orada " O'g'iltoy"  "  O'g'ilcham"   " Toychoq" " Polvonim" deb alqab qo'yishadi. Tog'ri,bu mavzu eskirib ketgan mavzu. Lekin farzand ne'mat. Birini biridan afzal ko'rib bo'lar ekanmi?  Tursunoy Sodiqova opamiz " Hayot tilsimi" kitoblarida judayam bir ibratli gap yozib o'tganlar:  " Onam dadamning ketidan musofir bo'ldi,aziyat tortdi. Ketma ket farzand dog'ini ko'rdi. Toshkentu Andijon mozorlarida onam sho'rlikning farzandlari sochilib yotibdi ( Onalari farzand dog'ini ko'ravergach shu farzand yashab ketsin deb Tursunoy deb ism qo'ygan ekanlar ) Sizga aytsam Onamning bir iqlimi,bir dunyosini hanuz singdirolmay hayratlanaman.  KIM O'ZI AYOL ? Kenglikda osmonmi,cheksizlikda dengizmi? Onamning ismi Ergashxon aya edi. Lekin hujjatlarda Xosiyatxon yozilardi. Shu tarzda yetmish to'rt yil yashadilar. Dadam o'tganlaridan keyin bir haqiqatni bilib qoldim va yuragim hayratdan uvishib qoldi. Xosiyatxon onam kundoshining ismi ekan. U kishi farzand ko'rishda qazo qilgan. Ikkinchi turmushi bo'lgan Onam o'sha ayol pasporti bilan yashab yuraveribdi.  " Onajon nega unday qildingiz. Bir umr birovni pasporti bilan o'tibsiz,a. " desam, " Hay hay. Unday dema ! O'zi o'tib ketibdi. Nomi ham o'chib ketsinmi ? -deb uzoq tin oldida so'ng qo'shib qo'ydi- Dadangni ko'ngli uchun  shunday qildim, bolam. Nima bo'lsa ham ko'z ochib ko'rgani-da..! -dedi. Ana sizga Ayol. Ana sizga uning Dunyosi..."  Bundan ortiq yana qanday so'z lozim. Ayol suyuklilari uchun o'zini qurbon qilishga tayyor. Siz Ayol matonatiga guvoh bo'lmaganmisiz...  Uzoqqa bormay o'z Onangizga bir nazar soling... Turmush ularni qanday toblagani,sinaganini shunchaki so'zda tushunish qiyin. Buning uchun huddi ulardek Ayol qalbi ,matonat va chidam ham kerak...

 

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  01 Mart 2013, 23:13:04

 :asl3:
Мен ссимни таниганимда аёл тимсолида икки шахсни ксрганман бири онам бири бувим (Дадамнинг онаси), АллоÒ³ рахмат Ò›илсин бувим жуда нурли муслима аёл сдилар, бобом рахматли малим (муаллим) дердилар нимагадир. Мен хаётимда улардек мулойим мехрибон таÒ›водор зотни Ò›айтиб ксрмадим, Ò›ачон ксчадан кирсам - келинг болам мана бу китобдан бир жойини чиÒ›аролмадим ксзим схши олмаспди деб Ò›слимга ё хикматни ё Ссфи ОллоÒ³ёрни туркийсини тутÒ›азардилар, мен сÒ›иб берсам роса Ò›увонардилар, худди фаришта сдилар мисоли, бобомдан кейин сн йилча сшадилар лекин бирор марта тсй ва бошÒ›а сабаб билан хам ксчага чиÒ›мадилар. Шунгами ёки оиламизда Ò›из йсÒ›лигигами нимагадир аёл зотига хурматим жуда юксак. Онамиз биз учун жаннатнинг сзи,  Яна аёллар сз срлари учун дсзахдан пардадурлар, бу хам Аллохнинг катта бир мархамати.   ТсÒ“ри ксчада чойхонада стирганда асосан сÒ“ил фарзандлар гапирилади ва маÒ›талади, бунга сабаб АллоÒ³ бизларга маÒ›таниш ва фахрланиш учун сÒ“илларни берган, асраб авайлаб ва химос Ò›илиб сз хасмига топшириш учун омонат Ò›илиб Ò›изларни берган, шундай скан биз оталар сзимизнинг  суюкли гавхарларимизни Ò›андай Ò›илиб маÒ›танайликки улар бизнинг Ò›слимизда омонат бслсалар.
 Агар аёллар сзларини лойиÒ› тутсалар Аллох уларни жуда мукаррам Ò›илиб сратган. Мисол учун -Жаннат оналар оёÒ“и остида - бунга сз фарзандини аборт Ò›илиб Ò›ийма-Ò›ийма Ò›илган она хам кирадими, ёки пул учун бола туÒ“иб сотган она, боласини туÒ“иб сснг ташлаб кетган оначи.

Qayd etilgan


Muxsiya  04 Mart 2013, 14:41:46

Аёл аввало бу она демакдирю Менимча шу бир огиз суз аёл накадар улуг сканлигини исботидирю Бу биргина суз замирида бир олам маъно ётади

Qayd etilgan