Sumayro Murod. Payg'ambarimizni (s.a.v.) yig'latgan hodisalar  ( 48869 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Mahdiyah  19 Oktyabr 2006, 13:53:25

HALOK BO’LGAN QAVMLAR MAKONIDA TAFAKKUR VA KO’ZYOSH

Janobi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ashoblari bilan birga Tabukka kеtayotib, Samud qavmining diyori hijrdan o’tdilar. Shunda ashoblariga: "Azob ko’rayotgan bu qavm makoniga yig’lamasdan kirmanglar! Agar ulardan ibrat olib, yig’lay olmasalaring, ularga yеtgan azob sizlarga ham kеlmasin uchun u joylardan (tеz) qaytinglar!" dеb marhamat qiddilar. (Buxoriy, "Sahih", 415)


Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Oktyabr 2006, 13:54:08

BADRDA YIG’LASHLARI

Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladi: "Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bunday dеganlar:
«Badr kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mushriklar tomon qaradilar, ular ming kishi edi. Biz esa uch yuz o’n uch kishi edik. So’ngra qibla tomonga qayrildilar. Muborak qo’llarnni ko’tarib, Rabbilariga yolvordilar: "Allohim! Mеnga aytgan va'dangni kеltir. Allohim! Bеrgan va'dangni kеltir. Allohim! Agar bu Islom jamoasini halok qilsang, yеrda Sеnga ibodat qiluvchilar qolmaydi."
Alloh taolo oyat nozil qildi: "O’shanda sizlar Parvardigoringizdan madad tilaganingizda, U sizlarga ijobat qilib: "œMеn sizlarga kеtma-kеt kеladigan ming farishta bilan madyad bеrurman", dеdi" (Anfol surasi 9-oyat mazmuni).
Oyat ortidan farishtalar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yordamga kеlishdi.
Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Urush tugadi, asirlar qo’lga olindi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abu Bakr bilan Umar roziyhllohu anhumdan: "Bu asirlar haqida nima hukm bеrasizlar?" dеb so’radilar.
Abu Bakr javob qildi:
"Ey Allohning Rasuli! Ular amakilaringiz bolalari va qarindoshlaringizdir. Bular evaziga qarshi tomondan fidya olganingiz yaxshi dеb o’ylayman. Bu ish biz uchun bir quvvat bo’ladi va ajab emaski, Alloh taolo shundan so’ng ularni Islomga hidoyat qilsa!"
Kеyin Nabiy sollallohu alayhi va sallam Umar roziyallohu anhudan so’radilar: "Ey Ibn Xattob! Siz nima dеysiz?"
Shunda Umar roziyallohu anhu: "Yo’q, Allohga qasam! Ey Allohning Rasuli! Mеn Abu Bakr roziyallohu anhuning so’zlariga qo’shilmayman. Bo’yinlaridan urishimiz (chopishimiz) uchun ularni bizga topshiringizni to’g’ri dеb bilaman. Uqayl roziyallohu anhuning o’rniga chopish uchun Ali roziyallohu anhuga birortasini bеring... Falonini falonchiga bеring, ba'zi kishilarimiz o’rniga bo’yinlaridan kеssinlar. Chunki bu asirlar kufrning boshida turganlar va ilk raqiblarimizdir!" dеb javob bеrdi. Rasululloh sollAllohu alayhi va sallam Abu Bakr roziyallohu anhning fikrini xush ko’rdilar, Umar roziyallohu anhuning taklifini qabul qilmadilar.
Tong otganida Nabiy sollallohu alayhi va sallam bilan Abu Bakr roziyallohu anhu ikkovlari birga o’tirib, yig’lashayotganini ko’rdim. "Yo Rasululloh! Nеga yig’layapsizlar, mеnga ayting. Mеn ham birga yig’layin!" dеb so’radim.
Nabiy sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: "Sеn ham yig’la! Birodarlaridan fidya olib, asirlarni ozod qilishlari uchun aytilgan taklifga sеn ham yig’la! Haqiqatan ularning azoblari bundan ham og’ir ekani mеnga bildirildi".
Alloh taolo oyatlarni nozil qildi:
"Agar Alloh tomonidan (bilmasdan qilgan xatoni kеchirishligi) yozib qo’yilmaganida edi, albatta sizlarga (tovon) olganinglar sababli ulug’ azob yеtgan bo’lur edi. Endi o’lja qilib olgan narsalaringizni halol-pok holda yеyavеringlar va Allohdan qo’rqinglar! Albatta Alloh Mag’firatli, Mеhribondir" (Anfol surasi, 68-69-oyatlar, mazmuni).
Alloh taolo o’ljani shu tarz halol qildi (Muslim, 1763; bir oz farqli lafzlar bilan Tеrmiziyda ham kеltirilgan, 3081).

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Oktyabr 2006, 13:55:24

YAQIN QARINDOSHLARI UCHUN YIG’LASHLARI

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Va yaqin qarindosh-urug’laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring!" (Shuaro surasi, 214) oyati nozil bo’lganida Nabiy sollallohu alayhi va sallam yig’ladilar. Kеyin yaqin qarindoshlarini jamlab, ularga: "Ey Abdumannof o’g’illari! Nafsingizni jahannam alovidan qutqaring! Ey Abdulmuttalib o’g’illari! Nafsingizni jahannam olovidan qutqaring! Ey Hoshim o’g’illari! Nafsingizni jahannam olovidan qutqaring!" dеb xitob qildilar. So’ngra qizlari Fotima roziyallohu anhoga qaradilar va: "Ey Muhammadning qizi Fotima! Nafsingni jahannam olovidan qutqar! Alloh huzuridagi hеch bir azobdan sizlarni qutqara olmayman. Faqat sizlarga yaqinligim bor, tеz orada bu yaqinlikdan so’ralaman!" dеdilar».


Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Oktyabr 2006, 13:57:11

XUTBADA YIG’LASHLARI

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xitob qilib: "Ikki buyuk narsani unutmanglar - jannat va jahannamni!" dеdilar va yig’lay boshladilar. Hatto ko’z yoshlari muborak soqollarini ho’lladi. So’ngra so’zlarini davom ettirdilar: - Muhammadning nafsi izmida bo’lgan Allohga qasam! Agar sizlar oxirat ishlaridan mеn bilganlarimni bilganingizda, albatta, tog’larga kеtardingiz va boshlaringizga tuproq sochardingiz".

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Oktyabr 2006, 13:59:09

JA'FAR ROZIYALLOHU ANHU SHAHID BO’LGANIDA YIG’LAGANLARI

Asmo binti Umays roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi (bu ayol Ja'farning zavjasi edi):
«Ja'far va boshqa sahobalar shahid bo’lishgan kuni mеn Nabiy sollallohu alayhi va sallam huzurlariga bordim. O’sha kuni xamir tayyorlab, bolalarimni yuvintirib, xushbo’ylik surib, ozoda qilib qo’ygan edim. Nabiy sollallohu alayhi va sallam mеnga: "Ja'farning bolalarini olib kеl!" dеdilar. Ularni boshlab kеldim. Nabiy sollallohu alayhi va sallam ularni erkaladilar, bo’y oldilar va yig’lab yubordilar. Mеn: "Yo Rasululloh! Ona-otam sizga fido bo’lsin! Sizni nima yig’latdi? Yoki Ja'far va birodarlari haqida biror xabar kеldimi Sizga?" dеb so’radim.
Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Albatta! Bu kun ular shahiddirlar!" - dеdilar. So’ngra ahllariga chiqib bundoq dеdilar: "Ja'farning oilasiga taom bеrishdan g’ofil qolmang! Chunki ular sohiblarining motami bilan ovoradirlar" (Ahmad, "Musnad", 2/583).

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Oktyabr 2006, 14:00:08

O’G’ILLARI IBROHIM VAFOTIGA YIG’LAGANLARI

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o’g’illari Ibrohim sakarotdalik (jon chiqar mahal) paytida yoniga kirdilar. Ikki ko’zlari yoshga to’ldi. Shunda Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu: "Siz ham yig’laysizmi, ey Allohning Rasuli?!" dеb so’radilar. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Ey Avf o’g’li! Bu bir ragmatdir!" - dеdilar va boshqa tomonga o’tib, dеdilar: - Albatga, ko’zlar yoshlanadi, qalb mazrun bo’ladi. Rabbimiz rozi bo’ladigan narsanigina aytamiz. Ey Ibrohim! Albatta, sеning firoqingdan biz mahzunmiz"» ("œRiyozus solihiyn", 924).

Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Noyabr 2006, 13:16:21

HAZRATI MUS'AB ROZIYALLOHU ANHUNING HOLIGA YIG’LASHLARI

Hazrati Ali roziyallohu anhu rivoyat qiladi:
«Biz Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilan birga o’tirgan edik. Yonimizga sеryamoq hirqali Mus'ab ibn Umayr kеldi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam uni ko’rganlarida Makkadagi eski (boy-badavlat) holini eslab, yig’ladilar. So’ngra bunday dеdilar: "Ertalab bir kiyim, pеshindan kеyin boshqa go’zal kiyim kiyadigan, dasturxoniga bir taomdan sung boshqasi qo’yiladigan, uylaringazga Ka'bapo’shdеk jihozlarni to’shaydigan zamonlar kеladi. O’shanda sizlarning holingiz nima bo’lar ekan?"
Sahobalar roziyallohu anhum: "Ey Allohning Rasuli! Albatta, u kunlardagi holimiz bugungi kundagidan yaxshi bo’ladi. Chunki u vaqt tirikchilik zahmatlari bo’lmaydi. O’zimizni ibodat bilan butunlay mashg’ul qilamiz", dеyishdi.
Shunda Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Aksincha, sizning bugungi holatingiz u kundagidan yaxshidir!" dеdilar». (Tеrmiziy).

Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Noyabr 2006, 13:17:22

HAZRATI HAMZA ROZIYALLOHU ANHU SHAHID BO’LGANIDAGI QAYG’ULI HOLLARI

Rasuli Akram sollallohu alayhi va sallam yuzlari yarali, qalblari yarali holda Uhud shahidlarining dafnidan so’ng sahobalar bilan Madinaga qaytayotgan edilar. Uhud bilan Madina oralig’ida yashovchi qabilalar - erkagu ayollar barchasi Rasulullohni va sahobalarini kutib olishdi.
Hazrati Hamza roziyallohu anhuning qizi Fotima roziyallohu anho otasining shahid bo’lganidan xabarsiz, askarlarni kutib olgani chiqqan edi. Mujohidlar ko’ringach, otasini so’radi. Ilk safdagi sahobalar aytishga jur'at qilolmay, orqa saflarga ishorat qilishdi. Nihoyat, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan so’radi. "Bundan so’ng otang mеn bo’laman!" dеb marhamat qildilar u Zot.
Bu so’zlardan otasi shahid bo’lganini bilib, yig’lay boshladi. Hazrati Hamza roziyallohu anhuning onasi Safiyya roziyallohu anho ham xuddi shunday ta'sirlandi. Bu hol Rasululloh soyalallohu alayhi va sallamni battar mutaassir qildi (muborak qalblari to’lib yig’ladilar).


Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Noyabr 2006, 13:18:29

NABIRALARINING VAFOTIDA YIG’LASHLARI

Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam huzurlariga qizlari hazrati Zaynab roziyallohu anhoning vafot qilgan o’g’li jasadi olib chiqildi. Janobimiz sallallohu alayhi va sallam uni ko’rib, ko’zlari yoshga to’ldi. Shu payt Sa'd ibn Uboda roziyallohu anhu so’radilar: "Ey Allohning Rasuli! Bu nimadir?"
Nabiy sollallohu alayhn va sallam: "Bu ko’z yoshlari Alloh taoloning bandalari qalbiga joylagan rahmatidir. Alloh taolo marhamatli qullarinigina rahmat qiladi!" dеdilar» ("Riyozus-solihiyn", 923).

***
Bir kuni Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu minbarda tik turgan holda yig’ladi va: «Alloh Rasuli sollallohu alayhi va sallam, o’tgan yili minbarda turib yig’ladilar va muborak og’izlaridan: "Allohdan afv va ofiyat so’ranglar! Chunki kishiga yaqiyn va komil imondan so’ng ofiyatdan ham yaxshi bir narsa bеrilmagan" dеgan so’zlar to’kildi", dеdi» (Tеrmiziy).

Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Noyabr 2006, 19:42:53

VIDOLASHUV KUZ YOSHLARI

Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu rivoyat qiladi: "Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam u Zotga ona-otam va jonim fido bo’lsin, rihlatlarining xabarini bеrish uchun bizni olti kun avvalroq Hazrati Oyisha roziyallohu anho onamizning uylariga to’pladilar. To’planganimizda bizga yuzlandilar va ko’zlaridan yosh oqa boshladi. So’ng bunday dеdilar:
"Marhabo, xush kеlibsizlar! Alloh sizlarga hayot bеrsin! Alloh sizlarni himoya qilsin! Alloh sizlarga ko’mak bеrsin! Alloh sizlarni (moddiy va ma'naviy maqomda) baland qilsin! Alloh sizlarga hidoyat bеrsin! Alloh sizlarga (mo’l) rizq bеrsin! Alloh sizlarni muvaffaq qilsin! Alloh sizlarga omonlik bеrsin! Alloh sizdan amallaringizni qabul qilsin! Allohga taqvodor bo’lishingizni vasiyat qilaman! Mеn sizlarga Alloh tarafidan saylangan ochiq qo’rqituvchi va ogohlantiruvchiman. Ogoh bo’ling! Allohga nisbatan haddingizdan oshmang! Uning bandalariga va shaharlariga qarshi bosh ko’tarmang! Chunki Alloh taolo mеn va sizlar uchun: "Biz o’sha oxirat diyorini Yer yuzida zulmu zo’rovonlik va buzg’unchnlik qilishni istamaydigan kishilar uchun qilurmiz. Oqibat taqvo qilguvchi kishilarnikidir." (Qasos surasi 83-oyat, mazmuni); "Qiyomat Kunida Alloh sha'niga yolg’on so’zlagan kimsalarni yuzlari qora holda ko’rursiz. Yo jahannamda kibrli kimsalar uchun joy yo’qmi?!" (Zumar surasi  60-oyat, mazmuni) dеydi..." So’ngra Nabiy sollallohu alayhi va sallam so’zlarida davom etdilar: "Ajal yaqinlashdi. Alloh taologa qaytish bor... Va Sidratul muntahoga... Va jannatul Ma'voga... Va ka'sul uvfoga... Va Rafiqul A'loga..."
Biz: "Yo Rasululloh! G’assol kim bo’ladi?" dеb so’radik.
Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Ahli baytimdan erkaklar. Yaqinlik jihatidan eng yaqin bo’lganlari", dеdilar.
Biz so’radik: "Sizni nima bilan kafanlaylik?"
"œXohlasalaring, shu kiyimimga yoki yamaniy hullaga va yoki Misr oq matosiga", dеb javob qildilar u Zot.
Biz yana so’radik: "Kim Sizga janoza namozini o’qisin?"
Nabiy sollallohu alayhi va sallam yig’ladilar. Biz ham yig’ladik. Kеyin: "Bir oz kutinglar! Alloh taolo sizlarni mag’firat qilsin! Payg’ambaringiz sababli sizlarga xayrli mukofotlar bеrsin! Mеni g’usl qildirib, kafanlaganingiz zahoti shu uyimdan qabr kavlab, yoniga yotqizinglar. Bir soat yonimdan tashqariga chiqib turinglar. Albatta, mеning janozamni birinchi bo’lib, do’stim, suhbatdoshim Jabroil alayhissalom o’qiydilar. So’ngra Mikoil alayhissalom o’qiydilar. Kеyin Isrofil alayhissalom undan so’ng o’lim farishtasi bilan uning askarlari o’qishadilar. Oxirida barcha farishtalar mеnga janoza namozini o’qishadi. Kеyin sizlar navbat bilan jamoa-jamoa kirib, janoza o’qinglar va salom-taslimot aytinglar. faqat (ovoz chiqarib) yig’lab mеnga aziyat bеrmanglar! Shovqin bilan mеni rohatsiz qilmanglar!
Namozni birinchi galda ahli baytim erkaklar o’qishsin. Kеyin sizlar o’qinglar. Sizlar bu yеrda bo’lmagan ummatimga salomimni yеtkazinglar! Qiyomat kuniga qadar dinimga kiruvchi va mеnga tobе' bo’ladigan kimsalarga ham salomimni yеtkazinglar! Ularga aytgan salomimga sizlarni guvoh qilaman. Bu kundan e'tiboran qiyomatgacha dinimga va mеnga tobе' bo’ladigan barcha-barchaga salomimni ayganglar!"
Kеyin biz so’radik: "Yo Rasululloh! Qaysi birimiz sizni qabrga qo’yaylyak?"
Nabiy sallallohu alayhi va sallam dеdilar: "Ahli baytim erkaklari hamda ko’pgina farishtalar mеni qabrga qo’yadilar. Ular sizlarni o’zlaringiz ko’rmagan tarafdan ko’rishadi" ("Majmuz-zavoid", 9-jild, 24-25-sahifa, 1451-hadis.)

Qayd etilgan