Pishloqli qatlama yoki malda non:)  ( 5231 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  09 Aprel 2013, 13:24:19

Assalomu alaykum



Masalliqlar:

Bu masalliqlardan bemalol 10 kishi to'yadigan katta katta, do'mboq do'mboq qatlamalar hosil bo'ldi:)
Biz 3-4 kishi 2 kun yedik:) issig'ida yeganga yetmaydi, keyinchalik ham past olovda, teflon qozon yoki tovada isitib olsangiz bo'ladi.

3 stakan (600 ml) sut
1 paket 42 gr achitqi-xamirturush (xo'l droja)
1 qoshiq shakar
1 qoshiq tuz
olganichalik un (menda tahminan 7 stakan un ketdi)

Ichiga:

300 gr pishloq (pishloqni turi bu yerlarda Tulum, deyishadi, qo'y terisidan tayyorlangan teri xaltalarda 2-3 oy kuttirilib tayyorlangan pishloq turi bu, shundan ishlataman.

http://en.wikipedia.org/wiki/Tulum_cheese

150-200 gr erigan saryog

Tayyorlanishi:

Ilıqdan issiqroq sutga shakar va achitqini solib, mayinlashguncha qo'l bilan ezib olamiz, tuz va elangan unni solib yumshoq xamir qoramiz. Xamirni yaxshilab yo'g'iramiz, hamma joyiga tarqalsin achitqi, deb.

45 daqiqaga yaqin iliq joyda ustini o'rta qalinlikda yopib, keng idishga solib qo'yamiz, xamir 2-3 barobar shishgani uchun keng idishga solganingiz ma'qul.

Xamirni 4 bo'lakka bo'lamiz, asta sekin yoyib, orasiga saryog' sepib chiqamiz, ustidan esa qo'lda maydalangan pishloqni sepamiz, rulet qilib o'raymiz. Saryog' biroz qotishi va rulet holdagi xamirni katta teflon tova yoki qozonga loyiq holda yoyish osonlashishi uchun chetga qo'yamiz va keyingi zuvalalarni ham shu tahlit yoyib, ichiga masalliqlarni solib chiqamiz.

Teflon tovaga solingan xamirni o'rta olovda pishira boshlaymiz. Xamir siz yoyib, ichiga masalliqlarni solayotganingizda haliyam shishayotgan bo'ladi, pishayotganda esa albatta shishadi, shuning uchun keng idishdan foydalaning. Qatlamamizni tekshirib (men tahminan har bir tarafini 10 daqiqa pishirib oldim) agar qizargan bolsa, narigi tarafini agdaring. Pishirib oling. Yoqimli ishtaha:)




upload foto


Agar men aytgan turda pishloq topa olmasangiz qaysi tur pishloq topsangiz ham pishirib koring:)

Agar petrushka yaxshi koradiganlar bolsa pishloqni ichiga tograb solishi mumkin, men otgan safar shunday qilgandim, judayam mazali bolgandi, bu safar petrushkam yoqligi uchun sola olmagandim...

Qayd etilgan


Muxsiya  09 Aprel 2013, 17:22:21

Ассалому алайкум, хамирлар рулет шаклида уралган сдику уларни сна ёйиб чикднгизми пишираётганда

Qayd etilgan


Ansora  09 Aprel 2013, 18:08:57

Valaykum assalom. Ha albatta yoyib olamiz malda nonday:) mumkin marotaba katta tova yoki qozon tanlang, chunki qalin bolsa ichi pishishi qiyin boladi.
Quruq qozon yoki tovada pishiramiz, yog solish shartmas, chunki xamir yogli, teflon qoplangan idishda pishirganimiz uchun yopishmaydi, kuymaydi.

Qayd etilgan