Elmali kurabiye- Olmali pechenye -Albatta pishiring, menga judayam yoqdi:)  ( 9977 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  20 Dekabr 2011, 17:30:08

 :asl3:







Qayd etilgan


Ansora  20 Dekabr 2011, 17:54:43

Xamir uchun masalliqlar:

125 gr saryog' xona haroratida yumshagan holda

1/3 stakan pista yog'i

1 stakan (200gr) qatiq

1 dona tuxum

0.5 stakan shakar

1 stakan kraxmal

3-3.5 stakan un

4-5 gr razrıxlitel'

1 paket 8gr vanilin

Ichi uchun masalliq:

4 dona olma

5 qoshiq shakar

0.5 qoshiq dolchin (koritsa)

0.5 satakan ezilgan yong'oq

Tayyorlanishi:

Olmalarni qirg'ichdan o'tkazing, shakarni solib, karamel holiga kelguncha pishiring. Ustiga ezilgan yong'oqni solib, sovushin, kuting.

Xamir masalliqlarini asta sekin solib, yumshoq xamir qoring.

Xamirdan yong'oqday parchalar olib, 0.5 sm qalinlikda oching. 3/2 qismini chizing. Chiziq chizilmagan butun qismiga olmali ichdan solib, sekin sekin o'rab hilol shaklini bering.

170 daraja oldindan isitilgan duxovkada usti qizargunca pishiring. Tahminan 40-46 daqiqa.

Sovugandan keyin ustiga shakar pudrasi seping. Yoqimli ishtaha...

Qayd etilgan


Ansora  20 Dekabr 2011, 18:27:39

Ha keyin ustiga hech nasra surmang, listni ham yog'lamang, orasini ochiq qo'ying, biroz shishadi:)

Qayd etilgan


MaHfiYa  21 Dekabr 2011, 03:47:26

 :asl3:
vaaaay zör chiqibti ,InshaAllah sinab köraman
rahmaaat kottakon :D

Qayd etilgan


Muxsiya  07 Iyun 2013, 16:18:07

Xamir uchun masalliqlar:


1 stakan kraxmal


0.5 qoshiq dolchin (koritsa)



mana shu ikkita masaliqqa tushunmadim. Nima o'zi bular yoki o'rniga boshqa narsayam sihlatsa bo'ladimi

Qayd etilgan


Muxsiya  07 Iyun 2013, 16:26:17

darvoqe ayrim saytlarda kurabiye degan so'zni o'qib ma'nosiga tushunmas edim, bu pechenyeni bildiradimi?

Qayd etilgan


Ansora  07 Iyun 2013, 17:15:26

Muxsiya, ya kurabiye- pechenye degani.


Bu pechenye uchun krahmal muhim, bugdoy yoki kartoshkani maxsus istemol kraxmali boladi, shundan ishlatasiz.


Dolchin uchun:


http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%BE%D1%80%D0%B8%D1%87%D0%BD%D0%B8%D0%BA


Dolchin bolishi shartmas lekin.

Qayd etilgan


Хадича  02 Iyul 2013, 13:09:15

Assalamu alaykum. Ajoyib Retsept uchun kattakon Rahmat Zamira opa. :) juda mazali chiqarkan.pishayotgan payt tarqalayotgan yoqimli hidi mmmmmmm....ajoyib...




Sovub ustiga saharniy pudra sepaman degunimgacha issiqligidayoq paqqos tushira boshlashdi,bir amallab olib qoldim bularni :D



Yana shunaqa pishiriqlardan kutib qolamiz.
Hisobotimni qabul qilib oling :) :) :) :)

Qayd etilgan


Ansora  02 Iyul 2013, 18:55:57

Valaykum assalom Xadichaxon. Voy-boo zor chiqibdi:) qollaringiz dard kormasin, osh bolsin barchaga:)


Rostanam pechenyelarni (kurabiye) ichida eng yoqqani shu, yegilarim kep ketdi:) Sogindik biz ham, olma olib qilaman inshalloh:)


Aslida yangi yeguliklar kop, shu vaqt biroz muammo bolib turibdida, nasib bolsa yozaman yangilaridan ham:)

Qayd etilgan


NANO  02 Iyul 2013, 19:03:39

Nyam nyam :So'lagi oqqan smaylik:


Shuni yemaganimgayam 5-6 yil bo'p qopti. Antikvar piwiriq!

Qayd etilgan