Nima uchun Navoiy, Imom al-Buxoriy, Imom Navaviy uylanishmagan? Sunnatda uylanishga katta targ'ib borku?
Bu masalaga ulamolar turli xil yondoshishadi. Ba'zi ulamolarning aytishlaricha, Imom al-Buxoriy, Alisher Navoiy, Boyazid Bistomiy, Imom Navaviy kabi zotlarning uylanmaganlariga sabab, uylanish orqali, oilaga qarash vajida ilmga ta'sir bo'lib nomukammal bo'lib qolishligidan xavotirdir. Yana olimlarimiz bir hadisni keltiradilar: (mazmuni) 200 yildan keyin mening ummatim ichida ba'zi ilm egalarining uylanmasligi xayrlidir. Bu yerda ta'kid ilm egalariga qaratilmoqda.
Payg'ambarimiz SAV hayot bo'lgan davrlarida ham uylanmagan ba'zi sahobalar bo'lganligini va Rasululloh SAV ularga indamaganliklarini rivoyat qilishadi. Shunday zotlardan biri Abu Zarr Giforiydir. Bu zotning ilm borasida erishgan yutuqlari yuksak edi.
Uylanishga targ'ib bor, uylanib ham ilm cho'qqisiga erishgan zotlar juda ko'p. Lekin Imom Buxoriy, Imom Navaviy kabi zotlar uylanish, oila tashvishlari bilan bo'lib, ilm nomukammal bo'lib qolmasin degan xavfda uylanmagan ekanlar.
Lekin, Imom al-Buxoriy, har doim uylanish haqidagi boblarni o'qiganlarida yig'lar ekanlar: "Ana muqossiruun, ana muqossiruun" (ya'ni, Yo Rasululloh, sizning bu sunnatingizni bajara olmadim, men qusurliman...)
Ilm yo'lini ixtiyor etib, uylanmagan bir olim vafot etadi. Vafot etgandan so'ng u shogirdlaridan birining tushiga kirib, shunday marhamat qiladi: "Alloh taolo meni ilmim tufayli jannatga doxil ayladi, lekin uylanganlar erishgan martabaga erisha olmadim"...