Assalomu alaykum.sizlarning boshqa ishlariz yo'qmi?qiyomat kelyabdi tayorgarliklariz bormi?baliq yeyish uchun...nimaga kerak bunday narsalar?nima foyda?
Va alaykum assalom!
Sizning ham boshqa ishingiz yo'qmi? Qiyomat kelyapti. Tayyorgarlik ko'rmasdan nega bu mavzuga kirib yuribsiz?
Har narsada ham me'yor bo'ladi. Islom bizni tarkidunyochilikka chaqirmaydi. Islom bir-biringiz bilan diydorlashib, mehr-muhabbatingiz ortsin, deydi.
Siz bunaqa uchrashuvlarda bo'lmagansiz. Uning fayzini bilmaysiz. Biz baliq yoki bir tovoq osh uchun uchrashmaymiz. Bir cho'qim osh-u, baliq har yerda topiladi, istalgan paytda nafsingiz xohishiga ko'ra topa olasiz. Lekin diydor, o'zaro xayrli mavzudagi suhbatlar, do'stning do'stga bo'lgan samimiy maslahatlari, bularni topa olmaysiz. Zero, mo'minning boshqa mo'minga tabassumi ham sadaqadir.
... Qiyomat kelmoqda. Do'stingizning haqini ham unutmang...