Haqiqatning ibrat oynasi  ( 4965 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


zinnurayn  06 May 2013, 11:24:49

Assalomu alaykum hurmatli Forumdoshlar!

O'ylab qarasak, har bir kunimiz biz bilgan bilmagan, sezgan va sezmagan hikmatlar bilan o'ralgan. Ba'zida o'sha hikmatlarni anglagan va hulosa chiqargan holda ko'p yahshiliklarga yetishamiz. Ba'zida esa kundalik hayotimizdagi har hil hodisalarning parda orqasidagi hikmatini anglab yetmaganimiz, fikr qilmaganimiz uchun taqdirdan nolish, kimlarnidir aylab ularni hafa qilishimiz va o'zimizning asabimizni buzish holatlari kuzatiladi.

Shunday ekan, har bir hayotimizda sodir bo'lgan, bo'layotgan va bo'ladigan hodisalarning hikmatini anglab yetishimiz, ulardan hulosa olishimiz biz uchun ulkan ne'matlar eshigini ochishiga shubha yo'q.

Ushbu mavzuda yoritiladigan hayotiy hikoyalardan ko'zlangan asosiy maqsad ham hayotga ibrat ko'zi bilan qarashni o'rganishdan iborat. Yana eslatib o'tamiz, mavzuda beriladigan hikoyalar hayotiy voqealarga asoslangan va hodisani boshidan kechirgan muallif tamonidan yo'llangan.

Mavzu va undagi voqealarga oid fikr mulohazalarni kutib qolamiz.

Qayd etilgan


zinnurayn  06 May 2013, 11:30:09

Uzoq uzoqdan qishloq tepaliklaridagi endigina bahorning ilk nafasini olayotgan daraxtlar, adirlarning orasida quyoshning nuridan ko’zni qamashtiradigan, shovqini qulloqga hush yoqadigan irmoqning suvi ko’zga ko’rinadi. Bahorning ilk kunlari, suvirlarini o’tlatish uchun Qosim aka ham yo’lga otlandi. Uydan chiqar ekan, hayolidan har doimgidek Alloh uni shu kunlarga yetkazganiga, buncha ne’matlar bilan silab, uni shu ne’matlarni shukrini qiladigan qilganiga va bu shukr berilgan ne’matning o’zidan bo’lishligini bildirib qo’yganiga behad hamdlar va shukrlar aytdi. Hammasidan uning hayolida yaqinlashib kelayotgan bayram hursandchiligi hech ketmas edi; hademay Qurbon Hayiti ham eshit qoqib kelayotgan edi.

Qishloq ahli yaqinlashib kelayotgan Qurbon Hayitiga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan, yosh bolalarning  esa uydagilar qachon qurbonlik sotib olishar ekanu, biz uni o’tlatib, o’ynatar ekanmiz deb quvonchlari ichlariga sig’mas edi.
Tongning sovuq shamoli quyosh chiqishi bilan to’xtayman degandek  gurullab esmoqda. Ertalabdan Salima opa bomdod namozini o’qib, uyning u yoq buyog’ini yig’ishtirgandek bo’ldi. Derazalarni artar ekan, uzoqdan Saodat aya o’g’li bilan qo’y yetalab kelayotganiga ko’zi tushib qoldi. Saodat ayaning qurbonlik qilishga sharoiti yo’qligini bilsada Salima opa ajablangandek ularga qarab turar edi:
-   Hormang Salimahon, tong sahardan uy tozalab charchamadingizmi - deya Saodat opa gap boshladi.
-   Ha nimasini aytasiz opa, ertalab baraka bo’ladi deyishadi, shunga sekin qimirlab turibmanda. Alloh hayrli qilsin, bu deyman inshaallah, bu yil qurbonlik qilasizlar shekilli?
-   Ha, otamizdan Alloh rozi bo’lsin, sharoitimizni bilib qurbonlik qiladilar deb biz uchun qo’y boqib yurgan ekanlar, shuni olib kelyabmizda. Sizlarchi, bu yil ham qurbonlik qilsangizlar kerak nasib qilsa?
-   Bilmasam, dadasi nima desa shuda, hozircha telefon ham qilmayabdilar, ishlari joyidami yo’qmi bila olmayabman ham. Alloh qodir qilsa, qilarmiz inshaAlloh.
Salima opa gaplarini aytar ekan, hayollariga chegara qo’ya olmadi; nima qilayotgan ekanlara, qiynalib qolmadilarmikin, ishlari yahshi bo’lsinda, yuborgan pullari ham tugay deb qoldi, bu yil qurbonlik qila olar ekanmizmi"¦ shu tarzda bir zum o’ylanib turdida, Saodat opaning, mayli Salimahon chiqing biznikiga ham, degan gaplarini hira — shira  eshitib, qo’shnisi bilan hayrlashgandek bo’ldi, ammo hayollarning hali hanuz huddi qorong’u kechadek ohiri ko’rinmas edi. Shu payt kutilmagan telefon qo’ng’irog’i Salima opaning hayollarini shamol to’zonni uchirib yuborganidek uchirib yubordi. Go’shakni ko’tarar ekan, anchadan beri eshitmagan ho’jayini Nosir akaning muloyim ovozi huddi quyosh kunni yoritganidek, butun ko’nglini yoritib yubordi.

Balki tong sahar barakasi kunning shunday hursanchilik bilan boshlanishi bo’lsa ne ajab. Nosir aka Allohdan qo’rqadigan, to’g’ri so’zli, shu kungacha Alloh uni yetkazgan har bir kuniga shukr qilib yashaydigan inson edi. O’zinig moliyaviy ahvoli juda yahshi bo’lmasada, shu paytgacha qurbonlikni kanda qilmagan edi. Hol-ahvol, anchadan beri yig’ilib qolgan gaplar, yangiliklardan keyin Nosir aka pul jo’natayotganligini, qurbonlik uchun yahshi bir qo’y olib qurbonlik qilishini ayoliga tayinladi. O’zi ham qurbonlikga yetib kelishi aytdi. Salima opa hursand bo’lganicha ho’jayinining ishlari qandayligi haqida so’ray ketdi. Erining aytishi bo’yicha ishlar unchalik yahshi emas ekan. Bir oycha oldin, ish yurishmayotganligi tufayli korxona bir nechta ishchilarni bo’shatgan emish. Lekin, ho’jayinning gapiga qaraganda, hozircha uni bo’shatishmas ekan. Salima opaning ko’ngli yana qorong’ulik sari sudralib keta boshladi. Salima opa taskin ohangida aytilgan gaplarni huddi uni yupatish uchun aytilgandek, baribir erini ham bir kun bo’shatishadi deya oyladi. Demak, yana ishsiz qoladi, undan keyin nima bo’ladi? Keyin nima qilamiz, qanday kun kechiramiz"¦ Salima opaning chuqur hayollari, har bir jonzotning rizq Allohning qo’lida ekanligi, u bu dunyoda ekan har kimning yozilgan rizqini faqatgina ajal to’xtata olishligini esidan chiqarib qo’ydi. Erimni bo’shatishsa nima qilar ekanmiz, Allohim ishqilib bo’shatishmasinda deya hayollariga chegara qo’ya olmas edi"¦

Kun ham peshindan oshgan, Qosim aka hali hanuz qo’ylarini o’tlatib yurar edi. Shu payt u yo’ldan bolalar o’tayotganini ko’rib qoldi.
-   Assalomu alaykum, hormang Qosimjon amaki. Qo’ylaringiz na muncha ko’p, ishqilib qiynab qo’yishmayabdimi — deya so’z boshladi qo’shni bola Abdullajon.
-   Ee, kelinglar kelinglar! Qalaysizlar shumtakalar? Ha Abdulla nimasini aytasan, bu hayvonlar o’zi qo’ydek yuvosh, ee esim qursin yuvoshda"¦ ha o’tib ketoyotgan ekansizlar qurbonlikka olib ketinglar, arzon qilib beraman — deb Qosim aka bolalarga hazillashgandek bo’ldi.
-   Yo’q, katta rahmat, bizda bor — dedi Saodat opaning o’g’li Ismoil.
-   Bizda ham bor dedi — uning yonida turgan bola, Muhammadlar hali olgani yo’q — deya qo’shib qo’ydi. Salima opaning o’g’li Muhammad jimgina qarab turardi.
-   Ha Muhammadjon, hali olmadingizlarmi, bu dadang buncha ishlab yurgan pullar bilan nima qasr qurmoqchimi, olinglarda, mana men arzon qilib beraman, bu har bir mo’min musulmonning burchi, qochib qutilib bo’lmaydi — deya jilmayib qo’ydi Qosim aka.
-   Yo’q, olmoqchimiz, dadam pul yuboraman dedila — dedi shiringina ovozi bilan Muhammadjon.

Bugungi kun ham o’z nihoyasi tomon qarab borar, qishloq ko’chalari hammayoqqa suv quyilgandek jimjit. Salima opaning honadonlarida garchi erkak kishi yo’q bo’lsada, uning muhiti boshqa uylarnikiga o’xshamas edi. Hamma narsa o’z o’rnida, Salim opa o’z ishi bilan bir qatorda bolalar tarbiyasiga hech ham be’etibor bo’ladigan, uyda ho’jayini yo’qligini bildiradigan ayol emas edi. Kechki payt Salima opa farzandlari bilan ovqatlanib o’tirar ekan, o’g’li Muhammadjon gap boshladi:
-   Oyijon, o’rtoqlarimning uyidagilar qurbonlik olishibdi, biz ham olamizmi, agar olamiz Qosim aka bugun sizlarga arzon qilib beraman dedi.
-   Ha olaylik oyijon, iltimos, olaylik — deya Zebohon ham yalingandek bo’ldi. Bolalar hali qurbonlikning asl mohiyatini unchalik anglab yetadigan yoshda bo’lishmasada, eslarini tanigandan beri har yili qilinadigan qurbonlik bayrami, uning hursandchiligi ularni bir zum bo’lsada esidan chiqmagan edi. Hammasidan ham ularga qurbonlikka olingan qo’yga ikki — uch kun bo’lsada qarab turish, uni o’ynash qizib edi.
-   Dadangiz bugun pul yubordi, mayli olamiz inshaalloh — dedi  Salima opa yuziga tabassum kirib.

Allohning yangi bir kuni yana yer yuziga Baraka olib kirib keldi. Quyoshning chiqayotgani habarini berayotgandek qushlarning sayrashi bahorning ilk kunlarida quloqqa biram hush yoqadi. Erta tongning barakasi o’zgacha bo’ladi. Tong sahardan Yaratganning butun mahluqotlari o’zlari uchun tayyorlab qo’yilgan rizq sari, o’z harakatlari bilan intila boshlashadi.
Ertalab Salima opa odatdagikek uy ishlarni tugatib, bolalarni uyg’otimoqchi bo’lib, xonalariga qarasa bolalar uyda yo’q. Ular kelishini biroz kutib o’tirdi. Bolalar esa qurbonlik olishlari hushbxabarini o’rtoqlariga yetkazib, bahonada ularni qo’ylarini ham ko’rib kelamiz deb qo’shninikiga chiqishgan edi. Uyga qaytib kelishlari bilan, oyilari bilan Qosim akaning oldiga ketishdi. Bolalarning hursandchiligi ichlariga sig’mas edi, Zeboxon qo’yni qachon olar ekanmizu, qachon unga yem hashak berar ekanman deya hayol sursa, Muhammadjonning hayolida faqatgina bir narsa bor edi; qo’yni olishi bilan do’stlarining oldiga qushdek uchsayu, bu hushxabarni tezroq ularga yetkazsa.

Suvurlarining oldida turgan Qosim aka bolalari bilan kelayotgan Salima opani ko’rib hursand bo’ldi. Qurbonligini kutayotgan qo’y tanlanib bo’lindi, narx ham kelishildi. Salima opani oldingidek yuzlarida hursandchilik unchalik ko’rinmas edi, har kuni erining ishi haqida o’ylayverib bayram yaqinlashayotganda yahshi kayfiyat bilan yurish kerakligini esidan ham chiqarib qo’ygan edi. Qo’yni uyga olib kelishib eshikning oldiga bog’lab qo’yishdi.

Ertasiga Nosir aka yana qo’ng’iroq qildi. Korxonada ishlar unchalik yahshi emasligini, ho’jayini uni ishda olib turishini lekin ikki — uch oycha oyliksiz ishlab turishini iltimos qilganini aytdi. Agar ahvol og’irlashsa korxona yopilishi mumkinligini xo’rsinib aytib qo’ydi. Uning ustiga ishidagi ahvol yomonligi uchun bu yil qurbon bayramida oilasi bilan birga bo’lolmasligi uchun ayolidan uzr so’radi.
-   Maylikuya, lekin sizni ham bo’shatishsa nima qilar ekanmiz, shuni o’ylab boshlarim og’rib ketti - 
dedi  Salima opa.
-   Inshaalloh bo’shatishmasa kerak, agar bo’shatishsa ham hayrlisida, Alloh rizqimizni beradi — dedi ishonch bilan Nosir aka.
Bu habarlar Salima opani kayfiyatini tushirib yubordi. Siqilib turganini bildirmaslikka harakat qilib:
-   Ha, aytgancha, dadasi kecha aytganingizdek qurbonlikka qo’y oldik. Lekin aytgan gaplaringizdan keyin endi o’ylab qoldim, balki qaytarib bersakmikin, nima deysiz — dedi.
-   U ish boshqa, bu ish boshqa. Qurbonlik oldingmi, endi qurbonlik qil, ibodatda tasarruf bo’lmaydi dedi Nosir aka.
-   To’g’ri aytasiz, mayli — deya gapni qisqa qildi Salima opa. Gaplashib bo’lib boshida og’rib turgan Salima opa, essiz hammasi endi tuzalayotga ediya, hammasi joyida edi, endi bu qanaqasi bo’ldi, shunday kunlarda endi ishsiz qolsang nima qilamiz deya o’yga cho’mgancha derazaga tikilib qoldi...


Qayd etilgan


Muxsiya  06 May 2013, 22:28:39

Davomi bormi

Qayd etilgan


zinnurayn  07 May 2013, 14:59:17

Ertasi kuni tongda, Salima opa bolalarni nonishtaga uyg’otaman deb borsa, bolalar yana xonada yo’q. Tashqariga chiqib qarasa, ular qo’yning oldida turishgan ekan. Jilmayib ularga qaradida, bolalarni nonishtaga chaqirdi. Dasturxon atrofida o’tirishar ekan, bolalar oyisining unchalik hursand emasligi sezib biroz sukut qilishdi. Oradan biroz vaqt o’tib, sukut buzildi:
-             Bolalar, qo’yingizni qaytarib bersam hafa bo’lasizlarmi.
-             Iya oyijon, albatta hafa bo’lamizda, nimaga endi.
-             Nima qilibdi, ikki kundan keyin baribir so’yiladi, unday ketdi nimayu, bunday ketdi — dedi Salima opa ko’zlari bilan bir Zeboxonga bir Muhammadjonga qarab. Biroz yerga qarab turib Muhammadjon qaytarib beramizmi dedi.
-             Dadangizning ishlari yahshi emas, bugun erta ishidan ajralib qolishi mumkin, pulsiz qolib ketamiz dedi bolalarga tushitirshga urinib
-             Yo’q, pulsiz qolmaymiz, iltimos oyijon bermaylik — deya yalinishdi bolalar.
Boshi og’rib turgan Salima opaga bolalarining inchiqligi yoqmadi, ularga qattiq ovoz bilan onaning gapiga qarshilik bildirib bo’lmasligini eslatib qo’ydi. Lekin biroz o’ylanib turdida, o’ziga kelgandek bo’ldi:
-             Mayli nima bo’lsa bo’lar, bermasak bermabmiz — dedi.
Bolalar hursand bo’lishni ham hafa bo’lishni ham bilishmas edi. Qaytarib bermaymiz degan gapidan qoniqmay u kuni bo’yi qurbonlikni qaytarib berish yoki bermaslik haqida o’ylanib kuyinib yurdi. U nima qilishini bilmas edi, balki qo’yni qaytarib bersam uning pulini biroz tejayman agar erim ishdan bo’shatilsa foydasi tegib qolar deb o’ylardi. Lekin u bu o’ylariga tobora asir bo’lib borayotganligi, kelajakdagi boshiga tushishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklari uni Allohga tavakkal qilishlikdan to’sib qo’yayotganligini sezmayotgan edi. Kechki payt bollarini uhlatdida, nimagadir o’zi tashqariga chiqib ketdi. Bunday paytda odamning ichiga chiroq yoqib yoritib bo’lmasligi aniq. Aslida, o’ylar shaytonning vasvasasiga yetaklaydigan ohiri chuqur bo’lgan pastlikka yetaklaydi. Chuqurlikka qanchalik yaqinlashilsa, Allohning tavakkal yo’lidan shuncha uzoqlashiladi.
Ertalab har doimgidek, bolalar tashqariga qo’yni ko’rish uchun chiqishdi. Qarashsa qo’y bog’liq turgan joyida yo’q. Muhammadjonni hushi boshidan uchib ketgandek bo’lib baqirgan holda oyisini oldiga yugirib kirdi:
-             Oyijoon qo’y yo’q, hech qayoqdan topa olmadim.
-             Ana bo’lmasam, qo’yni ham o’g’irlatib qo’yibsizlar, kecha qaytarib beraylik deganda yo’q degandilaring, o’zlaringizdan ko’ringlar endi — dedi qo’yni yo’qolganiga kuyingandek ko’rinib.
-             Militsiyaga aytaylik darrov, hali topilar — dedi yig’lamsirab Muhammadjon
-             Foydasi yo’q, o’g’rilar allaqachon qo’yni sotib bo’lishgan yoki so’yishgandir. Mayli kuyinmanglar, boshqa safar olamiz yana.
Peshindan keyin Salima opa tashqariga chiqdi. Bolalari maktabga ketishganligi uchun, kelib qolishmasib deya shosha pisha qo’shni mahallaning yo’li tomon keta boshladi. Qosim akaning uyiga yaqinlashar ekan, eshik oldida uni uchratdi. Qosim akani oldiga bordida, iymanib gap boshladi:
-             Qosimjon, qanday aytishni ham bilmayabman, shu desangiz men qo’yni ololmayman, uzr.
-             Voy, tinchlikmi Salima opa, nima gap, yoki kimdir aynitdimi qo’y yomon deb,
-             Yo’q, unday emas, erimning ishlari yahshi emas, biroz puldan qiynalib qoldimda shunga,
-             Yo’g’e Salima opa, unday qilmang, pulku topiladi, man sizga pulini hozir bering deyabmanmi, topganingizda berasizda.
-             Yo’q, baribirda, men olalmayman, uzr!
-             Iya, nima deganingiz bu, ertaga erim ishsiz qolsa, qiynalib qolaman deb shu arzimagan pulga shunday qilyabsizmi — dedi kuyinib Qosim aka.
-             Ha, shunday
-             Mayli, nima ham derdim, borib olib kelaman.
-             Uzr lekin sizni ham ovora qildim, shu bolalar maktabdan kelmasidan tezroq borib olib ketsangiz, yana ko’rib qolib hafa bo’lib yurishmasin.
-             Yo’g’e, ovorasi yo’q, maylida o’zlaringiz sog’ bo’lsangiz bo’ldi, lekin  shu gapi aytib qo’ysam deganidim, bu narsalar pul bilan o’lchanadigan narsalar emas Salima opan. Bu to’rt — besh so’mni bergan ham Alloh, bu ibodatni qilishni ko’nglingizga solgan ham Alloh, bu ibodatlarni amr qilgan ham Alloh. Bor ekan qilib qolmaysizmi, men sizga yordam beraman deyabmanku — dedi kuyingandek Qosim aka.
-             Ilojim yo’q Qosimjon, nima qila olardim"¦
Yo’lda qo’yni olishga borishar ekan, Salima opa jimjitlikni buzib:
-             Qosimjon, shu desangiz bolalar hafa bo’lishmasin deb kecha qo’yni yashirib qo’ygan edim, o’g’irlashibdi deb yupatib qo’ydim, iltimos yolg’onib bilinib qolmasin, aytib qo’ymanga.
-             Mayli aytmaymankuya, bunchalik ish qilishni nima keragi bor edi opajon, o’zingizni hafa qildingiz, bolalarni hafa qildingiz, u hayvonni Alloh sizga taqdir qilgan edi, qanidi qaytarib bermaganingizda.
-             Bilamankuya, lekin nima qilay, ahvolimizni bilib turibsan — dedi Salima opa ko’nglining hijirligiga qaramay o’zini oqlaganday bo’lib.
Biroz yo’l yurib uyga yetib kelishdi. Salima opa og’il tarafga o’tib, qo’yni olib chiqishi uchun Qosim akaga eshikni ko’rsatdi. Eshikni ochib ichkariga endi kiraman deb turganida Salima opa:
-             Aytgancha, sal qolsa esimdan chiqay debdi, kecha bolalar ovozidan bilib qolishmasin deb qo’yni og’zini boylab qo’yganidim, iloji bo’lsa tezroq bolalar kelib qolmasdan chiqaraylik.
Qosim aka eshikni ochib ichkariga kirib ketdi. Tashqariga ko’ngli sal joyiga tushgandek Salima opa kutib turar edi. Qosim aka ichkariga kirib uyoq buyoqni qarab qo’yga ko’zi tushishi bilan Salima opa deb bariqib yubordi. Nima bo’ldi ekan deb qo’rqqanicha Salima opa yugirib ichkariga kirib qarasa, qo’y og’zi bog’langan holda olik holda yotardi.
-             O’lib qolibdi Salima opa, bir kecha qo’yni og’zini boylab qo’yadimi, hayvonga zulmku bu — dedi  yig’lamsirab. Salima opa nima qilarini bilmay dovduraganicha:
-             O’libdimi, o’lib qolibdimi!
-             Essiz, ozgina pul uchun nima qildingiza, arzir edimi shu qilgan ishingiz, hayvonni o’ldirib qo’yibsiz. Ibodat bilan pulni bir taroziga qo’ydingiz, qarang qaysinisi og’ir keldi opa. Bu dunyoning ertasini o’yladingiz lekin u dunyoning ertasini o’ylamadingiz.
-             Allohim, nima qilib qo’ydim, nima desangiz ham haqlisiz, Allohning buyrug’ini vasvasalar bilan qilmaslikka urinib, undan qochmoqchi bo’ldim. O’zimni, bolalarimni hafa qildim. Alloh kechirar ekanmi meni?! Qurbonlik qilmay turib uning pulini to’layabman endi"¦
Eshikni oldida qotib qolgandek yerga qarab ovulxonaning oldida turar ekan, bolalar yugurib kelib qolishdi:
-             Oyijon qo’y topildimi, ichkaridami? — dedi Zeboxon.
-             Yo’g’e, urraa, qo’y topilibdi — dedi Muhammadjon ichkariga o’zini otmoqchi bo’lib.
-             Yo’q, to’xtanglar, kechiringlar bolalarim, bayramingizni ham zahar qildim. Men"¦ Allohim o’zing kechir meni"¦

Qayd etilgan