Muallif Mavzu: O'zbekcha - Turkcha Hikoyalar / Özbekçe Türkçe Hikayeler  ( 5632 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

munlu

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 91
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 30
  • Jins: Erkak
  • munlu
    • Dilimiz ve Edebiyatımız
TASALLI

 

Qabriston jimjit. Faqat yo‘lakning ikki chetida saf tortgan mirzateraklar qabr ustiga bosh eggan farzandlardek onaga orom tilab alla aytadi. Ularning mungli shivirlashi tilovat sadolariga qo‘shilib, yurakni ezuvchi ohangga aylanadi... Oq surp yaktak kiygan, moshguruch soqoli o‘ziga yarashgan go‘rkov yuziga fotiha tortib o‘rnidan turadi:

 

— Bo‘ldi endi, bolam! Bunaqada o‘zingizni oldirib qo‘yasiz. Dunyoning ishlari shu ekan, iloj qancha? — U bir zum indamay qoladi-da, qo‘shib qo‘yadi: —Volidai mehriboningiz xo‘p yarlaqagan odam ekanlar. To‘shakda yotmabdilar, birovga zoriqmabdilar... Bunaqa beozor o‘lim har kimga ham nasib etavermaydi.

Nami qurib ulgurmagan tuproq uyumiga tikilgancha o‘ylayman.

Ehtimol shundaydir. Onam bu dunyoda kamsuqumgina yashardi. Hech kimga ozor bermasdi. Hech kim bilan hech nimani talashmasdi. Ehtimol, tabiatning eng shafqatsiz elchisi bilan ham olishib o‘tirishni xohlamagandir. Ehtimol...

— Ko‘rdingizmi, — deydi qariya o‘ychan ohangda,— o‘sha kuni kechasi bilan jala quyib chiqdi. To qabrga qo‘ygunimizcha tinmadi. Qo‘yishimiz bilan charaqlab oftob chiqdi.

Bunaqa ruhi pok odamlar kam bo‘ladi, bolam, men bilaman-ku.

Ehtimol shunday hamdir. Balki, odamlarning dardiga sherik bo‘laverib ko‘nikib ketgan bu nuroniy qariya kerakli paytda har kimga ana shunday tasalli so‘zini aytar. Rahmat senga, otaxon. Ertami-kechmi har kimning ishi tushadigan mana shu qo‘llaring uchun rahmat. O‘rtanib turgan yurakka suv sepa biladigan mana shu hamdard qalbing uchun rahmat. Faqat... Hamma gap yomg‘irda bo‘lsa, yana aqalli uch kungina onamning umri cho‘zilsa-yu, keyin yomg‘ir emas, muttasil tosh yog‘sa ham rozi edim...

Bir hafta bo‘ldiki, do‘stlarim, tanish-notanishlar eshikdan ma’yus kirib kelishadi. Do‘stlarim jimgina o‘tirib, jimgina chiqib ketishadi. Boshqalar ohista so‘raydilar:

— Necha yoshda edilar?

Men aytaman... Aytamanu o‘ylayman: Onaning yosh-qarisi bo‘ladimi? Mehrning yoshqarisi bo‘ladimi? Shafqatning-chi? Sadoqatning-chi?

Ilgarilari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo‘lmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo‘lmas ekan. Ona — ona ekan. Unga boshqa sifat kerakmas.

 

TESELLÄ°

 

Mezarlık gayet sessiz. Yalnız, patikanın iki yanında saf tutmuÅŸ kavaklar, mezarın üstüne baÅŸlarını eÄŸmiÅŸ çocuklar gibi analarına huzur dileyip ninniler söylüyorlardı. Onların kederli fısıltıları, Kur’an okuyan hafızların seslerine karışıp yürek burkan bir ahenge dönüşüyordu. Beyaz cüppe giymiÅŸ, kırçıl sakalı kendisine yakışan mezarcı Fatiha okuyup ayaÄŸa kalktı:

— Tamam evladım, tamam! Böyle yaparsan kendini mahvedeceksin. Dünyanın iÅŸleri böyledir. Çaresi nerde? Dedikten sonra bir müddet sessiz kaldı ve devam etti:

— Sevgili valideniz gerçekten Allah’ın sevgili kuluymuÅŸ. Yatalak olup kalmadı, kimseye yük olmadı. Böyle rahat ölüm herkese nasip olmaz.

Daha nemi kurumamış şu toprağa bakıp düşünüyorum. Muhtemelen öyledir. Annem bu dünyada elindekiyle yetinmesini bilen bir insan gibi yaşardı. Hiç kimseyle, hiçbir şey için tartışmazdı. Belki tabiatın en acımasız elçisi olan ölümle de pazarlık etmeyi istememiştir. Belki de…

Yaşlı adam düşünceli bir tavırla:

— Gördünüz mü? O günün gecesiyle saÄŸanak baÅŸladı. Ta kabre koyuncaya kadar dinmedi. Kabrine koymamızla birlikte pırıl pırıl bir güneÅŸ çıktı. Böyle temiz ruhlu insanlar az bulunur evladım. Ben bilirim.

         Belki de öyledir. Belki, insanların derdine ortak olmayı iyi bilen bu yaÅŸlı adam, gerektiÄŸinde herkese böyle teselli sözleri söylemiÅŸtir. TeÅŸekkür ederim size beybaba. Yanıp duran yüreÄŸime su serpen kalbin için teÅŸekkür ederim. Yalnız… Her ÅŸey yaÄŸmurla bitse. Yine, hiç olmazsa, anacığımın ömrü üç gün uzasaydı da… Sonra yaÄŸmur deÄŸil devamlı taÅŸ yaÄŸsa razıydım… Bir hafta oldu ki; dostlarım, tanıdık tanımadık herkes kapımdan hüzünlü giriyorlar. Dostlarım sessizce oturup sessizce çıkıp gidiyorlar. BaÅŸkaları, sessizce soruyorlar:

— Valideniz kaç yaşındaydı?

         Ben diyorum ki… Ben diyorum ve düşünüyorum ki: “Ananın genci veya yaÅŸlısı olmaz. Åžefkatin de… Sadakatin de… Eskiden bir gerçeÄŸi bilirdim. Ana için evladın büyüğü, küçüğü olmazdı. Åžimdi yine bir gerçeÄŸi daha anladım. Evlat için de ananın yaÅŸlısı, genci olmuyor. Ana anadır. Ona baÅŸka sıfat gerekmez.”

http://www.edebi.net
http://www.edebi.net/index.php/kardes-edebiyatlar-3/oezbek-edebiyat/20-21-as-r/34-tasalli
Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim,
Ko'nglumdin o'zga maxrami asror topmadim.
Bobur

 

O'zbekcha online kitoblar

Muallif AbdulAzizBo'lim Boshqa kitoblar

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 45952
So'nggi javob 18 Avgust 2010, 14:26:29
muallifi AbdulAziz
Hikoyalar http://kitob.land.ru da

Muallif muxbirBo'lim Boshqa kitoblar

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 7414
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 07:08:33
muallifi AbdulAziz
Koreyscha - o'zbekcha lug'at

Muallif AbdulAzizBo'lim Chet tillari

Javoblar: 28
Ko'rilgan: 148811
So'nggi javob 05 Fevral 2012, 01:08:43
muallifi prinsessa
Eng yaxshi hikoyalar turkumidan

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 83
Ko'rilgan: 109155
So'nggi javob 29 Iyul 2012, 09:46:19
muallifi AbdulAziz
Tanlov! Turkcha she'r-qo'shiqlar tarjimasi

Muallif DoniyorBo'lim Turk tili va adabiyoti

Javoblar: 46
Ko'rilgan: 43196
So'nggi javob 04 Noyabr 2014, 20:23:31
muallifi Sevara_Özsu