Hazrati Robbiydan naql qilinadi: "Havas qilib Uvaysni ko'rgali bordim. Zuho namozini o'qir edi. Tamom bo'lishi bilan salom beraman, dedim. Namozdan forig' bo'lgach tasbeh ila mashg'ul bo'ldi. Tamom bo'lishi bilan salom beraman dedim. Hech qayoqqa qaramay peshin namozini o'qidi. Shunday qilib uch kun kutdim. Uzuluksiz namozdan forig' bo'lmadi, hech narsa yemadi, ichmadi, uxlamadi. To'rtinchi kecha munojotini tingladim. Haq taologa yolvorar edi:
-Ilohi, meni ko'p uxlar ko'zdan va ko'p yeyar qorindan o'zingdan panoh tilayman!
Bu so'zlarni eshitib, menga shu o'git yetgaydir, dedim "