Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar  ( 25144 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muxsiya  14 May 2013, 16:35:53

HAZRATI SHAYX HASAN BASRIY
Janobi payg'ambarimiz rafiqalari Ummu Salamaning singlisidan tug'ilgan va payg'ambarimiz zavjalaridan sut emganlar. Yosh bola bo'lgan paytida rasululoh kosalaridagi suvni ichib qo'yadilar shunda rasululoh so'radilar
-mening kosamdagi suvni kim ichdi
-hasan ichdi, dedilar
-Hasan qancha suv ichgan bo'lsa barchasi ilm bo'lsin deb duo qildilar

Qayd etilgan


Muxsiya  14 May 2013, 17:14:04

Hasan Basriyga xalq undan shuncha ilm olib ham unga e'tiroz qilayotganlarini bildirishganda shunday javob qilgan ekanlar
-Shunchalik azamati bilan Hap taolo o'zi xalqning tilidan qutilmadi, men bir zarramanku

Qayd etilgan


Muxsiya  14 May 2013, 17:22:01

Hasan Basriy bolaligida bilmay bir qabix ish qilib qo'ygan va bundan doim nadomad chekar, shu qabohatni yoqasiga yozib qo'ygan edi. Yozuvni har gal ko'rganida shu qadar yig'lar ediki, yozuv ho'l bo'lar edi.

Qayd etilgan


Muxsiya  14 May 2013, 17:25:24

Hasan Basriydan vara nima deb so'raganlarida quyidagicha javob berdi
-varada uch maqom bor 1-hamisha haq so'zni so'zlamoq, 2-o'zini muhofaza etmoq 3-har bir ishni Alloh rizosi uchun qilmoq. Varaning zarachalik qismi varasiz yuz yil namoz va yuz yil ro'zadan avzaldir

Qayd etilgan


Muxsiya  14 May 2013, 17:34:21

Rivoyat qilinishicha Hasan Basriy hazratlar qabristonda ovqat yeyayotgan bir kishini ko'rib, bu kishi munofiqdir, zero shu qadar marhum huzurida ko'nliga qo'rquv tushmay, bo'g'zidan ovqat o'tar, oxiratini o'ylamas bu munofiqlik alomatidandir.

Qayd etilgan


Muxsiya  17 May 2013, 14:23:03

HAZRATI SHAYX SUFYONI SARVIY unga birov hadya keltirgan edi olmadi sababini so'raganlarida Sening birodaring mendan hadis o'rganmoqda. Qo'rqamanki sening moling sabab unga maylim ortgay.

Qayd etilgan


Muxsiya  17 May 2013, 15:30:24

Hazrati Sufyoni bir kuni masjidga avval chap oyog'ini bosib kirdilar va g'oyibdan ovoz keldi
-Yo Savr(arabchada buqa degan ma'noni bildiradi) nechun o'ng oyog'ing bilan kirmading? Bu ovozdan hushidan ketdi o'ziga kelib dedi Bir marta sunnatni tark etganing uchun otingni sarv qo'ydilar yana qaytarilsa tasavvur qil otingni nima derlar

Qayd etilgan


Muxsiya  17 May 2013, 15:41:55

Hazrat bir kuni qattiq betob bo'lganida xalifa unga nasroniy tabibini jo'natdi. Tabib shayxni peshobini shishaga solib ko'rdi. Boshini chayqab yig'ladi va Alloh taolo qo'rquvidan jigaring pora-pora bo'libdi dedi va zunnorini kesib musulmon bo'ldi. Xalifa biz hakimni bemorga jo'natdik desak bemor hakimga borgan ekan dedi.

Qayd etilgan


Tistak  17 May 2013, 18:18:35

Hazrati Robbiydan naql qilinadi: "Havas qilib Uvaysni ko'rgali bordim. Zuho namozini o'qir edi. Tamom bo'lishi bilan salom beraman, dedim. Namozdan forig' bo'lgach tasbeh ila mashg'ul bo'ldi. Tamom bo'lishi bilan salom beraman dedim. Hech qayoqqa qaramay peshin namozini o'qidi. Shunday qilib uch kun kutdim. Uzuluksiz namozdan forig' bo'lmadi, hech narsa yemadi, ichmadi, uxlamadi. To'rtinchi kecha munojotini tingladim. Haq taologa yolvorar edi:
-Ilohi, meni ko'p uxlar ko'zdan va ko'p yeyar qorindan o'zingdan panoh tilayman!
Bu so'zlarni eshitib, menga shu o'git yetgaydir, dedim "

Bu rivoyat Uvays al Qoroniyga tuhmat emasmikan.Zero ibodatni afzali Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam  afandimiz ibodatlari ekani hadislarda aniq bayon qilinmish. Payg'ambar alahissalom afandimiz esa namoz ham o'qiganlar vaqtida uhlaganlar ham va vaqtida ovqat ham yeb ichganlari haqida hadis o'qigan edim.

Qayd etilgan


Muxsiya  17 May 2013, 18:24:32

Men Fariddidin Attorning  Avliyolar kitobi asarida o'qiganimni yozyapman bu yerdagi postlar mening shaxsiy fikrlarim emas

Qayd etilgan