Buyuk muhaddis Imom Abu Dovud dengizning qirg’og’ida o’tirsalar, uzoqdagi kemada ovozi baland insonning aksa urganini, so’ng "œAlhamdulillah" deganini eshitibdilar.
"œAlhamdulillah" deyilgandan keyin "œYarhamukalloh" deyish vojib. Abu Dovud "œYarhamukalloh" demoqchi bo’lsalar, u odam eshitmaydi. Chunki hazratning ovozlari baland emas, aksa urgan odam esa uzoqda. "œAlhamdulillah"ni eshitgan odamga "œYarhamukalloh" deyish vojib bo’lishi uchun ular bir joyda turgan bo’lishlari kerak.
Shunda Imom Abu Dovud bir qayiqni 3 dirhamga kira qilib, kemaga borib, haligi aksa urgan odamga "œYarhamukalloh" deb qaytgan ekanlar.
Abu Dovud aytadilar: "œShunga qulog’imga bir nido eshitildi: Ey Abu Dovud, 3 dirhamga jannatni sotib olding."