Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar  ( 25090 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muxsiya  21 May 2013, 12:58:38

Ibrohim bir kech tushida Jabroil alayhissalomni ko'rdi. qo'lida qalam va dovot bor edi
Bu ne uchundir, so'radi
-Yer yuzidagi avliyolarni yozurman
-Meni ham yoz
-Sening uchun amri ilohiy yo'qdur
-Men avliyo bo'lmasam ham ularni sevaman, degan esdi bir muddat sukut saqadi va dedi
-Farmoni ilohiy keldi, daftarning boshiga sening ismingni yozaman.

Qayd etilgan


Muxsiya  21 May 2013, 13:00:52

Bir kuni mast holda qusayotgan odamni ko'rib, suv keltirib og'zini pokladi. Mast odam o'ziga kelgach, Ibrohim mening og'zimni tozaladi deb darhol tavba qildi. Shunda g'oyibdan bir ovoz keldi "Yo Ibrohim! Sen bizning uchun ir og'izni pokladik, biz ham sen uchun bir ko'ngilni pokladik."

Qayd etilgan


Muxsiya  21 May 2013, 13:03:20

Bir kuni ibrohim hammomga borgan edi puli yo'qligi uchun kiritmadilar. Shunda ilohiy behudlikka keldi. O"ziga kelgach so'radilar
-Nima bo'ldi?
-Bo'sh qo'l bilan shaytonning uyi(Hammom)ga qo'ymadilar, Rahmoning uyiga amalsiz qandoq kira olurmiz?

Qayd etilgan


Muxsiya  21 May 2013, 13:06:42

Bir kuni Ibrohim dajla qirg'og'ida hirqasini yamab o'tirgan edi ignasi suvga tushib ketdi.
Bir odam kelib
-Ey Ibrohim podsholikni tashlab nima qilar eding, holingni ko'r dedi. Shunda ibrohimsuvga qarab
-ignani chiqaring dedi. Baliqlar og'zida bittadan tilla chiqardi. Bu mening ignam emas dedi. Shunda zaif bir baliq ognani chiqardi.Shunda
-Avvalgi podshohlik go'zalroqmi hozirgisimi deb so'radi
Haligi odam gapirgan gapiga pushaymon bo'lib ketdi.

Qayd etilgan


Muxsiya  21 May 2013, 13:08:26

Bir kuni tahorat olish uchun daryoga borib qo'lini suvga solgan edi qo'li oltinga to'lib chiqdi. to'kib yana solgandi yana oltin chiqdi, shunda
Yo Olloh tahorat olmoq istayman sen menga oltinnni bildirasan degan edi bnu safar suv chiqdi. Tahorat olib namozini o'qidi.


Qayd etilgan


Muxsiya  21 May 2013, 13:11:06

Shayx hazratlarining ketmog'i yaqinlashdi va shunda hotifdan ovoz yangradi "Yer yuzining imomi dunyodan ketdi..." bu ovozni eshitgan xalq hayratda qoldi. Nima bo'lganini tushuna olmadilar. Keyin bildilarki, Ibrohim Adham olamdan o'tgan ekan


Qabri aniq emas. Ba'zilar bag'dodda deydilar, ba'zilar Shomda

Qayd etilgan


Secret  09 Iyun 2013, 07:03:12


Buyuk muhaddis Imom Abu Dovud dengizning qirg’og’ida o’tirsalar, uzoqdagi kemada ovozi baland insonning aksa urganini, so’ng "œAlhamdulillah" deganini eshitibdilar.
"œAlhamdulillah" deyilgandan keyin "œYarhamukalloh" deyish vojib. Abu Dovud "œYarhamukalloh" demoqchi bo’lsalar, u odam eshitmaydi. Chunki hazratning ovozlari baland emas, aksa urgan odam esa uzoqda. "œAlhamdulillah"ni eshitgan odamga "œYarhamukalloh" deyish vojib bo’lishi uchun ular bir joyda turgan bo’lishlari kerak.
Shunda Imom Abu Dovud bir qayiqni 3 dirhamga kira qilib, kemaga borib, haligi aksa urgan odamga "œYarhamukalloh" deb qaytgan ekanlar.
Abu Dovud aytadilar: "œShunga qulog’imga bir nido eshitildi: Ey Abu Dovud, 3 dirhamga jannatni sotib olding."

Qayd etilgan